O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Xalqaro shartnomalarning asosiy turlari
Download 0.57 Mb.
|
Xalqaro shartnomalarning asosiy turlariFuqarolik huquqiy shartnomalari asosan mulkiy munosabatlarni rasmiylashtirish uchun tuziladi. Сhunonchi, nashriyot shartnomasi, sahna asari, kinosstenariylar va boshqa shartnomalar uchun xarakterlidir. Bunday shartnomalar taraflarning mulkiy huquqlari va burchlarigina, chunonchi, mualliflik xaqi to‘g‘risidagi shartlarni, muddatlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilamay, balki nomulkiy huquqlarni ham ko‘rsatadi. Masalan, muallif o‘z asarining nomini ko‘rsatib yoki anonim tarzda chiqarishi, asari matniga o‘zgartirish kiritishga ruxsat berish-bermaslik singari nomulkiy huquqlarni ham belgilaydi. Xalqaro shartnomalarning asosiy turlari: Oldi-sotdi shartnomasi; Mol-mulk yollash shartnomasi; Litsenziya beruvchi-huquqlaridan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi; Saqlash shartnomasi; Komissiya shartnomasi; Yuk tashish shartnomasi; Topshiriq shartnomasi; Transport ekspedistiyasi shartnomasi; Sug‘urta shartnomasi; Kredit shartnomasi; 5 Lukashuk I.I., Saidov A.X. Hozirigi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari: Darslik. – Toshkent: «Adolat», 2006. – 154-b. Sovg‘a shartnomasi; Topshiriq berish shartnomasi; Fuqarolik huquqi bo‘yicha shartnomalar shartnomada ishtirok etayotgan taraflar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarning o‘zaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama va ikki tomonlamaga bo‘linadi. Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning biriga faqat huquq berilib, ikkinchi tarafga esa, faqat majburiyat belgilanadi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul summasini talab qilish huquqiga ega. Ikki tomonlama shartnomada esa xar ikki taraf ham huquq va majburiyatga ega bo‘ladi. Bunday shartnomaga olidi-sotdi shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma bo‘yicha sotuvchi sotilgan ashyoning bahosini talab qilish huquqiga ega bo‘lib, sotilgan ashyoni oluvchiga topshirishga majbur. Oluvchi esa – olayotgan ashyoning bahosini to‘lashi zarur bo‘lib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli. Xalqaro shartnomalar yana quyidagi turlarga bo‘linadi: Umumiy ko‘rinishdagi shartnomalar- ukki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni o‘rnatishda qo‘llaniladigan shartnomalar. Maxsus shartnomalar- bir necha davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishda qo‘llaniladigan: savdo shartnomalari; soliq shartnomalari; v)investitsiyalarni himoyalash to‘g‘risidagi – kapital qo‘yilmalar va sug‘urtalashga doir shartnomalari. K. Smittgoff tashqi savdo bitimlarini shartli ravishda 2 ta guruhga bo‘ladi: «Xalqaro oldi-sotdi kelishuviga asoslangan bitimlar predmeti xorijda xizmat ko‘rsatish bitimlari deyiladi. Masalan, boshqa mamlakatlarda obyektlarni qurish va boshqalar». Тashqi-iqtisodiy, tashqi-savdo bitimlarini o‘rganishga o‘tishdan oldin, ularning o‘zi nima ekanligini belgilab olish kerak. Bu yerda turli xil nuqtai nazarlar mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasiqonunchiligiga asosan, bu teng huquqli harakat hisoblanadi. Qonunga ko‘ra bitim deb yuridik va jismoniy shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish va bekor qilishga yo‘naltirilgan harakati tan olinadi. Bitimlar bir tomonlama, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bo‘ladi. «Shunday bo‘lsada, tashqi savdo bitimlariga haqiqiy tushunchani qonunchilik bermaydi». Turli olimlar tashqi savdo bitimlariga turlicha yondashadilar. Bunda ko‘proq «xorijiy element» (ya’ni chet el yuridik va jismoniy shaxslar) va tijorat (savdo) harakteri nazarda tutiladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling