Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi:
www.gov.uz, www.cer.uz, www.tsue.uz, www.lex.uz, www.mf.uz, www.cbu.uz, www.mfа.uz, www.aci.uz, www.mf.uz, www.mineconomy.uz, www.stat.uz, www.imf.org, www.oecd.org, www.worldbank.org, www.wto.org, www.unctad.org
Lizing shartnomasi
UNIDRUA Konvensiyasida lizing shartnomasi ta’rifi
Tomonlarning majburiyatlarilari va ma’suliyati
Xalqaro lizing haqidagi MDH Konvensiyasi
Xalqaro lizing shartnomalarining kollizion masalalari
Lizing shartnomasi (ingl. «lease», «leasing» - ijara) quyidagicha ifodvalanishi mumkin: ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan, hamma asbob-uskuna sotib olishga mablag‘i bo‘lmagan shaxs lizing kompaniyasiga asbob-uskuna sotib olish iltimosi bilan murojat etadi. Lizing kompaniyasi (lizing beruvchi) zarur asbob-uskunani sotib oladi va uni murojat etgan shaxsga (lizing oluvchiga) uzoq muddatli ijaraga (lizing) beradi.
Lizing shartnomasida ijarachi, barcha to‘lovlarni amalga oshirganidan keyin, mazkur asbob-uskunalarni sotib olishi mumkinligi nazarda tutilgan. Qoida bo‘yicha, lizingga katta obyektlar topshiriladi, masalan, dengiz va xavo kemalari. Lizing beruvchi lizing mulkiga manfaatdor emas, uning bosh majburiyati lizing predmeti bo‘lgan obektni sotib olishni moliyalashtirish. Bu lizing «moliyaviy» deb nomlanadi. «Lizingning asosiy g‘oyasi – mulkning pul qiymatini to‘lashda vaqtini «cho‘zish» hamda uni qiymati bo‘yicha sotib olish huquqini saqlab qolishdir».
«Lizing» tushunchasi ikki maqsadda ishlatiladi:
lizing bitimining uch ishtirokchisi – lizing beruvchi, lizing oluvchi va yuk yetkazib beruvchi - o‘rtasidagi munosabatlar majmuasini belgilash;
lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida asbob-uskunadan vaqtinchalik foydalanishga oid shartnomani belgilash.
Tijorat korxonalari turli mamlakatlarda joylashgan ishtirokchilar tomonidan tuzilgan lizing shartnomasi xalqaro deb nomlanadi. Xalqaro lizingning asosiy tartibga soluvchisi – milliy qonunchilikdir 1988- yilda UNIDRUA doirasida tayyorlangan Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |