O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Vena Konvensiyasining amal qilish sohasi


Download 0.57 Mb.
bet37/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112

Vena Konvensiyasining amal qilish sohasi


Konvensiyaning 91-moddasiga muvofiq, uni imzolagan davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi kerak. Shunday qilib, ishtirokchi-davlat Konvensiya majburiyligiga rozilik berishi ratifikatsiyadan farqli shaklda ham bo‘lishi mumkinkiligi nazarda tutilgan. Har holda, Konvensiyaning yakuniy bandlaridan ko‘rinib turibdiki, uning tuzuvchilari mazkur hujjatni faqatgina ratifikatsiya qilish kerak degan fikrdan yiroq edilar. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi FK ga muvofiq faqatgina ratifikatsiya federal qonun shaklida amalga oshirilishi lozim (17-modda), shartnomani qabul qilish yoki tasdiqlash esa, mazkur shartnomani qabul qilish qaysi idora zimmasida bo‘lishiga qarab federal qonun shaklida ham, O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti, O‘zbekiston RespublikasiHukumati, ijro xokimiyatining federal idoralari aktlari shaklida ham (6-moddaning 2-bandi, 20-modda) amalga oshirilishi mumkin.
Shunday qilib, tomonlar munosabatlari MDH tasir doirasiga ham, 1980 yildagi mahsulotlarni xalqaro savdo-sotiq shartnomalari haqidagi Vena Konvensiyasi tasir doirasiga ham tushib qolsa, birinchi navbatda MDH bandlari bajarilishi lozim, Konvensiya esa subsidiar (yordamchi) holatda ishlatiladi.
Xalqaro shartnomalardan foydalanilganda hakamlar va munosabat ishtirokchilari ularni izohlash zaruriyatiga duch keladilar. Bunda izohning, xalqaro huquqda, avvalambor, 1969-yildagi xalqaro shartnomalar haqidagi Vena Konvensiyasida nazarda tutilgan vositalari ishlatilishi zarur (31-33-modda). Izohlashning asosiy vositalari - bu bevosita shartnomaning matni (jumladan, so‘z boshi, ilovalar hamda shartnomaga ta’luqli ixtiyoriy bitimlar va hujjatlar). Shartnomaga izohning yoki uning bandlaridan foydalanishga doir ishtirokchilar o‘rtasidagi keyingi ixtiyoriy kelishuv, “Xalqaro huquqning ixtiyoriy mos meyorlari”dir. Tomonlarning rejalarini aniqlashtirish uchun izohlashning qo‘shimcha vositalariga, jumladan shartnoma tuzishda ishlatilgan tayyorlov hujjatlari va vaziyatlariga murojat etish mumkin.
Fuqaro-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi aksariyat shartnomalar o‘z ichiga izohlashga oid qoidalarni oladi. Masalan, 1980 yildagi mahsulotlarni xalqaro savdo-sotig‘i shartnomalari haqidagi Vena Konvensiyasi 7-moddasining 1 bandida takidlanishicha: “Mazkur Konvensiyani izohlashda xalqaro xususiyatlarni hamda undan foydalanishda umumiylikka erishish borasida ko‘maklashish zaruriyatini hisobga olish lozimdir”. 1988- yilda qabul qilingan xalqaro moliyaviy lizing haqidagi Konvensiyaning 6-moddasida, 1988- yildagi xalqaro o‘tkazish veksellari va oddiy veksellar haqidagi Konvensiyaning 4-moddasida ham aynan shunday bandlar mavjud.
Ko‘p tildagi shartnomalarni izohlashda va ulardan foydalanishda ham ma’lum muammolar yuzaga keladi. Bunda quyidagi qoidalarga: shartnomalarni turli tildagi matnlarini maksimal darajada ishlatish qoidasi, turli tildagi matnlarda aks etgan umumiy manoni o‘rnatish qoidasiga amal qilish lozim. Masalan, 1980 yildagi mahsulotlarni xalqaro savdo-sotig‘i haqidagi shartnomalari Vena Konvensiyasining 1-moddasida keltirilgan “tomonlarning tijorat korxonasi” degan iboraning oddiy ma’nosini sof ingliz tilidagi mazmuniga muxrojat etmasdan anglash oson emas. Mazkur tushunchani izohlash natijasida gap xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida namayon bo‘layotgan korxona haqida yoki fuqarolik huquqlari obektlari haqida emas, balki ish operatsiyalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan doimiy joy haqida borayotganini anglash mumkin.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling