O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet31/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili O‘zbekiston Respublikasining
davlat tili va boshqa ahdlashuvchi tomon tili hisoblanadi.
Boshqa ahdlashuvchi tomon bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili sifatida boshqa til tanlanishi mumkin. Xalqaro shartnoma matni tuzilgan til mazkur shartnomada ko‘rsatiladi va uning matnining autentikligi va rasmiyligi belgilanadi9.
Shartnomalar tili muammosi mavjud amaliy ma’noga ega10. Har bir til
tegishli huquqiy tizimning o‘ziga xosligini tasvirlaydi. Huquqiy tizimlarning o‘ziga xosliklaridan kelib chiqib, shartnomada ishlatilgan
tushuncha yoki termin turli tarzda tushunilishi mumkin.
Masalan, ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlarda turli xildagi majburiyatlarni bildiruvchi 2 ta atama mavjud:
y oki

Ikki tomonlama shartnomalar ikkala taraf tilida tuziladi. Ikkala matn ham teng kuchga, aniqlikka, ishonchlikka ega. Tillar o‘rtasida nomutanosiblik kelib chiqqan vaziyatlarda shartnoma uchta tilda tuziladi. Barcha matnlar autent (asliga muvofiq) hisoblanadi, biroq nomutanosiblik holatida uchinchi til ustunlikka ega bo‘ladi.


Masalan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi shartnomalar o‘zbek, qozoq va rus tillarida tuziladi. Barcha matnlar autent hisoblanadi. Nomutanosiblik holatlarda ustunlik rus tiliga beriladi.
Ko‘ptomonlama shartnomalarda bir necha tillarda tuziladi. BMT tashabbusi bilan qabul qilinadigan universal konvensiyalar 6 ta rasmiy tilda – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuziladi.
Matnlarning autentliligi ularning shartnoma tarkibini teng ravishda aks ettirishini bildiradi. Shuning uchun Vena Konvensiyasiga muvofiq, nomutanosiblik holatida “shartnoma obyekti va maqsadini hisobga olgan holda, bu matnlar eng qulay kelisha oladigan ma’no e’tiborga olinadi” (4-band, 33- modda).
Har xil tilli matnlar bilan bog‘liq barcha qiyinchiliklarga qaramay, xalqaro huquqshunoslikning doimiyligi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tushuncha va normalaridan iborat yagona tilni shakllanishi jarayonini uyg‘otib turadi. Bu jarayon nafaqat xalqaro huquq uchun balki tobora xalqaro huquq bilan o‘zaro faol harakat olib borayotgan ichki huquq uchun ham katta ahamiyatga ega.
Vena konvensiyalarida mazkur masalaga alohida modda bag‘ishlangan bo‘lib, bu vazifa nafaqat murakkabligi bilan, balki amaliy ahamiyatga ham egaligi bilan ajralib turadi. Turli tildagi matnlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar nafaqat xalqaro huquq amaliyotida, balki davlatlaring ichki huquqi amaliyotida ham doimiy ravishda yuzaga kelib turadi.
“Rasmiy matn” deganda aynan “rasmiy tarjima” atamasini tushunish maqsadga muvofiq. Bu tushunchalar autentliligi belgilangan shartnomalarning


9 http://lex.uz, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami
10 Лукашук И.И. Язык международных договоров//РЕМП. 1992. СПб., 1994. – C.22.
boshqa tillarga tarjima qilinganligini anglatadi. Bunday tarjimalarni Vena konvensiyalariga muvofiq davlatlar, xalqaro tashkilotlar yoki depozitariylar amalga oshirishi mumkin. (1969- yildagi Vena Konvensiyasining 77-moddasi).
Masalan, 1949- yilda tuzilgan Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva Konvensiyasida: “Mazkur konvensiya ingliz va fransuz tillarida tuzilgan. Har ikkala matnlar ham bir-biriga autent hisoblanadi. Shvetsariya Federal Kengashi rus va ispan tillaridagi rasmiy tarjimalarni ta’minlab beradi…” deb bayon etilgan.
Ishtirokchi davlatlarning o‘z tillariga qilgan tarjimalari ham rasmiy matn deb nomlanishi mumkin. Rasmiy matnning maqomi davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga soladi. Istisnoli holatlar shartnoma matnining asli va uning tarjimasi o‘rtasida farqlar yuzaga kelgan taqdirda qayd etiladi. Davlat rasmiy matnni ratifikatsiya qiladi va bu matn uning barcha idoralar uchun majburiy hisoblanadi. Bu holat asl matnni inkor etishni anglatmaydi.
Korxona vakillarining suhbati davomida mutaxassis sifatida keng dunyo qarash, aql-idrok, tashqi siyosat bo‘yicha malaka, siyosiy va kasbiy bilim, tayyorgarlik va keng mushoxadada o‘z aksini topadi.
Korxona vakillari suhbati shu sohadagi faoliyatining yuksak cho‘qqisi hisoblanadi. Bu suhbat yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalanilmagan holda dialog tarzida tashkil qilinadi. Shuning uchun korxona vakili xotirasida behisob dalillar saqlanishi lozim. U quyidagilarni albatta bilishi lozim:
asosiy xalqaro shartnomalar;
o‘zi turgan mamlakat bilan munosabatlarining huquqiy asosi; xalqaro munosabatlar, xalqaro huquq, huquq tarixi;
j ahon tarixining asosiy momentlari, o‘z mamlakati tarixi, jahon san’ati tarixi va o‘zi turgan mamlakatning tarixi;
o‘z mamlakati va o‘zi turgan mamlakat madaniyati va san’atining hozirgi axvoli.
Mazkur sohalardagi bilimlarsiz siyosiy arboblar, korxona vakililari, madaniyat arboblari va olimlar bilan munosabatlar o‘rnatish imkoni yo‘q.
Korxona vakili tashqi ishlar vazirligi yoki boshqa idoraga chaqirilganda, keng tarqalgan amaliyotga ko‘ra, taklifdan kuzatilgan maqsad xabar qilinmaganda bo‘lajak suhbat haqida so‘rash o‘rinsiz hisoblanadi. Ana shunday holatlarda juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rish lozim bo‘ladi.
Xulosa sifatida aytish joizki, umumiy “yuridik til”ni topish orqali xalqaro- huquqiy terminalogiyani bir xilda tushunish muammosi, xalqaro huquqning funksiyalanishi kabi davlatning ichki huquq va qonunlari bilan o‘zaro harakatlanishida ham tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Sekin-astalik bilan huquqiy tizimlarning boyib borishi va bir-biriga yaqinlashishi kuzatilmoqda. Xalqaro amaliyotda atamalardan foydalanishda tendensiya mavjud. Bu ortiqcha sayi-harakatlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turlicha talqin qilishlarni kamaytiradi. Bu yo‘ldagi barcha qiyinchiliklarga qaramay sezilarli natijalarga erishildi.

    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling