O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Muzokara olib borish xulqi
Download 0.57 Mb.
|
Muzokara olib borish xulqiBugungi kunda muzokaralar jamiyat, korxonaning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda aholining juda katta qismi xalqaro munosabatlarda muzokaralarning amaliy zaruriyati va muzokaralar olib borish san’atini egallash zarurligini tushunib etdilar. Harbiy korxonalar siyosiy, ijtimoiy xayotdagi ziddiyatlarni tinchlik yo‘li bilan xal qilinishi, uning mexanizmlarini ishlab chiqish asosan II-jahon urushidan so‘ng amalga oshirildi. Muzokaralarda asosan jiddiy masalalarni xal qilish jarayonidan foydalaniladi. Vujudga kelgan muommalarni qonunchilik yoki boshqa meyoriy hujjatlar asosida xal qilish mumkin bo‘lsa, unda muzokaralarga ehtiyoj sezilmaydi. Muzokaralar asosan ikki tomon uchun manfa’tli bo‘lgan muammoni muhokama qilish va birgalikda qaror qabul qilinishi uchun zarur hisoblanadi. Siyosat bobida muzokaralar o‘z qarashlari, g‘oyalari ishonchlarini targ‘ib qilish uchun qo‘llanishi mumkin. Bu holat "Sovuq urush" davriga xarkterli edi. Ayrim hollarda muzokaralardan paydo bo‘lgan ziddiyatlarni bartaraf etish uchun foydalanish mumkin. Tarixiy jihatdan muzokaralarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va uning shakllari uch yo‘nalishda boradi: Muzokaralar olib borish uchun uning mohiyatini tushunib etish lozim. Muzokaralar birinchi navbatda muammoni xal qilishga qaratilgan qo‘shma hamkorlik faoliyatidir. Muzokaralarda odatda ikki qatnashchi bo‘lib, ularning manfa’tlari umuman bir xil bo‘ladi, qisman esa bir-biriga mos kelmaydi. Har bir aniq faoliyatda moslik yoki nomoslik nisbati ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin. Ular har bir muzokarada uchraydi. Muzokaralarning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ularni asosan ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: Bo‘ron va ziddiyatli holatlarni tartibga solish bilan bog‘liq muzokaralar; Hamkorlik doirasida olib boriladigan muzokaralar. Bo‘ron va ziddiyatli holatlarda muzokaralarda zo‘ravonlik harakatlari maydonga chiqishi mumkin. Bu esa muzokara ishtirokchilarining zimmasiga aloxida mas’uliyat yuklaydi. Bunday hollarda tomonlar uchinchi shaxs-vositachilar yordamiga muxtoj bo‘ladilar. Muzokaralarning qanday darajada o‘tkazilishi, unda qancha korxonalarning ishtirok etishi, muzokaralar bir marta o‘tkazilishi yoki doimiy o‘tkazilib turilishiga ko‘ra farqlanadi. Ko‘p tomonlama muzokaralar nisbatan murakkab tuzilishga egadir. Bunday muzokaralarda o‘zaro maqbul bo‘lgan qaror qabul qilish qancha qiyin kechadi va bu jarayonning uch asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin: muzokaralarga tayyorlanish; ularni o‘tkazish; muzokaralar natijalarini tahlil qilish va erishilgan kelishuvlarni bajarish. Muzokara tomonlar muzokara o‘tkazishga o‘tirishlaridan oldinroq boshlanadi. Muzokaralarga tayyorlanish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yo‘nalish bo‘yicha ish olib borishni nazarda tutadi. Bular tashqi masalalar va muzokaralarning asosiy qismini tayyorlash, tashkiliy masalalarga delegastiyalarni shakllantirish, uchrashuv joyi, vaqti hamda har bir majlisning kun tartibi va boshqalar kiradi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling