O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.57 Mb.
|
UNIDRUA KonvensiyasiXalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risidagi UNIDRUA Konvensiyasi 1988- yil 28-may oyida Ottava shahrida 60 dan ortiq davlatlar ishtirokida qabul qilingan. UNIDRUA Konvensiyasi uchta bob va 25- moddadan iboratdir. Konvensiyadagi kirish so‘zining bandida :«ijaraga oid an’anaviy sharnomani tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni moliyaviy lizing bitimlaridan kelib chiqadigan mustaqil uch tomonlama shartnomalarga moslashtirish zarur» deyilgan. M.Yu.Savranskiy yuk yetkazib berish shartnomalarini va bevosita lizingni umumiy uch tomonlama bitim, deb tan olinishini Konvensiyaga asos bo‘lgan qoidalarga yoyadi (6-moddaning 2 bandi). Shu bilan birga, Konvensiyaning moddalarida ikki, o‘zaro bog‘liq bo‘lsa ham, mustaqil sharnomalar – yuk yetkazib berish va bevosita lizing haqida so‘z boradi. Uning fikricha, Konvensiyadan kelib chiqadiki, lizing ikki turdagi – savdo-sotiq (yuk yetkazib berish), lizing beruvchi va yuk yetkazib beruvchi o‘rtasidagi va lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtirilgan bitimidir. Asosan fuqarolik qonunchiligi bandlariga moslab, lizingning huquqiy mohiyatini I.V. Vitryanskiy batafsil o‘rganib chiqdi. Uning fikricha, lizing munosabatlari, umuman olganda, umumiy bitim emas, balki shartnomaning ikki turidan iborat shartnomaviy aloqalarning murakkab tuzilmasidir: sotuvchi va lizing beruvchi o‘rtasida tuziladigan savdo-sotiq sharnomasi hamda lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida tuziladigan bevosita lizing shartnomasi. O‘zbekiston Respublikasining qo‘llanishi mumkin bo‘lgan huquqiy masalalari birinchi navbatda FK lizing shartnomalariga oid bandlari bilan tartibga solinadi. Xususan, agar shartnomada boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, sotuvchi mulkni bevosita ijarachiga u turgan joyda topshiradi . Agar shartnomada boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkni topshirish vaqtidan boshlab, uning nobud bo‘lishiga (buzilishiga) oid tavakkalchilik ham ijarachi zimmasiga o‘tadi . Bitim ishtirokchilarining huquqiy holati, shartnomalarning qatiyligi va, xalqaro Konvensiyalar bo‘yicha tartibga solishdan voz kechuvchi boshqa jihatlar boshqa kollizion qoidalarga muvofiq xal qilinadi (shaxsiy status, shakl statusi va boshqalar). UNIDRUA Konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasida 1 fevral 2001- yilda ratifikatsiya qilinib kuchga kirgan.«Lizing to‘g‘risida»gi FK o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa ham uning UNIDRUA Konvensiyasi bilan ba’zi ziddiyatlari saqlanib qoldi. Masalan, qonun lizingning ikkita shaklini ajratib beradi: ichki va xalqaro, binobarin, ajratishning asosiy jihati tomonlarning tijorat korxonalari joylashgan joy (Konvensiyadagi kabi) emas, balki ularning rezidentligidir: ichki lizingni amalga oshirgan vaqtda lizing beruvchi va lizing oluvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblanadi. Konvensiyaning 3-moddasiga muvofiq esa, modda, lizing shartnomasi tomonlarining (ijaraga beruvchi, ijarachi va yuk yetkazib beruvchi) tijorat korxonalari Konvensiya ishtirokchilariga bo‘lgan turli davlatlarda joylashgan holda yoxud yuk yetkazib berish shartnomasi va lizing shartnomasi Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan davlat hududi bilan tartibga solinsa ishlatiladi (3-moddaning 1-bandi). «Lizing to‘g‘risida»gi qonun ishlatadigan «rezidentlik» haqidagi tushuncha stivilistik xususiyatda emas, balki ma’muriy xususiyatga egadir. Bu UNIDRUA Konvensiyasining «tijorat korxonaning joylanishi» tushunchasiga mos kelmaydi. Masalan, 2003- yildagi «Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish to‘g‘risida»gi qonun bo‘yicha rezidentlar deb «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgang yuridik shaxslar» hisoblanadi, norezidentlar esa – «xorijiy davlatlar qonunchiliga muvofiq qaratilgan va mamlakat hududidan tashqarida joylashgan yuridik shaxslar» hisoblanadi. Konvensiyaga muvofiq esa, tijorat korxonasining xorijda joylashishi tashkilot ro‘yxatga olingan joy bilan bog‘lanmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi (yani, O‘zbekiston Respublikasihududida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilot) o‘z faoliyatini doimiy xorijiy davlat hududida amalga oshirishi mumkin ( yani, u yerda o‘z tijorat korxonasiga ega bo‘lishi mumkin). Demak, O‘zbekiston Respublikasining bunday yuridik shaxsi va boshqa O‘zbekiston Respublikasi tashkiloti bilan tuzilgan lizing shartnomasi Konvensiya ta’siriga tushgan shartnoma sifatida ko‘riladi, hamda bunda u «Lizing to‘g‘risida»gi qonun nuqtai nazaridan xalqaro deb tan olinmaydi. Agar Konvensiyaning 6-moddasining 2-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi huquqiga yordamchi huquq sifatida ishlatilsa, qayd etilgan qonunning Konvensiyaga nisbatan ziddiyatlari, Konvensiyada aks ettirilmagan masalalarni xal etish uchun qonun bandlarini ishlatishni qiyinlashtiradi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling