O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Xalqaro lizing shartnomalarining kollizion masalalari


Download 0.57 Mb.
bet61/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112

Xalqaro lizing shartnomalarining kollizion masalalari


O‘zbekiston Respublikasihuquqida lizing ijara shartnomalarining bir turi sifatida qabul qilinadi. ( FK 34-bobining 6 §). Demak, O‘zbekiston Respublikasi shu yili xalqaro lizing shartnomasi borasida nizolarni ko‘rib chiqqanda, tomonlarning kelushivi mavjud bo‘lmasa, ijaraga beruvchining huquqini ishlatadi . O‘zbekiston Respublikasi huquqini qo‘llash mumkin bo‘lganda shu FK lizing haqidagi me’yorlariga ijara to‘grisidagi umumiy qoidalarga (34-bobning 1-§), «Lizing to‘g‘risida»gi FK qoidalariga keltirilgan tartibda murojaat etishi mumkin. Bunda, umumiy qoidalarga muvofiq, “Lizing to‘g‘risidagi» qonun FK ga (lizing haqidagi qoidalarga ham, ijara haqidagi umumiy qoidalarga ham) zid bo‘lmagan ish MDHni ishlatish zarur.
UNIDRUA Konvensiyasida lizing asbob-uskunalarini yetkazib berish munosabbatlari tartibga solinmagani bois, bu kamchilik qo‘llanishi mumkin bo‘lgan milliy huquq yordhamida bartaraf etilish zarur. Ma’lum darajada, bu kamchilikni yuqorida qayd etilgan davlataro lizing haqidagi MDH 1998- yildagi Konvensiyasi bartaraf etishga urinmoqda.
Savol tug‘iladi: kollizion me’yorlar asosida tanlab olingan, yo‘llanishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi butun xalqaro lizing bitimiga, jumladan, lizing asbob-uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga qo‘llaniladimi yoki faqat bevosita lizing shartnomasiga qo‘llaniladimi? Javob huquqshunos mazkur shartnomani tasniflashda qanday pozitsiya egalashiga bog‘liqdir. Agar, lizing umumiy uch tomonlama bitim sifatida ko‘rilsa, unda lizing (ijara) shartnomasiga qo‘llanaladigan huquqlar, yuk yetkazib berish shartnomasiga qo‘llaniladi. Agar, yuk yetkazib berish shartnomasi va lizing shartnomasi ikkita mustaqil bitim bo‘lsa, unda yuk yetkazib berishga doir qo‘llanadigan huquq aloxida, sotuvchi mamlakatining huquqiga bog‘liq ravishda belgilanishi kerak.
Agar qo‘llanadigan huquq to‘g‘risidagi masala xorijda ko‘tarilsa, bu yana
qiyinchiliklarga olib keladi. Chunki bu turli mamlakatlarning qonunchiligida va amaliyotida lizingning huquqiy mohiyatiga turlicha yondashuvlar bilan bog‘liq. Lizing yoki ijaraning bir turi sifatida qabul qilinadi, yoxud shart bilan sotish sifatida, yoxud mustaqil shartnoma sifatida qabul qilinadi. Lizingga monografik tadqiqotini bag‘ishlagan

    1. Kabatova uning yuridik mohiyati talqini xorijiy huquq bo‘yicha hujjatlar bilan ta’minlagan. Muallif, xorijiy mamlakatlar qonunchiligida va amaliyotida lizingga ikkita yondashuvni ta’kidlaydi: birinchi holda lizing fuqarolik huquqining an’anaviy institutlari

  • ijara shartnomasi, savdo-sotiq shartnomasi, kafolat shartnomasi – sifatida tahlil qiladi; boshqa holda – shartnomaviy munosabatlarning mustaqil turi sifatida tahlil qiladi.

Bu holni lizing shartnomasiga qo‘llaniladigan huquqini tanlash vaqtida, jumladan UNIDRUA Konvensiyasi qoidalariga nisbatan milliy qonunchilikni subsidiar qo‘llashda hisobga olish kerak. Lizingni ikkita shartnoma – savdo-sotiq va ijara shartnomasi – majmuasi sifatida tasniflashda, mazkur shartnomalar mustaqil kollizion bog‘lanishlarga yo‘naltirilganda majburiy statusining bo‘linishi muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.
Biroq, xalqaro lizingni ikkita shartnoma majmuasi sifatida tasniflash baribir, bizning fikrimizcha, 1980 yildagi tovarlarni xalqaro savdo-sotiq shartnomalari to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi qoidalarini qo‘llashga imkoniyat bermaydi. Bunday xulosani, lizing shartnomasiga ko‘ra, ijarachi sotuvchiga nisbatan, u savdo-sotiq shartnomasi ishtirokchisi bo‘lmasa ham, ma’lum huquqilarni qo‘lga kiritishi haqidagi fakt ham tasdiqlaydi. Undan tashqari, 1980 qo‘llaniladimi Vena Konvensiyasining ma’nosiga ko‘ra, uning tuzuvchilari , lizing shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan asbob-uskuna yetkazib berish shartnomalariga qo‘llash niyatlari yo‘q edi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling