O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Ikkinchi qoida - mo‘ljallangan shartnoma loyihasini
Download 0.57 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi qoida – shartnomani huquqshunosingiz ko‘rib, ijobiy javob bermasidan avval imzolamang.
- Shartnomaning tuzilishi va uning asosiy shartlari
Ikkinchi qoida - mo‘ljallangan shartnoma loyihasini o‘zingiz tayyorlang, uni kontragentga ishonmang, shartnomaning “egasi” bo‘ling. Bu holda, shartnomada o‘z manfa’tingizni maksimal darajada aks ettirasiz hamda kontragent tomonidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki kerakli darajada bajarmasligini shartnomaga tegishli shartlar kiritish yo‘li bilan himoyalagan bo‘lasiz. Aks holda, agar shartnoma “egasi” kontragent bo‘lib qolsa, siz o‘z talablaringizni shartnomaning mavjud shartlariga moslashtirishingizga to‘g‘ri keladi. Bu sizning manfa’tingizni qog‘ozda bayon etilishini ancha qiyinlashtiradi.
Uchinchi qoida – shartnomani huquqshunosingiz ko‘rib, ijobiy javob bermasidan avval imzolamang.Bu, har bir tadbirkor bilishi kerak bo‘lgan, eng muhim qoidalardan biridir. O‘zining ahamiyati bo‘yicha bu qoida “biznesmenning oltin qoidasi” bo‘lishi lozim. Shartnomaning tuzilishi va uning asosiy shartlariShartnoma loyihasini tuzish jarayonida savdo operatsiyasini bosqichlarga bo‘lib chiqiladi. Ularning davomiyligi shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab to shartnoma ishtirokchilari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajargunga qadar ularni amalga oshirish tartibi beligilanadi. Kim, nimani, qayerda va qachon amalga oshirishi detallashtiriladi. Bunda zarur yordamni huquqshunosingiz yoki ushbu sohada ixtisoslashgan biror bir konsalting firmasi berishi mumkin. Shartnoma huquqiy hujjat bo‘lgani bois huquqiy oqibatga ega. Binobarin huquqshunos, o‘z ixtisosiga ko‘ra, bu borada bazi “nozik” tomonlarni biladi va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishdir. Huquqshunosingiz u yoki bu shartning huquqiy oqibatini tushuntirib beradi, biror bir moddaning bandini tarifini taklif etadi va h.k. Odatda, huquqshunos maslahatlari qonunchilikni buzishdan hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziyondan himoya qiladi, umuman bankrotlikni oldini oladi. Shartnoma loyihasini kelishgan holda tuzish unga huquqiy jihat beradi, boshqa so‘z bilan aytganda, shartnoma huquqiy jihatdan savodli tuziladi. Unda jumlalarning turli izohlanishi va har xil tushunmovchiliklarni maksimal darajada oldi olinadi. Ta’kidlash joizki, shartnomani huquqiy jihatdan savodli tuzish ishtirokchilar tomonidan shartnomaviy majburiyatlarni talab etilgan darajada bajarmasligidan va turli xil tavakkalchilikdan himoya qiladi. Undan tashqari, shartnoma tuzishning eng asosiy talabi – bu shartlarning xalqaro savdo qoidalari va davlatning amaldagi qonun hujjatlari talablariga mos kelishidir. Avval shartnomalar tuzish uchun namunali shartnomalar ishlatilgan. Bir tomondan, bu shartnoma tuzish jarayonini osonlashtiradi. Boshqa tomondan, ma’lumki, universal shartnoma mavjud emas. Bu turli xil tushunmovchiliklar, chiqimlar, yuzaga kelgan nizolar tufayli munosabatlar uzilishiga olib keladi. Har bir alohida olingan holat, tomonlar savdo munosabatlarini qanchalik ko‘p vaqtdan beri olib borishi yoki ular bir birlarini qanchalik yaxshi bilishiga bog‘liq bo‘lmagan ravishda alohida yondashuvni talab etadi, namunaviy shakl hech qachon mutaxassis kadr o‘rnini bosa olmaydi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling