O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Shartnomaning qo‘shimcha va boshqa shartlari
Download 0.57 Mb.
|
Shartnomaning qo‘shimcha va boshqa shartlari. Shartnomaning qo‘shimcha shartlariga quyidagilar kiradi:
Tovarning sifati (shartnomaning predmetida ko‘rsatilgan tovarni rasshifrovka qiluvchi va detallashtiruvchi sifatlari) Tovarlarni yetkazib berish va qabul qilish; Transport shartlari; Sug‘urtalash; Yuklash hujjatlari; O‘rash va markirovkalash; Fors-major holatlar; Arbitraj; Boshqa shartlar. Fors-major holatlar (Yengib bo‘lmas kuchlar holati) shartnomalarda aniq aks ettirilishi lozim. Shartnomani bajarilishi mobaynida shunday holatlar yuz berishi mumkinki, ularni shartnomani tuzayotgan paytda oldindan bilib bo‘lmaydi, ular misli ko‘rilmagan vaqtda yuz berib, favqulotda namayon bo‘ladi. Bunday holatlar fors- major holatlar deb yuritiladi. Bunday holatlarga odatda yong‘inlar, suv toshqinlari, yer qimirlashi, epidemiya, avariya va boshqa shu kabilar kiradi. Bu holatlar yuz bergan vaqtda shartnomani shartlarini bajarilishi butunlay to‘xtatiladi va ushbu holatning tugashigacha yoki asoratlarining yo‘qotishgacha davom etishi mumkin. Turli ziddiyatlardan qochish maqsadida qanday holatlar fors-major holatlarga kirishini shartnomada sanab o‘tadilar. Shartnomada qaysi tomonda fors-major holati yuzaga kelgan bo‘lsa, shu tomon majburiyatlarni bajarishga imkon bo‘lmayotgani haqida belgilangan muddat (odatda 3-5 kun) ichida xabardor qilishi kerakligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek xalqaro savdo palatadarida qabul qilingan, ushbu holat yuz berganini tasdiqlovchi hujjatni ikkinchi tomonga taqdim etishi zarur. Bunday holatlar juda uzoq muddat cho‘zilishi ham mumkinligi sababli, kontragentlar bunday holatlar yuz bergan taqdirda, ma’lum bir muddatdan keyin shartnomani bekor qilishlari mumkinligi haqida ham o‘zaro kelishishlari zarur. Lekin bu borada ular bir- birlaridan hech qanday tovon to‘lashni yoki yetkazilgan zararlarni talab qilmasliklari kerakligi ham aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Chunki, ayrim vaqtda, importyorlar eksportyorning mamlakatida fors-major holatlar yuz berganda, oldindan to‘lagan tolovlarini qaytarib berishni talab qiladilar. Bunday zaruriy va qo‘shimcha shartlarga bo‘lishdan asosiy maqsad, agar bir tomon zaruriy shartlarning birortasini bajarmasa, u holda ikkinchi tomon shartnomani bekor qilib, birinchi tomondan yetkazilgan zararlarni qoplab berishini talab qilishi mumkin. Albatta, shartnomada ishtirok etayotgan tomonlar yuqorida qayd etilgan bo‘limlardan tashqari, yana boshqa qo‘shimcha bo‘limlarni qo‘shishlari mumkin. Shartnomaning mazmunini unda qo‘yilgan shartlar tashkil etadi va bu shartlar oldindan sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan taxminiy kelishiladi. Shartnomaning boshqa shartlari. Shartnomada ko‘rsatilgan asosiy shartlardan tashqari tomonlar o‘zlarining xoxishlari va roziliklariga qarab, boshqa qo‘shimcha shartlarni ham kiritishlari mumkin. Masalan, bunda tovarning sinov jarayoniga, unga bo‘lgan texnik hujjatlarni rasmiylashtirish tartibiga doir shartlar, tomonlarning roziligisiz, huquq va majburiyatlarning uchinchi tomonga o‘tishi mumkin emasligi, shartnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish tartibiga doir, tomonlarning yuridik adreslari va shu kabi shartlarni kiritilishini misol qilib olishimiz mumkin. Bazi qurilish va montaj ishlariga doir shartnomalar uchun huquq va majburiyatlar shartnomaning ichida yoki unga spetsifikatsiya tuzilib aks ettirilishi mumkin. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling