O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish


Download 0.57 Mb.
bet44/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112

Xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish


Xalqaro hisob-kitob subyektlari - eksport qiluvchilar, import qiluvchilar va banklardir. Ular, tovar-buyurtma hujjatlarning harakati va to‘lovlarning operastion rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq ma’lum munosabatlarga kiradi. Xalqaro hisob- kitoblar xalqaro huquqiy meyorlar bilan tartibga solinadi. Bu yerda bank ananalari va qoidalari katta ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro hisob-kitoblar valyuta-moliya va kredit munosabatlari majmuasining tarkibiy qismidir
Xalqaro hishob-kitobning to‘g‘ri shaklini tanlab olish tashqi savdo operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishni taminlaydi, yani to‘lov bilan bog‘liq
turli takliflar sonini kamaytiradi. Eksport qiluvchi shartnomada kelishilgan pul mablag‘ini vaqtida olishga manfaatdor, import qiluvchi esa, o‘z navbatida, unda mavjud pul mablag‘larini ishonchli va samarali ishlatishga manfaatdordir. Aksariyat hollarda, shartnoma ishtirokchisi to‘lovni amalga oshirish shartini inobatga olmay, u to‘lanmagan tovarni qaytarib olish yoki shartnomada ko‘rsatilgan tovarlar yetib kelmagani bois pul mablag‘larini qaytarib olish bilan bog‘liq, muammolarga duch keladi. Xorijiy hamkor haqida, uning moliyaviy holati, obro‘-yetibori haqida etarli darajada axborotga ega bo‘lmaslik ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi. Shu bois, shartnoma ishtirokchilari shartnomada kelishilgan majburiyatlarni kontragent tomonidan zarur darajada bajarmasligiga oid xatarni kamaytirishga ahamiyat berishlari zarurdir.


    1. Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari


Hisob-kitob shakllari dеyilganda, huquqiy m'yorlarda ko‘zda tutilgan, hisob- kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag‘larni mol sotuvchi korxona hisobvaragiga o‘tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Hisob-kitoblarning alohida shakllarining mazmuni, ular bo‘yicha hujjatlar aylanishini va opеratsiyalar hisobi hamda rasmiylashtirilishini ko‘rib chiqamiz.
Hisob-kitoblar shakllari. Naqd pul hisob-kitoblari deganda tovar yoxud tovar– talab hujjatlarning xaridor ixtiyoriga o‘tishi muddatigacha yoki aynan o‘tish vaqtida tovarga to‘la haq to‘lash tushuniladi. Kreditga hisob-kitob qilish (to‘lovni kechiktirish) deganda tijorat krediti (eksport qiluvchining import qiluvchiga qarz berishi) yoki import qiluvchining eksport qiluvchiga avans to‘lashi nazarda tutiladi. Bank kreditlari evaziga tovarlarga haq to‘lash - to‘lovni kechiktirish deb qabul qilinmaydi, chunki xaridorlar mol bilan ta’minlovchilarga naqd pulni, ammo bankdan yoki boshqa kredit muassasalaridan olingan mablag‘ evaziga olingan naqd pulni to‘lashadi. Eksport operatsiyalarida naqd pul bilan hisob-kitob qilish afzalroq, chunki ular olingan valyuta foydasini aylanmaga tezroq kiritilishiga imkoniyat yaratadi, bu esa operatsiya samaradorligini oshiradi. Importda esa tijorat kreditidan foydalangan maqulroq.
Jahon savdosida, tovar bozorlaridagi raqobatchilarning asosiy sharti bo‘lgan, tijorat kreditidan keng foydalaniladi. Tijorat kreditidan foydalanishga oid kelishuvlarda kredit muddati, foiz stavkalari, qarzni to‘lash, kafolatlar va boshqalar kelishib olinadi.
Tijorat kreditlari qisqa muddatli – bir yilgacha, o‘rta muddatli – besh yilgacha, uzoq muddatli – besh yildan ortiq bo‘ladi.
Tijorat krediti ikki xil shaklda – veksel va ochiq hisob raqami tarzida taqdim etiladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling