O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Majburiyatlar ijrosini taminlash usullari


Download 0.57 Mb.
bet20/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112

Majburiyatlar ijrosini taminlash usullari


Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlovchi vosita sifatida qarzdorga mulkiy ta’sir o‘tkazishning qo‘shimcha choralarini ko‘rsatishi mumkin. Ular qarzdorni o‘z majburiyatlarini bajarishga undaydi hamda, qarzdor shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasa yoki zarur darajada bajarmasa, qarz beruvchi manfa’tlarini qoniqtiradi.
Qarz beruvchi shartnomaning bir ishtirokchisidan (qarzdordan) majburiyatlar bajarilishini talab etish huquqiga ega shartnomaning boshqa ishtirokchisi.
Qarzdor shartnomaning ishtirokchisi (qarz beruvchi) tomonidan talab etilgan majburiyatlarni bajarishi lozim bo‘lgan boshqa ishtirokchi.
Amaldagi qonunchilikda majburiyatlarni bajarishning to‘rtta usuli mavjud:

  1. Jarima

  2. Kafillik (kafolat)

  3. Garovga qo‘yish

  4. Bo‘nak

Neustoyka-ikki tomondan birining shartnomadagi biror majburiyatni vaqtida bajarmaganligi uchun olinadigan jarima.
Undan tashqari, xorijda majburiyatlarni bajarish uchun mulkka huquqni zaxiraga olib qo‘yish usulidan keng foydalaniladi. Majburiyatlar bajarilishini akkreditiv, sug‘urta bitimlar, valyutaga oid qo‘shimchalar kabi huquqiy shakllar ham ta’minlaydi. Huquq ularni majburiyatlarni bajartirish usullariga kiritmasa ham, ular shartnoma bajarilishi uchun katta ahamiyatga egadir.
Jarima. Bu - qonunda yoki shartnomada belgilab qo‘yilgan pul miqdoridir, qarzdor o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasa yoki zarur darajada bajara olmasa, jumladan, shartnoma shartlarini vaqtida bajarmasa, mazkur mablag‘ni muqobil tomonga to‘lashga majburdir. Jarima turlari sifatida penya va shtrafni ko‘rsatish mumkin.
Shtraf – qarzdor, oldindan belgilangan miqdorda yoxud qarz miqdori yoki bajarilishi lozim bo‘lgan butun predmetga (shartnoma bahosiga) nisbatan foiz ko‘rinishida, qarz beruvchiga to‘lash majburiyatini olgan, shartnomada belgilangan, ma’lum pul miqdoridir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling