O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Javobgarlik haqidagi umumiy qoidalar


Download 0.57 Mb.
bet41/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112

Javobgarlik haqidagi umumiy qoidalar


Davlat ichida amalga oshiriladigan aksariyat savdo-sotiq bitimlardan o‘zaro, tovarlar mamlakat tashqarisiga sotilganda sotuvchi – eksport qiluvchi va xaridor- import qiluvchi avval birgalikda ish qilmagan yoki bir birlari haqida, o‘zganing milliy huquqiy tizimi to‘g‘risida hech nima bilmagan bo‘lishlari mumkin. Sotuvchi uchun quyidagilar noma’lum bo‘ladi:

  1. Xaridorning kredit to‘lash imkoniyati mavjudmi yoki ishonsa bo‘ladimi;

  2. Xaridor hamkasabalaridan olingan axborot ishonchlimi;

  3. Valyutani nazorat qilish to‘lovlarni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydimi (ayniqsa, ular qatiy valyutada bo‘lsa);

  4. Agar to‘lovlarni xaridor valyutasida to‘lashga ruxsat berilsa, buning xatari qay darajada

  5. Xaridordan to‘siqsiz to‘lovlar olinganda qanday kechikishlar yuz berishi mumkin.

Boshqa tomondan, xaridor uchun ham quyidagilar noma’lum bo‘ladi:

  1. To‘lovlar oldindan to‘langanda sotuvchi tovarlarni yetkazib beradimi;

  2. Yetkazib berilgan tovarlar miqdori va sifati shartnomadagi kelishuvlarga mos keladimi

  3. Mos yuk tashuvchi tovarlarni tegishli sug‘urtalash bilan yetkazib beradimi;

  4. Tovarlarni tashish jarayonida ziyon yyetkazilmaydimi

  5. Xaridor tovarlarni bojxonadan olishi uchun sotuvchi tovar haqida to‘liq hujjatlarni taqdim etadimi?

  6. Sotuvchi, eksport nazorati va import tovarlarining bojxona narxiga muvofiq etarlicha hujjatlarni taqdim etaqdimi (masalan, tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakat sertifikatlari, tibbiy va boshqa turdagi sertifikatlar)

  7. Xaridor-import qiluvchi turgan joyda tovarni qabul qilishda yoki undan foydalanishda qanday kechikishlar bo‘lishini bilmaydi.

Agar tomonlar bir biri bilan tanish bo‘lmasa, bu xatarlar juda jiddiy, balki
ularni bartaraf etish mumkin bo‘lmasligi mumkin. Sotuvchi va xaridor turli joyda bo‘lganlari bois, ular bir vaqtda uchinchi tomon ishtirokisiz tovarni pulga almashtira olmaydi. Akkreditivdan foydalanib, hujjatlashtirilgan savdo-sotiq bitimini tuzish, mazkur yirik xatarlarni uchinchi tomonlarga qanday yuklash mumkinligini namoyish qiladi, chunki uchinchi tomon maxsus bilimlarga ega va bunday xatarlarni kamaytirishi mumkin.
Vositachi sifatida jalb etilayotgan uchinchi tomon – bu banklar ( xaridor mamlakatida kamida bitta va ikkinchisi sotuvchi mamlakatida bo‘ladi) va kamida bitta yuk tashuvchidir. Shunday qilib, ishtirok etuvchi tomonlar bu:

  1. Xaridor, u mijoz deb ham ataladi;

  2. Xaridorning banki;

  3. Sotuvchi;

  4. Sotuvchi mamlakatida bo‘linmasi mavjud bank (keyinckalik, sotuvchi banki deb nomlanadi);

  5. Kamida bitta yuk tashuvchi. Birgalikda bu tomonlar, aniqlash qiyin bo‘lgan, anchagina xatarlarni o‘z zimmalariga olishlari mumkin. Uni bir nechta, aniqlash mumkin bo‘lgan, kichkina qismlarga bo‘lish va har bir tomon bittadan xatarni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Shunday qilib, savdo-sotiqning hujjatlashtirilgan bitimi - bu xatarni taqsimlashh majburiyatiga ega emas.

Tomonlar bu holda o‘zaro bir qator shartnomalar bilan bog‘lanadi, vaholanki bitimning barcha ishtirokchilari barcha shartnomalarda ishtirok etmasliklari ham mumkin. Shartnoma tarkibiga quyidagilar kiradi:

    1. sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovarlar savdo-sotig‘i to‘g‘risidagi shartnoma;

    2. konosament, ya’ni yuk tashuvchining kvitansiyasi va yuk tashishga oid shartnoma;

V) akkreditiv, yani xaridor bankining (tasdiqlangan akkreditiv holida esa sotuvchi bankining ham majburiyatlari bo‘lishi kerak) sotuvchiga, tovarlarni yetkazib berilganligiga isbot taqdim etilganidan keyin to‘lovni amalga oshirish majburiyatlari.
Mazkur barcha bitimlar asosida sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi tovar savdo- sotigi to‘g‘risidagi shartnoma yotadi. Xaridor va sotuvchi mazkur shartnomaning ishtirokchilaridir, bank va yuk tashuvchi esa – ishtirok etmaydilar. Sotuvchi tovarlarni shartnomada keltirilgan miqdorda va sifatda yetkazib beradi. Xaridor esa – tovarlarni qabul qilib olib, kelishilgan narxni to‘lashi kerak.
Hujjatlashtirilgan savdo-sotiq bitimida sotuvchi va xaridor turli mamlakatda joylashishadi va bunda tovarlarni tashish talab etiladi. Shuning uchun, odatda xalqaro yuk tashuvchining xizmatlaridan foydalaniladi. Sotuvchi, yoki xaridor yuk tashuvchi bilan yuk tashish shartnomasini tuzadi (bizning misolda shartnomani sotuvchi tuzadi). Sotuvchi (yoki yuk tashish shartnomasidagi tushunchalar bo‘yicha yuk jo‘natuvchi) yuk tashuvchi bilan tovarni xaridor (yukni qabul qilib oluvchi) turgan joyga yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzadi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling