O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi


Download 0.57 Mb.
bet34/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112

Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi:


www.gov.uz, www.cer.uz, www.tsue.uz, www.lex.uz, www.mf.uz, www.cbu.uz, www.mfа.uz, www.aci.uz, www.mf.uz, www.mineconomy.uz, www.stat.uz, www.imf.org, www.oecd.org, www.worldbank.org, www.wto.org, www.unctad.org

IV bob. XALQARO TOVARLAR OLDI-SOTDI SHARTNOMASI


4.1 Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomalarini kollizion va moddiy huquqiy tartibga solinishi


4.2.Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomalari haqida 1980 Vena Konvensiyasi

    1. Vena Konvensiyasining amal qilish sohasi

    2. BMT Konvensiyasi bo‘yicha shartnoma imzolash

    3. Sotuvchi va xaridor javobgarligi.

    4. Javobgarlik haqidagi umumiy qoidalar



    1. Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomalarini kollizion va moddiy huquqiy tartibga solinishi


Kollizion tartibga solish. Chet el elementlari bilan murakkablashgan mulkiy va nomulkiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanishi lozim bo‘lgan huquq normalarning mohiyatini talqin qilish hamda ularning qo‘llanish hususiyatlarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Davlatlar, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi aioqalarning kuchayib va ko‘lami kengayib borayotganligi bunday aloqalarning huquqiy qoidalarini o‘rganishni asosiy vazifalar qatoriga qo‘shib qo‘ymoqda.
O‘zbekiston Respublikasibilan yaqin amaliy aloqa o‘rnatish harakatidagi davlatlar va yuridik shaxslarning soni yildan yilga tobora ortib bormoqda, O‘zbekiston hududiga biznes, madaniyat, turizm va ta’lim yo‘nalishlarida amaliy tashrif bilan kelayotgan jismoniy shaxslar ham borgan sari ko‘paymoqda. Xalqaro aloqalarning kengayishi natijasida sudlar, arbitraj, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi idoralar va boshqa davlat organlari o‘z faoliyatlarida xalqaro xususiy huquq normalarining murakkab muammolariga duch kelmoqdalar. Kollizion normalar va ularni qo‘llash bilan bog‘liq qoidalar shunday murakkab, ammo muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Xalqaro xususiy huquqqa doir yuridik adabiyotlarda "Kolliziya" lotincha so‘z bo‘lib, qarama-qarshi nazarlar, intilishlar, manfa’tlar to‘qnashuvi degan ma’noni bildirishi ko‘rsatilgan. Bir davlatning ayrim qonunlari o‘rtasidagi tafovut yoki turli davlatlarning qonunlari, sud qarorlari zidligi, bir-biriga qarama-qarshiligi degan ma’noda ham ishlatiladi. Lekin ushbu atama shartlilik xususiyatiga ega. Aslida qonunlar kolliziyasi, ya’ni ular o‘rtasida qo‘llanishi zarur bo‘lgan qoidani tanlash haqida gap yuritiladi.
Sud yoki boshqa organ tomonidan turli davlatlar qonunlarini o‘rganish, izohlash va qiyoslash yo‘li bilan chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatga nisbatan tegishli huquq normasini qo‘llash to‘g‘risidagi masalaning hal qilinishi xalqaro mulkiy va nomulkiy munosabatlarni to‘g‘ri tartibga solishda muhim ahamiyatga ega. Shu zaylda kollizion muammo u yoki bu huquqiy munosabatga nisbatan qo‘llash uchun tegishli huquqni tanlash muammosidir.
Kollizion norma muayyan munosabatga nisbatan qaysi davlatning huquqni qo‘llanish mumkinligini ko‘rsatadi. Kollizion normaning boshqa huquq sohalari normalaridan asosiy farqi shundan iboratki, uning vositasida qo‘llanishi uchun kerak bo‘lgan huquqni ko‘rsatish yo‘li bilan kollizion muammo bartaraf qilinadi. Kollizion
norma o‘z holicha masalani oxirigacha hal qilmaydi, u tegishli qoida nazarda tutilgan qonunning moddiy normalariga havola qiladi, ya’ni ko‘rsatib beradi. Bunday moddiy normalar qonun osti hujjatlari emas, balki faqat kollizion normalarning manbai hisoblanuvchi qonunlarda nazarda tutilishi mumkin.
Demak, kollizion norma tegishli huquqiy munosabatga nisbatan qaysi davlatning huquqini qo‘llash kerakligini belgilab beruvchi normadir. Kollizion norma havola qiluvchi, ko‘rsatib beruvchi norma xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli, undan faqat bironta moddiy-huquqiy norma, yanada aniqroq qilib aytganda, masalani hal qilishga qaratilgan qonunning moddiy-huquqiy normasi bilan birgalikda foydalanish mumkin.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling