O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Tashqi iqtisodiy bitimlar tushunchasi, mazmuni va belgilari
Download 0.57 Mb.
|
Tashqi iqtisodiy bitimlar tushunchasi, mazmuni va belgilariTashqi iqtisodiy kelishuvlarning huquqiy mexanizmi yaxshi ishlab chiqilganiga qaramay, ma’lum darajada murakkabdir. Uning murakkabligi, shartnomalarga sifatli tadbiq etishda qarshilik qilayotgan kollizion normalarning ko‘pligi bilan ifodalanadi. Bunday kollizion normalarning ko‘pligiga asosiy sabab, mamlakatlarda qonunlar bajarilishining turli xilligidir. Bu muammo o‘z yyechimini yaqin kelajakda topmasligi tahmin qilinmoqda. Shuning uchun ham hozirgi kunda bu masalani o‘rganishga bo‘lgan zaruriyat o‘z mazmuniga egadir. Bu yerda gap tashqi savdo shartnomalarini tuzish, rasmiylashtirish va uning ijrosi haqida ketmoqda. Tashqi savdo shartnomalarini puxta tuzilishi va bajarilishi uchun, unda ishtirok etayotgan tomonlar quyidagi savollarni e’tiborga olishlari darkor: Kelishuv nima, uning ko‘rinishlari, shakllari va bajarish shartlari; Tashqi savdo kelishuvlari nimalarni o‘zida aks ettiradi, uning ko‘rinishlari va tarkibi; Tortishuvni muhokama etish tartibi, tan olish mexanizmi va arbitraj qarorlarining bajarilishi. Tashqi iqtisodiy shartnomalardagi tomonlar orasida yuzaga keladigan tortishuvlarni yyechimini topishda arbitraj amaliyoti va joriy etilgan qonunchilik mavjuddir. Xalqaro shartnomalarni tayyorlashda statistika, ilmiy va so‘rov usullari qo‘llanilishi mumkin. Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilishicha, shartnoma- bu ikki yoki undan ortiq shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish va tugatish to‘g‘risidagi kelishuvdir. Ko‘rsatilgan ifoda aynan shartnoma bitimini nazarda tutadi. Bitim- bu eng keng tarqalgan huquqiy dalillarning ko‘rinishlaridan biridir. Fuqarolik kodeksida bitimga shunday talqin beriladi: Bitim- bu fuqaro va yuridik қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.7-8. shaxslarning harakati bo‘lib, ular fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish va tugatishga yo‘naltirilgandir. Shunday qilib bitimni quyidagi belgilar tavsiflaydi: Bitim-bu insonlarning harakatidir. Bitim-bu huquqiy harakatlar. v) Bitim fuqarolarning huquqiy munosabatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish va tugatishga yo‘naltirilgandir. g) Bitim- bu fuqarolarning huquqiy munosabatlarini yuzaga keltiradi. Нissiy harakatlar bitimga ham xos bo‘lgan ruhiy holatdir.Bunda shaxslarga huquq va majburiyatlarni amalga oshirish kabi xoxish va maqsadlarni ko‘rsatadi. Bunday xoxish ichki iroda deb ataladi. Biroq ichki irodaning o‘zi kamlik qiladi. Xalqaro bitimlar va kelishuvlarlar fani tashqi iqtisodiy faoliyatda shartnomalarni tuzish, undagi shartlarni bajarish, sud amaliyotiga doir qonunchilik va yuzaga kelayotgan kamchiliklarni ham yoritadi. Shuningdek, tijorat tashkilotlarining tashqi savdo shartnomasini tuzishga bo‘lgan qiziqishini chorlaydigan savollarni ham ko‘rib chiqadi. Xalqaro bitimlar va kelishuvlar fanining normativ asosini BMTning «tovarlarning xalqaro oldi-sotdisida shartnomalar» nomli Konvensiyasi (Vena 1980- y), «Xalqaro savdoda qo‘llaniladigan huquqi» Konvensiyasi (Gaaga, 15- iyun 1955- y), «Xalqaro Arbitraj» kabi qonunchilik va boshqa normativ aktlar tashkil etadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling