O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.57 Mb.
|
Birinchidan, chet el raqibi bilan shartnoma shartlarini muvofiqlashtirayotganda, uni to‘g‘ri tuzish tartibini belgilovchi qonun-qoidani bilish kerak;
Ikkinchidan, agar tomonlarning biri imperativ huquqiy normalarga qarshi bo‘lgan shartnomaning muvofiqlashtirilgan shartlarini bajarmasa, ularni sud tartibida taqsimlab bo‘lmay qoladi. Uchinchidan, shartnomani tuzayotib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa va holatlarni oldindan bilib, ularga mos ravishda shartlarni qo‘yish mumkin emas; Agar shartnoma bo‘yicha yuz bergan salbiy holat, shartnomada ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u holda belgilangan mamlakatning kolizion normalari bilan hal etiladi. Lekin, ayrim holatlarda mamlakatlarning kollizion normalari bir-birlariga qarama-qarshilik qiladi. U holda, kollizion normalarni unifikatsiya qilishga mo‘ljallangan xalqaro Konvensiyalar orqali xal etiladi. (masalan 1955-1986 yillardagi Gaaga Konvensiyasi). Tashqi savdo bitimini tuzayotib, tomonlar huquqlariini belgilashlari kerak bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi savdo bitimidagi munosabatlar qaysi qonunchilik asosida amalga oshirilishi yoki tartibga solinishini belgilash kerak bo‘ladi. Lekin, bitimga qo‘yiladigan shartlar, ikki tomonning kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Bunday qonunchilikni tanlash avtonomlik prinsipi deyiladi. Ko‘pgina mamlakatlarda shartnomalarni lokalizastiyalash printsipi joriy etilgan: bunda tomonlar tuzayotgan bitim bilan bog‘liq har qanday huquqni tanlash imkoniyatiga ega boladilar. Yuqoridagi avtonomlik printsipidan kelib chiqqan holda, shuni aytish mumkinki, tashqi savdo bitimini tuzayotganda tomonlar qaysi qonunchilik asosida boshqarilib turishini ko‘rsatib o‘tmasalar, u holda quyidagi aniq manziliga ega bo‘lgan tomonlar faoliyat ko‘rsatib, ular mamlakatining qonuni asosida boshqarilib, tartibga solinib turiladi: Shartnomadagi majburiyatlar nuqtai nazaridan, shartnomaning shartlari ikkiga yani majburiy va qo‘shimcha shartlarga bo‘linadi. Shartnomaning majburiy shartlari – bu zaruriy shartlar bo‘lib, bitimni ijro etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va printsipial masalalarni mujassamlashtirgan va shartnomaning shartida albatta ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan shartlardir. Modomiki, ularning birortasi ifoda etilmasa, bitimni ijrosi qiyinlashadi, ayrim hollarda esa umuman bajarib bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda bu shunday baza, asoski, usiz shartnoma tashqi savdo shartnomasi deb hisoblanmaydi. Bu borada shuni nazarda to‘tish kerakki, normal tashqi savdo shartnomasi faqatgina majburiy shartlar bilangina chegaralanib olishi kerak emas. Unda shuningdek, ananaviy ravishda qo‘shimcha shartlar, bitimni bajarish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha nyu’anslar nazarda tutilib, bitimning bajarilishini maksimal ravishda engillashtiruvchi shartlar aks ettiriladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling