O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomasini moddiy-huquqiy tartibga solish


Download 0.57 Mb.
bet35/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112

Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomasini moddiy-huquqiy tartibga solish


Har bir davlat xalqaro savdo munosabatlariga o‘zgacha ta’sir etadi va bu uning jahon hamjamiyati subyekti sifatidagi obro‘sini shakllantiradi. Aynan shu sababli davlatlar tashqi bozorda o‘zining korxonalari va firmalari faoliyat olib borishi uchun ijobiy sharoit yaratishga harakat qiladi. Xalqaro iqtisodiy aylanmada yanada ijobiy huquqiy tartibni tashkil etish bo‘yicha jahon darajasidagi tadbirlarda qatnashish, hamda ushbu jarayonga yanada ko‘proq davlatlarning qo‘shilib borishi shunday vaziyatga erishishning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, bunda kelishayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi u yoki bu savdo operatsiyalarini huquqiy tartibga solishdagi barcha bahslar va muammolar qisqartiriladi. Bu esa jamiyatning yanada rivojlanishi va turli mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro munosabatlarni yaxshilanishiga yordam beradi.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomasi xalqaro shartnomalar turi sifatida adabiyotda quyidagicha ta’riflanadi: bu, “mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar borasida davlatlarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi”, “umuman iqtisodiy munosabatlarning huquqiy tartibini, savdoga oid dengizda suzish, savdo transporti, tranzit, bir mamlakatning jismoniy va yuridik shaxslari faoliyatini boshqa mamlakat hududida belgilovchi”, “davlatlar o‘rtasidagi tashqi iqtisodiy savdo sohasidagi huquq va majburiyatlari borasidagi kelishuvi”dir.
Biroq, mohiyati jihatidan, bunday shartnomalar aniq mahsulot aylanishini juda kam holatlarda tartibga soladi. Adabiyotda qabul qilinganidek, ular “milliy jismoniy va yuridik shaxslarning harakat doirasini” (shartnoma ishtirokchisi bo‘lgan davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari o‘rtasida kelishuvlarning umumiy huquqiy tartibini) belgilaydi yoki tashqi iqtisodiy bitimlar “qabul qilingan xalqaro savdo shartnomalarga zid bo‘lmasligi kerak”. L.A. Lunst “savdo shartnomalari va bitimlari tashqi savdo kelishuvlarini tartibga soluvchi huquqning manbasi”ligini takidlab, ular “tashqi savdo bo‘yicha davlatlararo majburiyatlarni belgilaydi, tashqi savdo kelishuvlari esa fuqaro-huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi” deb ko‘rsatadi.
Fuqarolik munosabatlarni xalqaro huquqiy tartibga soluvchilar qatoriga xalqaro shartnomalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasiga (15-modda, 4- band) va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (7-modda, 1-band) muvofiq, “Xalqaro huquqning barcha tan olgan qoida va me’yorlari” kiradi. Bazi federal qonunlarda ham bunday qoida va meyorlarga ishorani topish mumkin. Masalan, 2003
yildagi “tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asoslari to‘g‘rishida”gi Fning 40- moddasiga muvofiq, tovarlar, xizmatlar va aqliy mulkning tashqi savdosiga cheklov choralari xalqaro huquq, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining barcha tan olgan qoidalari va meyorlariga asosan kiritiladi.
Xalqaro huquqning barcha tan olgan meyorlari deb, davlatlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan “huquqiy meyor sifatida” tan olngan qoidalarga aytiladi. Bunday meyorlar asosan davlatlararo munosabatlarda huquqiy tartibga soluvchi vosita sifatida xizmat qiladi, tashqi iqtisodiy kelishuvlar va boshqa fuqarolik munosabatlarni tartibga solishda ularning o‘rni cheklangan. L.A. Lunst takidlashicha, qarama - qarshi qonunlarni tadbiq etishga oid bir necha masalardagina xalqaro O‘zbekiston Respublikasiga huquq manbai sifatida murojat etish mumkin. Ziddiyatli, kollizion huquqda O‘zbekiston Respublikasio‘rni, ba’zi hollardan tashqari, davlat suvereniteti asosidan kelib chiqan me’yorlar bilan chegaralanadii



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling