O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet21/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112
Penya qarzdor, muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lov miqdoriga nisbatan har bir o‘tkazib yuborilgan kun uchun yoki boshqa davr uchun foiz ko‘rinishida, qarz beruvchiga to‘lash majburiyatini olgan, shartnomada belgilangan, ma’lum pul miqdoridir
Jarima to‘rt xil turda bo‘ladi. Qonunda yoki shartnomada jarimaning quyidagi turlari qayd etilgan bo‘lishi mumkin:

  1. Hisobga olinadigan jarima.

Umumiy qoidaga ko‘ra, agar shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, zarar jarima solinmagan qismdan qoplanadi.
TOVON TO‘LASH=JARIMA (ZARAR – JARIMA)

  1. Yagona jarima bunda jarima undiriladi, zarar qoplanmaydi.

Yagona jarimani «avvaldan belgilangan zarar» toifasiga kiritish mumkin, bu holda, tomonlar oldindan, majburiyatlarni bajarmaslik yoki zarur darajada bajarilmaganligi bois yetkazilgan zararni qoplash miqdori haqida kelishib oladilar. Bunda qarz beruvchi qarzdor tomonidan majburiyatlar bajarlmagani faktini isbotlab berishi zarur. Zarar yetkazilgani va uning miqdorini isbotlab berishga zaruriyat yo‘q:
TOVON TO‘LASH=JARIMA

  1. Jarima – bunda jarima va undan tashqaridagi zarar qoplanadi: TOVON TO‘LASH=JARIMA+ZARAR

  2. Muqobil jarima – qarz beruvchi xoxishiga ko‘ra, yoki jarima undirildai, yoki zarar qoplanadi:

TOVON TO‘LASH=JARIMA YOKI ZARAR
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan eng qulaylari bu shtraf va yagona jarimadir.
Jarimani to‘lash qarzdorni o‘z majburiyatini bajarishdan ozod etmaydi.
Undan tashqari, tomonlar kelishuvida belgilangan jarimani undirishga oid davoni ko‘rib chiqish jarayonida, arbitraj sudi shartnomaning mazkur qismdagi shartlarini teksirib chiqadi.
Jarima haqidagi kelishuv yozma ravishda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Jarima haqidagi kelishuvni yozma tarzda shakllantirmaslik jarima haqidagi kelishuvning haqiqiy emasligiga olib keladi. Odatda bunday kelishuv shartnomaning bir bandi sifatida rasmiylashtiriladi va shartnomaning «Tomonlarning javobgarligi» bo‘limiga kiritiladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling