O’zbekiston respublikasioliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish bo'yicha 2017-yilning o’zida quyidagi ishlar amalga oshirildi


Download 288.67 Kb.
bet6/8
Sana24.02.2023
Hajmi288.67 Kb.
#1226199
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tarix

Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish bo'yicha 2017-yilning o’zida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 17 ta vazirlik, qo'mita va boshqa tashkilotlarning faoliyatlari, vazifalari va tarkibi qayta ko'rib chiqildi; davlat va xo'jalik idoralarining 20tasi o'zgartirildi, 5tasi tugatildi hamda yangi 21 tasi yangidan tuzildi. Mazkur tashkilotlarning faoliyatini yanada tartibga solish va nazoratini kuchaytirish maqsadida 2017-yil sentabr oyida O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy islohotlar kontseptsiyasi qabul qilindi.

Deputatlar va Senat a'zolarining joylardagi haqiqiy vaziyatni o'rganish va muammolarni hal qilish maqsadida har oy xizmat safariga chiqish amaliyoti yo'lga qo'yildi

  • Deputatlar va Senat a'zolarining joylardagi haqiqiy vaziyatni o'rganish va muammolarni hal qilish maqsadida har oy xizmat safariga chiqish amaliyoti yo'lga qo'yildi. Yanvar-iyul oylari davomida mamlakatimizning 60 ta tumanlariga safarlar uyushtirildi, 218 mingdan ziyod fuqarolar bilan uchrashildi, muammolarini hal qilishda ko'maklashildi va tizimni yaxshilash borasida takliflar qabul qilindi.
  • Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi Xalq qabulxonalari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi yo'lga qo'yildi. Bugungi kunga qadar virtual qabulxonaga aholidan 1,2 milliondan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

Axborot texnologiyalari yo'nalishidagi faoliyatni takomillashtirish maqsadida www.my2gov.uz portalining davlat elektron xizmatlari

  • Axborot texnologiyalari yo'nalishidagi faoliyatni takomillashtirish maqsadida www.my2gov.uz portalining davlat elektron xizmatlarini onlayn to'lash, kerakli hujjatlarni muassasaga bormay turib qo'lga kiritish imkonlari yaratilgan yangi shakli ishga tushdi. Tarmoqda turib soliq va kommunal xizmatlaridan qarzdorlik, yo'l qoidalarini buzganlik uchun jarimalar, shaxsiy nafaqa va sug'urta ustamalari haqida ma'lumot olish mumkin bo'ldi.
  • Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishida esa 2017-yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
  • Qonun hujjatlarini tarqatish tizimi tubdan takomillashtirildi;
  • Sud tizimini yanada isloh etish orqali bir qator muhim qonun hujjatilari qabul qilindi. Xususan, sudyalik lavozimida bo‘lishning ilk marotaba 5 yillik, navbatdagi 10 yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga muayyan tartibda tayinlanishi yoki saylanishi belgilandi;

Download 288.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling