O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tashqi savdo shartnomalarining asosiy turlari


Download 0.57 Mb.
bet8/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112

Tashqi savdo shartnomalarining asosiy turlari


Tashqi savdo shartnomalarining asosiy turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Uzoq muddatli (3-5 yil )-qurilish,qo‘shma korxonalar,doimiy tovarlarni yetkazib berishga doir.

  2. Yagona tartibdagi –zudlik bilan ukki hamkor o‘rtasidagi tovat ayirboshlashga

doir.

  1. Vaqtinchalik -o‘z vaqtida tovar yetkazib berishga doir.

  2. Maxsus qurilish- montaj ishlari, texnik xizmat ko‘rsatish ,tovarning zaxira qismlarini yetkazib berishga doir.

  3. Cheklangan- shartnoma bajarilishiga doir.

K.Smittgoffning fikriga ko‘ra: "Tomonlarning istaklariga qarab, avvalambor, rasmiy talab qiluvchi shartnoma tuzish uchun qilayotgan rasmiy talabi ikkinchi tomondan taklifga olib kelishiga bog‘liq. Ya’ni shartnomaning tuzilishi ko‘proq rasmiy talab qiluvchi tomonga bog‘liq. Chunki, ikkinchi tomonga rasmiy talab qilgandan keyin, u birinchi tomonga taklif yuboradi. Bu taklifni qabul qilish yoki qilmaslik, birinchi tomonning ixtiyoridadir. Bitim yirik bo‘lgan xolatlarda tomonlar juda uzoq suhbat quradilar. Ayrim hollarda esa, suhbat chog‘ida tomonlarni bir to‘xtamga kelganliklarini aniqlash qiyin bo‘ladi.
Tashqi savdo bitimlarida oferta va aksept. Ma’lumki, tashqi savdo bitimlari oferta va akseptlarning o‘zaro almashinuvi natijasida yuzaga keladi. Oferta- bu tashqi savdo bitimini tuzish maqsadida, bir shaxs tomonidan boshqa mamlakatdagi shaxsga yoki bir necha shaxslarga yo‘llagan tijorat taklifidir. Aksept- esa bunday takliflarning qabul qilinishi yoki rozilikdir. Odatda, oferta va akseptlarning almashinuviga o‘zaro og‘zaki kelishuvlar to‘sqinlik qiladi. Chunki, undagi ikki tomon o‘rtasidagi ochiqdan-ochiq suhbat tufayli shartnoma tuzilmasligi ham mumkin. Birinchi bo‘ladigan aloqa odatda rasmiy talab yoki taklif ko‘rinishida bo‘ladi. Suhbatlar chog‘ida bo‘ladigan kelishuv (oferta yoki aksept) bo‘lib hisoblanmaydi, agar shartnoma tekstiga kiritilmasa. Lekin, ularni yuridik kuchga ega emas deb ham hisoblab bo‘lmaydi. Agar shartnoma tuzilmasa va konfidenstial axborot ovoza bo‘lib ketsa, unga nishbatan yuridik choralar qo‘llanilishi mumkin.
1980 yilda qabul qilingan xalqaro oldi-sotdi shartnomalari haqidagi Vena Konvensiyasining 14-moddasida, ofertaga quyidagicha talqin beriladi: "Shartnoma tuzish uchun bir yoki bir necha shaxslarga yo‘naltirilgan taklifga-oferta deyiladi. Bu taklif yetarli darajada aniq belgilangan bo‘ladi, unda tovarning bahosi va hajmi aniq ko‘rsatilishi lozim bo‘ladi".
Konvensiyada oferta kuchga kirishi yoki (otziv)ga qarab quyidagi savollarni o‘z ichiga olgan:

  1. Oferta adresat tomonidan qabul qilinganida kuchga kiradi.

  2. Oferta qaytarilmas bo‘lsa ham, oferent tomonidan qaytarilishi mumkin. Agar qaytarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot ofertadan oldin yoki birga kelsa. (15-modda, Konvensiya).

Konvensiyaning 17-moddasiga ko‘ra esa, oferta qaytarilmas bo‘lishiga qaramay, oferent tomonidan rad etish javobi kelganda, o‘z kuchini yo‘qotadi.
Aksept 1980 yil Vena Konvensiyasining 18-modda, 1 punktiga ko‘ra, "oferta yo‘naltirilgan adresatning qo‘yilgan ofertaga rozilik javobidir. Javob bermaslik yoki harakatsizlik aksept bo‘lib hisoblanmaydi". Smittgoff akseptga quyidagi talablarni qo‘yadi: "Aksept shartsiz va iborasiz bo‘lishi lozim. Aks holda u birinchi martali oferta uchun rad etish ma’nosini anglatadi. Agar oferent izohli akseptni qabul qilib, unga aniq javob bermasa, u holda shartnoma tuzilmaydi. Oferent
o‘zgartirilgan akseptga javob berishga majbur emas.
Konvensiyaning 19-moddasi, akseptga qo‘shimcha yondashuvlavrni o‘zida namayon etgan: "Ofertaga o‘zida qo‘shimcha chegaralashlar va boshqa o‘zgartirishlarni aks ettirgan aksept, ofertaga rad etuvchi javobdir va u o‘zi bilan qarshi ofertani namayon etadi".
Agarda aksept kech kelsa, unda nima bo‘ladi degan savol ham tug‘ilishi mumkin. Vena Konvensiyasi avvalambor, akseptning muddati tugashini ham tartibga solib turadi. Masalan, Konvensiyaning 20-moddasiga asosan, aksept uchun muddatning tugashi, oferentning telegramma yuborgan kunidan yoki xatning sanasidan hisoblanadi. Agar bunday sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, konvertdagi sanadan boshlanadi. Ofertaning muddati adresat qabul qilgan paytdan boshlab, oferent tomonidan telefon, teletayp va boshqa aloqalar orqali o‘rnatilishi mumkin. Bundan tashqari, bu muddatga ish bo‘lmagan kunlar, bayram kunlari ham kiradi. Faqatgina, xabar bayram kuni yoki dam olish kuni deb bir kunga kachiktirilib qolsagina, u qabul qilinadi.
Konvensiyaning 24-moddasiga ko‘ra esa, oferta yoki aksept qabul qilinganligi to‘g‘risida og‘zaki yoki yozma xabar qilinsa, qabul qilingan hisoblanadi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling