O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.57 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Veksel
- Shartnomaning
Ochiq hisob raqami bo‘yicha kredit. Kontraktda kredit shartlari aniqlab olinadi
asosiy qarz miqdori, foizlar, to‘lovning umumiy miqdori, qarz to‘lash muddatlari va to‘lovlar jadvali. To‘lov muddati kelganidan keyin xorijiy xaridor banki, eksport qiluchi tomonidan hech qanday qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilmasa ham, majburiyat miqdorini va foizlarni qarz beruvchi bankiga o‘tkazadi. Veksel krediti. Majburiyat tezkor tratta (o‘tkazma veksel) bilan rasmiylashtiriladi. Eksport qiluvchi tovarni tushirib bo‘lgandan so‘ng import qiluvchi hisobiga tezkor tratta yozib beradi hamda uni tovar-talab hujjatlar bilan birga o‘zining bankiga topshiradi. Import qiluvchi hujjatlarni o‘z bankidan faqat trattani imzolaganidan keyin oladi. Bir yilgacha bo‘lgan muddatga berilgan veksellar import qiluvchi bankida qoladi, bir yildan ko‘proq muddatga berilgan veksellar eksport qiluvchi bankiga topshiriladi. Jahon iqtisodiyotidagi noqulay tamoyillar yoki aloxida olingan mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi to‘lov bajarilmasligi taxlikasini, iqtisodiy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aloxida mamlakatlar tomonidan kamsitish (diskriminastion) choralar – embargo, qarzlarni to‘lashga taqiq va boshqa choralar kiritilishi extimoli mavjud, yani siyosiy taxlikalar yuzaga keladi. Iqtisodiy va siyosiy taxlikalarni kamaytirish maqsadida ularni sug‘urta qilish hamda shartnomalarning moliyaviy shartlarida nazarda tutilishi lozim. Shartnomaning moliyaviy shartlari quyidagilarni ta’minlab beradi: - eksport qiluvchidan valyuta foydasining tezroq kelib tushishini; - hisob-kitob bo‘yicha xarajatlarning kamayishini; -tovarlarni import qilishda kontragent majburiyatlarini ani bajarishi; -valyuta mablag‘larining aylanishini tezlashtirishi; -xorijiy hamkorga asossiz tarzda kredit ajratishni. Tashqi savdoda hisob-kitobning quyidagi shakllari ishlatiladi (eksport qiluvchi uchun foyda darajasi kamayib borishi tarzida): 100% foizli avans, akkreditiv, inkasso, ochiq hisob raqami. Asosan inkasso va akkreditiv shakl ishlatiladi. Ularning ustunligi shundaki, eksport qiluvchi foyda oladi, import qiluvchi esa to‘lovni faqat tovar tushirib bo‘linganidan keyin amalga oshiradi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling