O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


BMT Konvensiyasi bo‘yicha shartnoma imzolash


Download 0.57 Mb.
bet38/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112

BMT Konvensiyasi bo‘yicha shartnoma imzolash


BMT Konvensiyasi mandatida (YUNSITRAL) xalqaro savdo huquqlarini tenglashtirish va unifikatsiyalash belgilab qo‘yilgan. Xalqaro savdo huquqlarini unifikatsiya qilishning asosiy maqsadi xalqaro savdo sotiq munosabatlarida yuridik jihatdan aralashuvni qisqartirishdan iboratdir. 1966- yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan YUNSITRAL xalqaro tashkiloti tuzildi.
YUNSITRAL o‘z faoliyati davoimda to‘rtta qonuniy hujjatga asos soldi. Ulardan birinchishi bu tovarlar oldi–sotdi shartnomalari bo‘yicha xalqaro Konvensiya (KMKPT). Ikkinchi meyoriy hujjat – 1974- yilda Nyu – York shaxrida qabul qilingan xalqaro tovarlar oldi – sotdisida muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchinchi qonuniy hujjat – bu 1978- yilda qabul qilingan tovarlarni dengiz yo‘li orqali ortib jo‘natish bo‘yicha BMTning Konvensiyasi bo‘lib, mazkur meyoriy hujjat shuningdek Gamburg qoidalari deb ham tanilgan bo‘lib, xalqaro konosamentlarni nazorat qiladi.
1987- yilning avgust oyida YUNSITRAL xalqaro miqyosda oddiy va o‘tkazma veksellar to‘g‘risidagi Konvensiyani qabul qilgan bo‘lib, mazkur Konvensiya BMT bosh Assambleyasi tomonidan 1988- yilda tasdiqdan o‘tgan. Bundan tashqari YUNSITRAL xalqaro tashkiloti 1976- yildagi arbitraj qoidalarini qabul qildi.
YUNSITRAL tarkibiga 36 ta a’zo mamlakat va qariyb shuncha kuzatuvchi sifatidagi mamlakatlar kiradi.

Tovarlarni oldi-sotdisi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining


konvensiyasi Nyu – York.11 – 12 aprel 1988- yil Kotibiyat xati:
Xalqaro miqyosda tovarlarni oldi – sotdisini nazorat qiluvchi yagona haqiqiy meyoriy hujjatni tayyorlash 1930- yilda shaxsiy huquqlarni unifikatsiya qilish xalqaro tashkiloti tomonidan Rim shaxrida boshlangan. Ikkinchi Jaxon Urushi natijasida vujudga kelgan vaziyat tufayli yuz bergan uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng mazkur loyixa 1964- yilda Gaaga shaxrida o‘tkazilgan diplomatik konferensiyada tanishtirildi va ikkita Konvensiya, yani «tovarlar oldi – sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi» qonun va «Tovarlar oldi – sotdi shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi» qonun qabul qilindi.
Mazkur ikkita Konvensiya imzolangandan so‘ng ularga qarshi ko‘pgina salbiy
fikrlar bildirila boshlandi. Buning natijasida yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida YUNSITRAL xalqaro tashkiloti mazkur ikkala Konvensiyani o‘rganib chiqishga qaror qildi. Qanday o‘zgartirishlar mazkur ikkita meyoriy hujjatni turli huquqiy va ijtimoiy – iqtisodiy tizimdagi mamlakatlar tomonidan keng miqyosda tan olinishi mumkinligini aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Ushbu o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida 1980- yilning 11- aprel sanasida diplomatik Konferensiya tomonidan xalqaro tovarlar oldi – sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi. 1988- yilning 31- yanvarida Konvensiyaning ishtirokchilari yana to‘rtta davlatga ko‘paydi, ular Avstriya, Meksika, Finlandiya va Shvetsiya davlatlari edi. Konvensiya to‘rtta katta bo‘limdan tashkil topgan. Birinchi bo‘limi Konvensiya qo‘llanilish sohalariga taaluqli va umumiy qoidalardan tashkil topgan. Ikkinchi bo‘limda xalqaro miqyosda tovarlar oldi – sotdi shartnomalarini imzolashni tartibga soluvchi huquqiy qonuniy meyorlardan iborat. Uchinchi bo‘lim sotuvchi va xaridorlarning majburiyatlari va huquqlariga taaluqlidir.
Konvensiyaning qo‘llanilish sohalari va umumiy qoidalari. BMTning xalqaro miqyosda tovarlar oldi – sotdisi bo‘yicha (KMKPT)ni ko‘rsatadigan faoliyat sohalari Konvensiyaning birinchi oltita moddasida o‘z aksini topgan. Konvensiyada qo‘llanish sohalariga nima kiradi va nima tegishli emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
3 – moddada oldi – sotdi shartnomalari va xizmat ko‘rsatish shartnomalari o‘rtasidagi mavjud ikkita farq ko‘rsatib o‘tilgan. Qayta ishlash yoki ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan tovarlarni yetkazib berish shartnomasi oldi – sotdi shartnomasi hisoblanadi, qachonki tovarlarga buyurtma beruvchi tomon mahsulot tayyorlash yoki qayta ishlash uchun muhim bo‘lgan materiallarni yetkazib berish majburiyatini o‘ziga olmagandagina yuz beradi. Qachonki tovarlarni yetkazib beruvchi tomonlarning majburiyatlari asosan biror bir ishni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan belgilangan bo‘lsa, Konvensiya qo‘llanilmaydi.
Ko‘pgina mamlakatlarda oldi – sotdi munosabatlarining hamma urinishlari maxsus qonuniy va huquqiy meyorlar bilan tartibga solinib turiladi.
Bir qancha moddalarda (4 – modda) Konvensiyaning predmeti shartnoma tuzish bilan bog‘liq muammolar, shuningdek shartnomadan kelib chiquvchi sotuvchi va xaridorning huquqlari va majburiyatlari bilan cheklanadi. Xususan, Konvensiyada shartnomaning haqiqiylik muddati, sotilgan tovarga egalik qilish huquqi yoki tovarga jismoniy shikast yetkazilgan holda sotuvchining majburiyatlari bo‘yicha yuzaga keladigan muammolarga to‘xtalmagan.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling