O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet17/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112
Maqsad bayonnomasiga binoan shartnoma tuzish. Umuman olganda, shartnoma – bu shartnomadir va hech qanday niyatlarga oid bayonnoma uni o‘rnini bosa olmaydi. Shunday bo‘lsa ham, bunday bayonnomani imzolagan shaxslar zimmasiga ma’lum majburiyatlar yuklayshi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra, tuzilishi kerak bo‘lgan shartnoma borasida olib borilgan muzokaralar ularning ishtirokchilari zimmasiga hech qanday huquq va majburiyatlarni yuklamaydi. Biroq, oxirgi vaqtda, tijorat hujjatlari turlari ichidan niyatlar haqidagi bayonnoma keng tarqalib bormoqda. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bazi niyatlar haqida bayonnomalar tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarni qayd etuvchi hujjatgina bo‘la olmay, bazi hollarda huquqiy kuchga ega hujjat ham bo‘lib xizmat qilmoqda.
Gap shundaki, amaldagi qonun hujjatlarida xomaki shartnoma kabi shakl ham nazarda tutilgan. Xomaki shartnomaga muvofiq, tomonlar kelajakda tovarlar, bajarilgan ish va boshqalarni, xomaki shartnomada belgilangan shartlar asosida, kimgadir topshirishga oid shartnoma tuzishga majburiyat oladilar. Bir qator hollarda, tadbirkorlar, niyatlarga oid bayonnomani imzolab, aslida o‘z zimmalariga
ma’lum huquq va majburiyatlarni olayotganlarini sezmaydilar. Agar xomaki shartnoma ishtirokchisi belgilangan shartnomani tuzishdan bosh tortsa, muqobil tomon sudga mos shartnomani tuzishga majburlash borasida davo bilan murojaat etishi hamda, shartnoma tuzishdan bosh tortayotgan tomondan, uning harakatlari oqibatida yetkazilgan zararni qoplash talabi bilan murojaat etishi mumkin.
Ijro uchun buyurtmani qabul qilish. Shartnoma buyurtmani bajarish uchun qabul qilib olish yo‘li bilan tuzilishi ham mumkin. Mazkur usul, ayniqsa, rejalashtirilgan iqtisodiyotda, xalq iste’moli mollari va ishlab-chiqarish texnika ahamiyatiga ega mahsulotni yetkazib berishga oid shartnomalarda keng ishlatilgan. Takidlash joizki, erkin tadbirkorlik sharoitida mazkur usul imkoniyatlari juda cheklangan.
Hozirgi paytda, bu usul vositachi idoralar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlarda, vositachilik xizmatini ko‘rsatishga oid shartnoma tuzilganda keng ishlatiladi. Xususan, agar vositachi mijozdan olgan buyurtma bo‘yicha o‘zining etirozlarini shartnomada belgilangan muddatda bildirmasa, shartnomaning mazkur buyurtmaga tegishli qismini tuzilgan deb hisoblash mumkin. Biroq, vositachilik xizmatini ko‘rsatish shartnomada boshqa variantlar ham inobatga olingan bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy tadbirkorlarda tez-tez quyidagi savol tug‘iladi: shartnomani telefon orqali tuzish mumkin-mi va «jentelmenlik kelishuv» qanday kuchga ega?
Umumiy qoidaga ko‘ra, bitim uchun qonun hujjatlarida yozma yoki boshqa shakl belgilanmagan bo‘lsa, ushbu bitim og‘zaki tuzilishi mumkin. Shaxslar harakatidan ushbu bitimni tuzish niyatlari borligi kelib chiqsa ham, bitim tuzilgan hisoblanadi. Ammo, oddiy yozma shaklni to‘ldirmaslik oqibatida tomonlarda nizo kelib chiqan holda, guvohlik ko‘rsatmalariga tayanish huquqidan maxrum bo‘ladilar, qonunda ko‘rsatilgan hollarda esa bitim yozma shaklining mavjud emasligi bitimning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Boshqa so‘z bilan aytganda, shartnoma, umumiy hujjat yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq hujjatlar jamlanmasi ko‘rinishida mavjud bo‘lmaganida, manfa’tdor shaxs bitim tuzilganini boshqa yo‘l bilan isbotlashga haqli (guvohlik ko‘rsatmalari bundan mustasno), masalan, tashkilotlardan olingan xatlar, tovarlarni tushirish yoki ularga xaq to‘lashga oid hujjatlar bilan va h.k.
Shartnoma imzolanishi uning tuzilganligini bildiradi. Qoida bo‘yicha, u o‘z ichiga korxona muxtor vakilining imzosi hamda tashkilot muxri bosmasini oladi. Shartnomadagi korxonaning muxri shartnoma imzolagan shaxsning vakolatlarini ishbotlab turadi. Biroq, shartnomada muxrning mavjud emasligi sharnomani avtomatik tarzda bekor qilmaydi. Umuman, shartnomadagi korxonaning muxriga juda katta ahamiyat berish kerak emas. Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, shartnomada muxrning mavjud yoki mavjud emasligi uni haqiqiy yoki haqiqiy emasligi bilan hech qanday bog‘liq emasdir. Qonun «O‘zboshimchalar» vakolatlariga katta ahamiyat beradi. Shuning uchun, vakil etilmagan shaxs imzolagan shartnomadagi muxr uni haqiqiy qilmaydi, vaholanki, vakil etilgan shaxsning imzosi ustida muxrning yo‘qligi, baribir, shartnoma tuzilganligini anglatadi.
Shartnomani imzolash tomonlarning uni tuzishga xoxish-istaklarini bildiradi.
Unga muvofiq tomonlarda mos huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyat yuzaga keladi.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomasi boshqa tashqi savdo shartnomalari ichida eng muhimi hisoblanadi. Shunday shartnomani tuzish va ijro etish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasitashqi savdosini asosiy qismini tashkil etuvchi tashqi iqtisodiy tovar ayirboshlash amalga oshiriladi. Bu ko‘rinishdagi shartnoma bilan qandaydir ishni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish kabi shartnomalar o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, tashish, sug‘urtalash, litsenziyalash kabi shartnomalar. Chet el kontragentlari bilan tuzilgan bitimlar u yoki bu mamlakatning huquqiy normalari bilan tartibga solinib turiladi. Qo‘llaniladigan qonun ikki tomonning roziligi bilan amalga oshiriladi. Ko‘pgina mamlakatlarning qonunchiligida tashqi savdo bitimini tuzayotgan tomonlar, bitim qaysi mamlakatning qonunchiligi bo‘yicha boshqarilishini tanlashda mutlaqo erkindirlar. Ammo, bu borada bir qator murakkabliklar yuz bermoqda. Avvalam bor, qo‘llanilayotgan huquqiy tizimda bir qator tafovvutlar borligi ko‘zga taslanmoqda.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling