O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Shartnomaning matnini rasmiylashtirish tartibi


Download 0.57 Mb.
bet15/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112

Shartnomaning matnini rasmiylashtirish tartibi


Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, agar shartnomaning barcha ahamiyatli shartlari bo‘yicha tomonlar bir to‘xtamga kelgan bo‘lsalar, shartnoma tuzilgan bo‘ladi. Shartnoma tuzilgan vaqt deb, kelishuvga belgilangan shakl berilgan vaqt hisoblanadi.
Shartnomalar bir necha usulda tuziladi, ulardan asosiylari quyida keltirilib, tahlil etilgan. Ammo, ixtiyoriy holda, shartnoma tuzish usuli ishtirokchilar ixtiyorida qoladi hamda aniq bir shartnomaning xususiyati va ixtisosiga bog‘liqdir.
Oldi-sotdi shartnomasi -tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydigan asosiy tijorat hujjati bo‘lib, unda savdo ayirboshlashiga doir harakatlar majmui bayon etiladi.
Shartnomaning amal qilish mexanizmi asosiga uning tarkibi, taraflarning o‘zaro majburiyatlari hajmi, to‘lov shartlari, yetkazib berishlarning bazis shartlari, sug‘urtalash shartlari, texnik shartlar, shartnoma pozitsiyalarini buzganlik uchun sanktsiyalar qo‘yilgan. Demak, tashqi savdo shartnomasining mexanizmi deb tashqi savdo bitimi tarkibiy unsurlarining majmui va ularning kontragentlar bilan kelishilgan yuridik meyorlarga muvofiq, hamkorligini hisoblash mumkin.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, shartnoma - bu ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama tuziladigan bitimdir. Doktorinada esa shartnoma deganda, tomonlarning o‘z huquqi va majburiyatlarini o‘rnatishi, o‘zgartirishi va tugatishi tushuniladi. Oldi- sotdi shartnomasida kamida 2 ta subyekt ishtirok etadi, aks holda, kelishuv
bo‘lmaydi. Xalqaro oldi-sotdi shartnomasi-bu shunday hujjatki, unda sotuvchi shartnomada ko‘rsatilgan tovarni ikkinchi tomonning mulkiga o‘tkazib berishi kerak. Ikkinchi tomon ham o‘z navbatida tovarni qabul qilib, uning pulini to‘lab berishi kerak.
Shartnomalar quyidagicha rasmiylashtirilishi mumkin:

  • muddatli shartnoma - tovarni qatiy belgilangan muddatda yetkazib berilishini nazarda tutadi va muddat buzilgan taqdirda xaridor shartnomani bekor qilishga haqlidir;

  • uzoq muddatli shartnoma - 3-5 yil va undan ko‘proq muddatga tuziladi;

  • mahsus shartnoma - loyixalash, montaj ishlari, texnik xizmat ko‘rsatish, sinovlar o‘tkazishga va xokazolarga tuziladi;

  • chegarali shartnoma - keyin aniqlashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy shartlarnigina o‘z ichiga oladi;

  • niyatlar shartnomasi - xaridorning tovarni qatiy majburiyatlarsiz xarid qilish niyatini belgilaydi.

Bayon etish shakliga ko‘ra oldi - sotdi shartnomalari yozma shaklda tuzilishi kerak. Lekin xalqaro amaliyotda ko‘pincha bitimlar og‘zaki shaklda, telefon orqali, auksionlar, birjalarda tuziladi. Biroq keyin og‘zaki kelishuv albatta yozma shartnoma bilan tasdiqlanib, ikkala taraf tomonidan imzolanadi. Shu paytdan boshlab taraflarning majburiyatlari ham paydo bo‘ladi.
Ko‘pincha xalqaro savdoda ikki tarafli shartnomalar uchraydi, shuning uchun uning tarkibi, tuzilishi, amal qilish jarayoniga zarur etibor berilishi kerak.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomalarining turli ko‘rinishlari mavjuddir:
Birlamchi yetkazib berish shartnomasi- bir vaqtning o‘zidagi kelishuv bo‘lib, shartnomada ko‘rsatilgan tovar miqdorini, belgilangan muddatdagi sanada yetkazib berishdir. Tovarni yetkazib berish belgilangan muddat ichida bir yoki bir necha marotaba amalga oshiriladi. Belgilangan majburiyatlar bajarilishi bilan shartnoma bekor qilinadi. Birlamchi shartnomalar qisqa muddatli va uzoq muddatli yetkazib berishli shartnomalari bo‘lishi mumkin.
Davriy yetkazib berishli shartnomalari- belgilangan miqdordagi tovarlar partiyasini shartnomada belgilangan muddatlar ichida muntazam (vaqti-vaqti bilan) ravishda yetkazib berib turishni nazarda tutuvchi shartnomalarga aytiladi. Bunday shartnomalar qisqa muddatli (odatda 1yil) va uzoq muddatli (5-10 yil, bazan undan ham ko‘proq) bo‘lishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan ikkala shartnomaning bajarilishi qisqa hamda uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Ularni bir-birlaridan ajratib turuvchi asosiy narsa, bu bitim tomonlarining o‘zaro munosabatlaridir. Komlektli uskunalarni yetkazib berishni ko‘zlovchi shartnomalarda, eksportyor va importyor orasidagi munosabatlar katta muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda tovarni yetkazib beruvchi komlektlarning to‘liq bo‘lishi va belgilangan muddat ichida yetkazib berilishiga hamda uning sifatiga to‘liq javobgar bo‘ladi.
To‘lov shartiga qarab shartnomalar yetkazilgan tovar uchun pul bilan hisob- kitob qilish shaklida va tovar bilan to‘liq yoki bo‘laklab hisob-kitob qilish ko‘rinishida bo‘ladi. Pul shaklidagi hisob-kitobda tomonlar bilan muvofiqlashtirilgan
valyutada, shartnomada belgilangan to‘lovni amalga oshirish (naqd pul, oldindan to‘lov, kredit) va hisob-kitob shaklini (akkreditiv, inkasso, veksel, chek) orqali bajariladi. Hozirgi kunda to‘lovlarni aralash ko‘rinishida amalga oshirish keng tarqaldi. Masalan, shartnoma qiymatining 30-50% oldindan to‘lovni amalga oshirish orqali bo‘lsa, qolgan qismi akkreditiv orqali to‘lov amalga oshiriladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan belgilardan tashqari, xalqaro oldi-sotdi shartnomasi o‘ziga xos bir spetsifik harakterga ham egadir. Bu tijorat harakteri bo‘lib, unda chet el elementi (chet el yuridik yoki jismoniy shaxsi)ning mavjudligidir. Ushbu shartnoma bo‘yicha sotuvchi molni (mulk, tovar) sotib oluvchi ixtiyoriga topshirishga majbur. Sotib oluvchi esa qabul qilib, uning pulini to‘lab berish majburiyatini oladi. Bunday ko‘rinishdagi shartnomalarni rus olimi Musin V.A. shunday ta’riflaydi: "Tashqi savdo oldi-sotdisi, avvalambor oldi-sotdining turli ko‘rinishi bo‘lib, bunda shunday majburiyat turadiki, tovarga egalik huquqini boshqa bir shaxsning mulkiga o‘tkazib berish tushunilsdi. Tashqi savdo oldi-sotdi shartnomasining predmeti bo‘lib, mulk hisoblanadi. Tashqi savdoning tarkibiga xususan, mashina va ehtiyot qismlar , temir rudasi va neft, gaz, xalq iste’moli mollari va boshqalar kiradi. Oxirgi yillarda xalqaro savdoda asosiy o‘rinni mashina, asbob uskuna va extiyot qismlarning komplekt holdagi savdosi egallamoqda. Bu borada shuni aytish darkorki, xalqaro savdo muxitida, turli mamlakatlar tovar va xom ashyo eksporti va importi ustidan turlicha nazorat o‘tkazadilar.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomasining tarkibiga kelsak, shuni aytish kerakki, xatlarning turli ko‘rinishlari bo‘lgani kabi shartnomalar ham bir necha yuz ming yillar mobaynida xalqaro tijorat amaliyotining takomillashib, rivojlanib borishi tufayli, hozirgi kunga kelib, ma’lum bir belgilangan ko‘rinishiga ega. Natijada tashqi savdo shartnomasi ma’lum bir darajada standart, unifikatsiyalashtirilgan ko‘rinishga ega bo‘lib, hozirgi kunda ham qo‘llanilib kelmoqda. Shu sababli shartnoma etarli darajada ananaviy va konservativ hujjat hisoblanadi va agarda uning shakli uzun yoki eskiroq bo‘lib ko‘rinsa, uni tuzatish yoki soddalashtirishga hojat yo‘qdir.
Tashqi savdo shartnomasining strukturasi, (har qanday yozma shartnoma kabi) ketma-ketlikda raqamlar bilan belgilangan shartnoma shartlarining joylashuvi bo‘lib, ularning har biri o‘z-o‘zidan aloxida bir tashqi savdo bitimining ijro etilishi bo‘yicha konkret savollarni boshqarib, tartibga solib turuvchi bo‘limlarni namayon etadi. Bunday bilimlar tashqi sado shartnomasida odatda 11 tadan 151 tagacha bo‘ladi. Klassik variantdagi tashqi savdo shartnomasining shartlari «umumiylikdan aloxidalikka» printsipi asosidagi ketma-ketlikda joylashtiriladi. Unda avval umumiy, boslang‘ich axborot va ma’lumotlar (nima, qancha, qaysi sifatda, narx, qaysi bazis shartlarda sotiladi) joylashtiriladi. Keyin esa, bitimni amalda qanday bajarilishiga javob beruvchi shartlar (tovarni topshirish, qabul qilish, to‘lov shartlari, transport shartlari, jarima va pretenziyalar, arbitraj, sud va shu kabilar) joylashtiriladi.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling