O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Muzokaralardagi delegastiyalar


Download 0.57 Mb.
bet29/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112

Muzokaralardagi delegastiyalar


Korxona vakillarining suhbati amaliyotdagi eng qiyin va murakkab, eng muhim va mas’uliyatli, eng qiziqarli va foydali tadbir hisoblanadi.
Korxona vakillari suhbat olib borish sirlarini bilmasa, shu bilan birga o‘zi turgan mamlakatda o‘zaro foydali hamkorlik aloqalarini olib bormaydigan xodimning o‘zini to‘laqonli korxonaning vakil shaxsi deb hisoblashga ma’naviy huquqi yo‘qdir. Ko‘p hollarda tayyorlanadigan hujjat shaxsiy suhbatlar, uchrashuvlar, baxslar natijasidan iborat bo‘lishi mumkin. Mazkur hujjat korxona faoliyatini faol tomonlarini qayd etadi va umumlashtiradi.
Korxona vakillari suhbatlarining aniq vazifalari korxonaning tashqi siyosiy programmasi, milliy manfa’tlari va xorijiy korxona bilan o‘zaro munosabatlari xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Korxona vakillari suhbati quyidagi maqsad va yo‘nalishlarga ega:

  • o‘zi turgan hamkor mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo, madaniy va ilmiy munosabatlarni rivojlantirish;

  • o‘z korxonasiining tashqi siyosatini bayon qilish;

  • o‘zi turgan mamlakat bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga intilish;

  • barcha qiziqtirgan masalalar bo‘yicha o‘zi turgan mamlakatning pozitsiyalarini aniqlash;

  • o‘zi turgan mamlakatning tashqi va ichki siyosati, unda ro‘y berayotgan siyosiy, iqtisodiy va boshqa jarayonlarni chuqur o‘rganish, korxona va jamoat arboblari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • o‘zi turgan mamlakat bilan o‘z korxonasi o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar va takliflar haqida markazni doimo xabardor qilib turish.

Muzokaralarning xalqaro-huquqiy asosi sifatida umumtan olingan prinsiplarni ko‘rsatish mumkin. Chunki, ko‘pchilik davlatlarning asosiy qonunlari mazkur prinsiplarga tayanadi.
Muzokaralar institutini tartibga soladigan alohida Konvensiya mavjud emas. Faqat 1999- yil 20- yanvardagi BMT Bosh Assambleyasining “Xalqaro muzokaralarni olib borish prinsiplari va qoidalari” nomli rezolyutsiyasi katta ahamiyatga ega.
Muzokaralar yuridik ahamiyatidan ko‘ra ko‘proq siyosiy ahamiyatga ega.
Muzokaralar og‘zaki va yozma shakllarda bo‘ladi.
Muzokara jarayonida konferensiya ishtirokchilari, ya’ni kimlar ishtirok etishi masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda delegatsiya vakolati davlat boshlig‘i, hukumat boshlig‘i yoki tashqi ishlar organiga berilishi nazarda tutilmoqda. Delegatsiya jo‘natayotgan davlat uning tarkibini belgilab beradi.
Konferensiya mansabdor shaxslari uning raisi, rais o‘rinbosari, konferensiya qo‘mitalarining har birining ma’ruzachisi, tahririyat qo‘mitasi raisi kabi mansabdor shaxslardan iborat bo‘ladi. Ularni saylash yoki tayinlashda umumiy geografik
adolat tamoyiliga rioya qilinishi lozim.
Konferensiyaning asosiy organlari plenum, bosh qo‘mita, tahrir qo‘mitasi, vakolatlarni tekshiruvchi qo‘mita, asosiy qo‘mitalar, yordamchi organlar, kotibiyatdan iborat bo‘ladi.
Korxonalar o‘rtasidagi aloqalar haqidagi 1961 yilgi Vena Konvensiyasining 3- moddasiga muvofiq vakolatxonalarning bu xususdagi vazifasi quyidagilar:

  1. o‘zi turgan mamlakatda akkreditastiya qilingan korxonaning vakilining mavjud bo‘lishi;

  2. o‘zi turgan mamlakatda akkreditatsiya qilingan korxona va uning fuqarolari manfa’tlarini xalqaro huquq doirasida himoya qilish;

s) o‘zi turgan mamlakat bilan muzokaralar olib borish;

  1. barcha qonuniy vositalar bilan o‘zi turgan mamlakatdagi sharoit va voqealarni aniqlash hamda ular haqida o‘z hukumatini xabardor qilish;

  2. ikki korxona o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rag‘batlantirish.




    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling