Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlovchi vosita sifatida qarzdorga mulkiy ta’sir o‘tkazishning qo‘shimcha choralarini ko‘rsatishi mumkin. Ular qarzdorni o‘z majburiyatlarini bajarishga undaydi hamda, qarzdor shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasa yoki zarur darajada bajarmasa, qarz beruvchi manfa’tlarini qoniqtiradi.
Qarz beruvchi – shartnomaning bir ishtirokchisidan (qarzdordan) majburiyatlar bajarilishini talab etish huquqiga ega shartnomaning boshqa ishtirokchisi.
Qarzdor – shartnomaning ishtirokchisi (qarz beruvchi) tomonidan talab etilgan majburiyatlarni bajarishi lozim bo‘lgan boshqa ishtirokchi.
Amaldagi qonunchilikda majburiyatlarni bajarishning to‘rtta usuli mavjud:
Jarima
Kafillik (kafolat)
Garovga qo‘yish
Bo‘nak
Neustoyka-ikki tomondan birining shartnomadagi biror majburiyatni vaqtida bajarmaganligi uchun olinadigan jarima.
Undan tashqari, xorijda majburiyatlarni bajarish uchun mulkka huquqni zaxiraga olib qo‘yish usulidan keng foydalaniladi. Majburiyatlar bajarilishini akkreditiv, sug‘urta bitimlar, valyutaga oid qo‘shimchalar kabi huquqiy shakllar ham ta’minlaydi. Huquq ularni majburiyatlarni bajartirish usullariga kiritmasa ham, ular shartnoma bajarilishi uchun katta ahamiyatga egadir.
Jarima. Bu - qonunda yoki shartnomada belgilab qo‘yilgan pul miqdoridir, qarzdor o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasa yoki zarur darajada bajara olmasa, jumladan, shartnoma shartlarini vaqtida bajarmasa, mazkur mablag‘ni muqobil tomonga to‘lashga majburdir. Jarima turlari sifatida penya va shtrafni ko‘rsatish mumkin.
Shtraf – qarzdor, oldindan belgilangan miqdorda yoxud qarz miqdori yoki bajarilishi lozim bo‘lgan butun predmetga (shartnoma bahosiga) nisbatan foiz ko‘rinishida, qarz beruvchiga to‘lash majburiyatini olgan, shartnomada belgilangan, ma’lum pul miqdoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |