O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi


Download 0.57 Mb.
bet10/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112

Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi:


www.gov.uz, www.cer.uz, www.tsue.uz, www.lex.uz, www.mf.uz, www.cbu.uz, www.mfа.uz, www.aci.uz, www.mf.uz, www.mineconomy.uz, www.stat.uz, www.imf.org, www.oecd.org, www.worldbank.org, www.wto.org, www.unctad.org

II bob. SHARTNOMALAR VA ULARNING MOHIYATI





    1. Bitimlarni imzolashning asosiy qoidalari

    2. Shartnomaning tuzilishi va uning asosiy shartlari

    3. Shartnomaning matnini rasmiylashtirish tartibi

    4. «Shartnoma» hujjatini tuzish

    5. Shartnomani ijro etish tartibi

    6. Majburiyatlar ijrosini taminlash usullari

    7. Shartnoma shartlari buzilishiga javobgarlik. Zararlar tushunchasi



    1. Bitimlarni imzolashning asosiy qoidalari


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati shartnomalar tuzish vositasida amalga oshiriladi. Umuman shartnoma – bu avvalom bor, shartnoma tuzuvchi tomonlarning ixtiyorlarini ifodalovchi, tomonlarning o‘zaro foydali manfaatlarini bajarishga yo‘naltirilgan hujjatdir. Uni tuzishda bir qator qoidalarga ahamiyat berish zarur.
Birinchi qoida – Siz nima “boshladingiz”, nima qilmoqchisiz va natijada nima olmoqchisiz - aniq bilishingiz zarurdir. Tabiiyki, siz shartnomadan maksimal darajada iqtisodiy samara olishni istaysiz. Buning uchun siz nima ish rejalashtirishingizni aniq belgilab olishingiz kerak va maqsadga erishish mexanizmini shakllantirishingiz zarur. Vaholanki “nima istashingni o‘zing aniq bilib ol”, degan aqidaga hamma ham rioya qilmaydi. Bo‘lajak operatsiyaning aniq ideal modelini yaratishga harakat qiling. Amallar ketma-ketligini, siz bajaradigan amallar, hamkoringiz bajaradigan amallar va h.k.belgilab oling. Bo‘lajak operatsiyaning ta’hminiy chizmasini chizib oling. Uni bosqichlarga va muddatlarga bo‘lib oling. Shartnoma tuzilishidan boshlab to uni bajarishgacha bo‘lgan davrning har bir bosqichida nima va qanday bajarilishi kerak, buning uchun nima kerak. Tavakkalchilik darajasini hisoblab chiqing. Bundan keyin, siz bo‘lajak tadbir haqida aniq tasavvurga ega bo‘lasiz hamda vaziyatdan voqif bo‘lasiz. So‘nggi maqsadga erishish oldidan qo‘yiladigan maqsad, masalan, vositachilik va “konsalting” xizmatlarini amalga oshirish, “umumiy ovqatlanish” nuqtasini yoki tijorat do‘konini ochish, ishlab chiqarish yoki qayta ishlashni tashkil qilish va boshqalar bo‘lishi mumkin. Mazkur boshlang‘ich maqsadga erishish mexanizmini amalga oshirish uchun uni sizga “nima”, “qancha”, ”qachon” kerakligi va oxir oqibatda bu “kimga” kerakligini aniqlashga keltiriladi.
Faraz qilaylik, siz xalq iste’moli mollari yoki oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rash bilan shug‘ullanmoqchisiz. Demak, siz – “nima” -qanday mutaxassislar, asbob- uskuna, bino va boshqalar kerak bo‘lishini, «qancha” - qanday moliyaviy resurs sizda mavjudligini aniqlashingiz zarur. Kredit olishingiz natijasida qanday sarf- xarajatlar ro‘y berishini; “qachon” – mazkur g‘oyani amalga oshirish qancha vaqt talab etishi va birinchi daromadni qachon olishingizni hisoblay biling. Sizning buyurtmachingiz kim bo‘lishini aniqlab olishingiz kerak. G‘oyada oxirgi savolga, yani “kimga”degan savolga birinchi navbatda javob berish zarur. Vaholanki, aynan shu javobga niyatingizning muvaffaqiyati va ahamiyati bog‘liqdir.
Barcha ro‘y beradigan xarajatlarni maksimal aniqlikda hamda ularning qoplanish muddatini va keyinchalik daromad olinishini hisoblab chiqish zarur. Umuman, bu ish boshlashga arziydimi yoki yo‘qmi – shuni aniq hisoblab chiqish kerak.
Siz savdo munosabatlari o‘rnatmochi bo‘lgan mos xo‘jalik yurituvchi subyektlar mavjudligini aniqlab olishingiz kerak. Siz “nima”, “qancha”, “qachon” va “kimga” savollarga javob berdingiz. Endi o‘z niyatingizni “kim”ning yordamida amalga oshirishingizni aniqlashtirib oling. “Kim” bilan shartnoma tuzasiz? Bizningcha quyidagilarni aniqlab olish zarur:
-Talab etilayotgan asbob-uskunani kim yetkazib beradi?
-Asbob uskunalarni kim ishga tushirib yuboradi?
-Binoni kim talab etilgan darajada ta’mirlab beradi?
-U bilan bevosita kim ishlaydi?
-Mazkur xizmatni kim sotib oladi?
-Mazkur xizmatni kim sotadi?
-Mazkur korxonani kim moliyalashtiradi?
Yuqorida sanab o‘tilgan savollarga javob berib bo‘lgandan so‘ng shartnoma shartlarini ta’riflashga o‘tish, mutaxassislardan maslahat olish uchun murojaat etish, barcha zarur hujjatlarni tayyorlash mumkin.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling