O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet13/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112
Shartnoma predmeti. Shartnoma predmetida tomonlarning huquq va majburiyatlari, majburiyatlarni bajarish muddati va joyi, usuli ko‘rsatiladi. Shartnoma predmeti shartnomaning muhim shartlaridan iboratdir. Mazkur bo‘limda quyidagilar ko‘rsatiladi: tovarning (ish va xizmatning) nomi va to‘liq tavsifi, sifati va miqdori, assortimenti, o‘lchovlari, modellari, yig‘ilish, tovar ishlab chiqilgan mamlakat, tovarni ta’riflash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan, mahsulotga doir xalqaro va milliy standartlarga ishora.
Majburiyat huquqi. «Majburiyat-fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga: chunonchi, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa-qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi»6.
Majburiyat mulkiy munosabatlar kelishuviga ko‘ra bitim asosida vujudga keladi. Bunda ikki taraf qatnashib, ma’lum huquq va burchlarni amalga oshiradi. Burchni bajarish – majburiyatni keltirib chiqaradi. Fuqarolik huquqida majburiyat, bu kimningdir foydasiga muayyan harakat qilish burchidir deyilgan.
Majburiyatlarni tartibga solib turadigan normalar yig‘indisi majburiyat huquqi deb ataladi. Majburiyatlar shartnoma asosida bo‘ladi.
Majburiyatning taraflari-kreditor yoki qarzdor sifatida bir yoki bir paytning o‘zida bir necha shaxs ishtirok etishi mumkin.
Majburiyat shartlarga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa ish odatiy yoki qo‘yilgan boshqa talablarga muvofiq bajarilishi kerak. Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun hujjatlarida va shartnomaning o‘zida belgilangan hollar bundan mustasno.
Majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki talab qilib olish muddati belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, kreditor ijroni talab qilishga, qarzdor esa-ijroni amalga oshirishga haqli bo‘ladi. Majburiyatni darxol bajarish vazifasi qonundir. Shartnomada qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart.
Majburiyatni bajarish joyi qonun hujjatlarida va shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
-ko‘chmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo‘yicha mol-mulk turgan joyda;





6 O`zRning fuqarolik kodeksi 234-модда T. Adolat 1996yй. 104-b
-tashish nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo‘yicha kreditorga yetkazib berish uchun tovarni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
-qarzdorlarning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan o‘zga majburiyatlari bo‘yicha- mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida (basharti majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga ma’lum bo‘lgan bo‘lsa);
-pul majburiyati bo‘yicha-majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, (agar kreditor yuridik shaxs bo‘lsa-uning majburiyati vujudga kelgan paytda joylashgan yerida). Agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha o‘z yashash joyini yoki joylashgan yerini o‘zgartirgan bo‘lsa va bu xaqda qarzdorni xabardor qilgan bo‘lsa-ijro etish joyi o‘zgartirilishi bilan bog‘liq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qoplanadigan joyida;
-boshqa barcha majburiyatlar bo‘yicha-qarzdorlarning yashash joyida, agar qarzdorlar yuridik shaxs bo‘lsa, uning manzilida.
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash quyidagi usullar asosida amalga oshirilishi mumkin:
-neustoyka (jarima va penya)
-garov
-kafillik
-ushlab qolish

  • kafolat

-oldindan pulning bir qismini to‘lash
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari belgilangan.
Majburiyatlar uning bajarilishi tufayli, voz kechish orqali, hisobga o‘tkazish bilan, qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo‘lib qolishi, majburiyatning yangilanishi, qarzdan voz kechish, bajarish mumkin bo‘lmaganligi tufayli, davlat organi hujjati asosida, fuqaro vafot etishi bilan, yuridik shaxslarning tugatilishi sababli bekor bo‘lish holatlari qonun hujjatlarida belgilangandir.7
Qarzdorlar majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
Majburiy shartlarga quyidagilar kiradi

  1. Shartnomaning nomlanishi, asos qilib olingan va qonun bilan mustaxkamlangan bitim nomi bilan bir xil bo‘lishi kerak.

  2. Shartnomaning tuzilgan joyi va sanasi (imzolangan).

  3. Tomonlarning xuddi mamlakatidagi savdo reestrida rasmiylashtirilgan nomidek belgilanishi. Chunki, amaliyotda bir insofsiz tadbirkor shirkatining nomini to‘liq yozmay, shartnoma shartlarini bajarmay, uning bu shartnomaga ta’lluqli emasligiga harakat qilgan. Shuning uchun tomonlarning to‘liq nomlari va joylashgan mamlakati ko‘rsatilishi zarur;

  4. Shartnomaga imzo chekuvchi shaxslar. Ayniqsa ularning mansablari ham ko‘rsatilishi kerak.

  5. Shartnomaning predmeti (oldi-sotdining predmeti hisoblanmish tovar va



7 O`zRning fuqarolik kodeksi 34-352-м. Т.Аdolat 1996 145-148-b.
xizmatning belgilanishi, qo‘shimcha ravishda uning sifati ko‘rsatilishi, odatda tovarning xalqaro yoki milliy standarti ko‘rsatiladi);

  1. Tovarning hajmi va yetkazib berish muddatlari;

  2. Yetkazib berishning bazis shartlari (FOB, CIF, DAF, Franko va b.s.);

  3. Tovar bahosi va shartnomaning umumiy summasi.

  4. Kafolatlar (masalan, avtomobil, mashina, texnologiyalar, qurilish montaj ishlarida)

  5. To‘lov shartlari.

  6. Sanktsiya va reklamatsiyalar (jarima, pretenziyalar);

  7. Tomonlarning yuridik manzillari va imzolari;

O‘z navbatida kalitli va eng zaruriy shartlardan birlari, bu yetkazib berishning bazis shartlari va to‘lov shartlaridir. Chunki ular bitimning eng katta qismini bajaradilar. Masalan, narx-navo darajasi, transportirovka masalasi, sxema va hisob- kitob tartibi, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, chunki undagi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar shartnomani bajarilishini qiyinlashtiradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling