O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
Download 39.9 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari
- IV. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
- VIII. Internet saytlari.
- KIRISH XXI asr intеllеktual avlodning zamoni. Islom Karimov
- PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI R e j a
- T a ya n ch s o z v a i b o r a l a r
- Psixologiya inson ruhiyatining oziga xos
- Ong va faoliyat birligi prinsipi .
- Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi.
- Nazariya va amaliyot birligi prinsipi.
- Psixologiyaning sohalari.
PSIXOLOGIYA fanidan 158 TAVSIYA ETILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI I. O’zbekiston Respublikasi qonunlari 1. O‟zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T., 2009.– 40 b. 2. «Ta‟lim to‟g‟risida» O‟zbekiston Respublikasining Qonuni // Oliy ta‟lim Me‟yoriy hujjatlari / Akademik S.S. G‟ulomov tahriri ostida. – T.: «Sharq», 2001. – B. 3-18. 3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi // Oliy ta‟lim Me‟yoriy hujjatlari / Akademik S.S. G‟ulomov tahriri ostida. – T., 2001. – B. 18-52. II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari 4. Barkamol avlod yili davlat dasturi. – T., 2010. – 80 b III. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va O’zbekiston Respublikasi vazirliklarining huquqiy-me’yoriy hujjatlari 5. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma‟ruzalaridagi matreiallar, qoidalar va xulosalarni o‟rganish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksi to‟g‟risida: O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 fevraldagi 101-F sonli Farmoyishi. // Xalq so‟zi gazetasi. – 2010.23.02. 6. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‟zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‟llari va choralari» kitobidagi matreiallar, qoidalar va xulosalarni o‟rganish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksi to‟g‟risida: O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 20 martdagi 125-F sonli Farmoyishi. 7. Oliy va o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalarida O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma‟ruzalarini o‟rganishni tashkil etish to‟g‟risida: Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirining 2010 yil 1 martdagi 101/1-sonli buyrug‟i. 8. Oliy va o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalarida O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‟zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‟llari va choralari» kitobini o‟rganishni tashkil etish to‟g‟risida: Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirining 2009 yil 28 martdagi 90-sonli buyrug‟i. IV. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari 9. Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‟tarilish sari. – Т., 2010. – J.18. 280 b. 10. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T., 2010. – 72 b. 159 V. Darsliklar 11. Aleksandrov Yu.I. Sistemnaya psixofiziologiya // Osnovi psixofiziologii: Uchebnik / Yu.I. Aleksandrov, D.G.Shevchenko, I.O.Aleksandrov; Otv. red. Yu.I. Aleksandrov. – M., 1997. – 430 s. 12. Bolotova A.K. Prikladnaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov / A.K. Bolotova. – M., 2006. – 382 s. 13. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika: darslik / N.Egamberdiyeva. – T., 2009. – 232 b. 14. G‟oziyev E.G‟. Psixologiya: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik / E.G‟. G‟oziyev; O‟zR OO‟MTV, O‟MKHTM. – T., 2008. – 352 b. 15. G‟oziyev E.G‟. Umumiy psixologiya: Oliy o‟quv yurtlarining psixologiya mutaxassisliklari uchun darslik. O‟zROO‟MTV. – T., 2010. – 512 b. 16. Ivanov, P.I. Umumiy psixologiya: Darslik. O‟zROO‟MTV. – T., 2008. – 480 b. 17. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X. Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o‟quv yurtlari uchun darslik. – T., 2007. – 308 b. 18. Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X. Umumiy psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o‟quv yurtlari uchun darslik. – T., 2010. – 328 b. 19. Klimov Ye.A. Vvedeniye v psixologiyu truda: Uchebnik. – M., 1998. – 343 s. 20. Maklakov A.G. Obshaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. – SPb., 2010. – 583 s. 21. Nemov R.S. Obshaya psixologiya. Uchebnik. – SPb., 2009. – 304 s. 22. Nemov R.S. Psixologiya: Uchebnik. – M., 2010. – 639 s. 23. Nurkova V.V., Berezanskaya N.B. Psixologiya: Uchebnik. – M., 2006. – 484 s. 24. Obshaya psixologiya: Uchebnik / Pod red. prof. A.V. Karpova. – M., 2005. – 232 s. 25. Obuxova L.F. Vozrastnaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. – M., 2006. – 460 s. 26. Psixologiya. Uchebnik dlya ekonomicheskix vuzov / Pod obsh. red. V.N. Drujinina. – SPb., 2002. – 672 s. 27. Psixologiya: Uchebnik. / V.M. Allaxverdov, S.I. Bogdanova i dr. Otv. red. A.A. Krilov. – 2-ye izd., pererab. i dop. – M., 2005. – 752 s. 28. Rozin V.M. Psixologiya: nauka i praktika. Uchebnik. Rozin. – 2-ye izd. ster. – M., 2008. – 544 s. 29. Rubinshteyn S.L. Osnovi obshyey psixologii. Uchebnik. – SPb., 2009. – 713 s. 30. Shapovalenko I.V. Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya razvitiya i vozrastnaya psixologiya). Uchebnik. – M., 2005. – 349 s. VI. O’quv qo’llanmalar 160 31. Akramova F.A. «Psixologiya» fani bo‟yicha o‟quv uslubiy majmua (bakalavriat bosqichi talabalari uchun): O‟quv uslubiy qo‟llanma. – T., 2006. – 177 b. 32. Bakirova G.X. Psixologiya razvitiya i motivasii personala: Ucheb. posobiye. – M., 2009. – 439 s. 33. G‟oziyev E. Psixologiya: (Yosh davrlari psixologiyasi): Ped.institutlari va universitetlari uchun o‟quv qo‟llanma. – T., 1994. – 224 b. 34. G‟oziyev E.G‟. Muomala psixologiyasi: O‟quv qo‟llanma. – T., 2001. – 139 b. 35. Hayitov O.E. Psixodiagnostika: O‟quv qo‟llanma. – T., 2007. – 225 b. 36. Hayitov O.E. Psixologik iqtisod: O‟quv qo‟llanma / Prof. V.M. Karimova tahriri ostida. – T., 2006. – 130 b. 37. Hayitov O.E. Rasulov Z.P., Umarova N.Sh. «Umumiy psixologiya» fani bo‟yicha ta‟lim texnologiyasi / «Iqtisodiy ta‟limdagi o‟qitish texnologiyasi» seriyasidan. – T., 2010. – 120 b. 38. Hayitov O.E., Ochilova G.O. Tadbirkorlik psixologiyasi: O‟quv qo‟llanma. 1-kitob. Oliy o‟quv yurtlari magistratura bosqichi talabalari uchun // Prof. V.M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. – T., 2008. – 144-b. 39. Hayitov O.E.. Iqtisodiy psixologiya: O‟quv qo‟llanma. Oliy o‟quv yurtlari magistratura bosqichi talabalari uchun. – T., 2009. – 230 b. 40. Ibragimov X.I. Pedagogik psixologiya: pedagogika va psixologiya. O‟quv qo‟llanma. – T., 2009. – 400 b. 41. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot: Universitetlar va pedagogika institutlari uchun o‟quv qo‟llanma. – T., 1999. – 96 b. 42. Karimova V.M. Psixologiya. O‟quv qo‟llanma. – T., 2002. – 205 b. 43 Karimova V.M., Hayitov O.E., Djalalova S.M. Boshqaruv psixologiyasi. O‟quv qo‟llanma. Oliy o‟quv yurtlari magistratura bosqichi talabalari uchun // Prof. V.M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. – T., 2008. – 208 b. 44. Nishonova Z., Qarshiyeva D. Eksperimental psixologiya. – T., 2007. – 92 b. 45. Nishonova Z.T. Psixologik xizmat: Oliy o‟quv yurtlari pedagogik-psixologiya bakalavriat yo‟nalishi talabalari uchun o‟quv qo‟l. / Z.T. Nishonova; O‟zROO‟MTV. – T., 2007. – 160 b. VIII. Internet saytlari. 1. www.gov.uz – O‟zR VM va Prezidentining qaror va farmoyishlari. 2. http://www.edu.uz – O‟zR Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligining rasmiy veb sayti. 3. http://bankrabot.com – referatlar, kurs ishlari, diplom ishlari. 161 4. http://planetadisser.com – dissertasiyalar katalogi 5. http://www.bestdisser.com – referatlar, diplom va kurs ishlari 6. http://www.miu.by/rus/info – Minsk boshqaruv instituti rasmiy veb sayti 7. pedagog.uz – pedagogika fanlari portali 8. www.ht.ru – «Human Technologies» laboratoriyasi sayti 9. ziyonet.uz 162 FANIDAN MA’RUZALAR MATNI KIRISH XXI asr intеllеktual avlodning zamoni. Islom Karimov. O`zbеkiston Rеspublikasi o`z mustaqilligini jaxon miqiyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning, bilidon, ma'naviy jihatdan barkamol insonlar bo`lib yеtishishiga bog`liqdir. Bu o`rinda inson ruhiyati qonunlarini o`rganuvchi psixologiya fani alohida ahamiyat kasb etadi. Insonni jamiyatimiz uchun to`laqonli, faol, barkamol shaxs sifatida shakllantirish, samaradorligini yanada oshirishda psixologiya ilmi va uning amaliyotda to`g`ri yo`nalishga ega bo`lishi juda muhimdir. XXI asr buyuk o`zgarishlar davri. Bu o`zgarishlar eng avvalo inson tafakkuriga, uning fikrlash tarzida ro`y bеrishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat shaxs ma'naviyati va u orqali jamiyatning ma'naviy qiyofasiga o`z ta'sirini ko`rsatmay qolmaydi. O`zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar, “Milliy g`oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdеk olijanob ishlarimizda madadkor bo`lishi zarur”. Bu vazifalar, birinchi navbatda kеlajakning bunyodkori bo`lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo`lib o`z yurti va xalqiga sitqidildan xizmat qilish, 163 ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mеhnat qilishga o`rgatishni nazarda tutadi. Zеro, mustaqillik aynan fidoyi, o`z Vatani manfaatlariga g`oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishni taqozo etadi. Mazkur ma'ruza matni nomutaxassis fakultеt talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda umumiy psixologiyaning asosiy bo`limlari, psixik jarayonlar, ilmiy psixologiyaning tarixi, mеtodlari, organizm, individ, shaxs, sub'еkt, faoliyat, tеmpеramеnt, xaraktеr, iroda, hissiyot, ong, uning tuzilishi, ta'lim jarayonidagi shaxsning psixik holati va bir qator psixologiyaning masalalariga doir ma'lumotlar bеrilgan. Ushbu ma'ruza matni yoshlarning ongida va ruhiyatida yangicha sifatlarning shakllantirilishini psixologiya masalalari doirasida yеchishga yordam bеradi, yuksak madaniyatli va ma'naviy еtuk xalqqa munosib vorislarni tarbiyalashga hissa qo`shadi, dеgan umiddamiz. PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI R e j a : 1. Psixologiya haqida tushuncha. 2. Psixologiya fanining kelib chiqish tarixi. 3. Psixologiya prinsiplari. 4. Sohalari. 5. Psixologiya tarmoqlari va fanlar tizimidagi o'rni T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r : Psixologiya, rux, aks ettirish, psixika, Aristotel, refleks, emperizm, sensualizm, faktlar, jarayonlar, individual xususiyatlar, vazifalar, psixik holatlar. Prinsip, determinizm, ong, faoliyat, amaliyot, nazariya, soha, ijtimoiy psixologiya, psixika, tadqiqot, psixik taraqqiyot, ijtimoiy borliq. Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'Iimot degan so'zlardan oiingan bo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytganda psixologiya ruhshunoslik, insonshunoslik haqidagi fandir. Psixologiya, falsafadek juda qadimiy fanlardandir va juda boy tarixga egadir.Pisxologiya dastlab falsafa doirasida faoliyat ko'rsatgan. Psixologiya juda uzoq tarixga ega. 164 Dastlabki psixologik tasavvurlar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda vujudga kelgan. Psixologik tasavvurlarning vujudga kelishida odamlar o'rtasida farqlarning mavjud ekanligi, ammo bu farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq. Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) «Ruh haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan bilan uzviy bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana esa tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271 yillar), Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi. 0’rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va Psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog’liqdir. R.Dekart o'z zamonasida birinchi marta refleks tushunchasini odam hatti-harakatini tushintirishda ishlatdi va harakatlarni tashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini refleks mexanizmi deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini to'g'ridan- to'g'ri jonsiz mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti- harakatlarga biron bir aloqasi bolishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni refleks tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida qabul qilingan. Lekin shunga qaramay, bizning zamonga kelib, R.Dekart ta'limoti mexanikligi uchun em'as, balkim materialistic dunyo qarashdan kelib chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi qaytadan tahlil qilingan holda qqabul qilindi. Psixologiya fanining rivojlanishida CH.Darvinning evolyusion nazariyasi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi. XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911 Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi. Eng muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki, endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy, tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi. Biz sobiq sho’rolar davrida tabiatni birlamchi, ruhni ikkilamchi deb o'rgana'r edik, birinchi o'ringa borliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik. Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini, kishilar faoliyatini belgilaydi, deb ta'lim beradilar. Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong o'rtasidagi munosabatlar murakkab ekanligini ta’kidlaydilar, ijtimoiy ong ijtimoiy 165 borliq bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini uqtiradilar. Psixologiya fanini rivojlantirish sohasida Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Homid Muhammad G'azzoliy kabilar katta hissa qo'shganlar. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida milliy psixologiya fanini rivojlantirish uchun psixolog olimlarimizdan I.P.Ivanov, E.G.G'oziyev, M.G.Davletshin, V.A.Tokoreva, B.R.Qodirov, G.B.Shoumarov, E.Z.Usmonova, S.A.Axunjonova, R.l.Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib keldilar va qo’shmoqdalar. Har bir fanning o'z predmeti bo'lgani kabi, psixologiya ham o'z predmetiga ega. Ammo psixologiya o'rganadigan voqelik boshqa fanlardagidan tubdan farq qiladi. Chunki uning predmetini ko'z bilan ko'rib, ushlab yoki bevosita o'lchab bo'lmaydi. Ularni fikr yuritish, tasavvur qilish, his qilish orqaligina bilib olish mumkin. Psixologiya predmetiga quyidagi ta'rif berish mumkin: Psixologiya inson ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlari ko'rinishlari va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini tadbiq etadi. Ruhiyat deganda nima tushuniladi? Ruhiyat bu insonning ichki tuzilishi, ichki dunyosi, qobiliyatlari, barcha sohadagi imkoniyatlari kabilarni qamrab oladi. Tor ma'noda ichki dunyo tushuniladi. Psixologiya o'zining predmetini to'rt bo'limga bo'lib o'rganadi: 1. Psixologiyaning asosiy masalalari. 2. Bilish jarayoni. 3. Shaxsning hissiy-irodaviy xususiyatlari. 4. Shaxsning individual tipologik xususiyatlari. Birinchi bo'lim, psixologiyaning asosiy masalalarida a) fan predmeti; b) vazifalari, prinsiplari, tarixi, metodlari, sohalari o'rganiladi. Psixologiya o'z vazifalarini amalga oshirishda konkret prinsiplarga tayanadi. Prinsip tamoyil degan ma'noni anglatadi. Prinsiplar ikkiga bo'linib, ya'ni asosiy prinsiplarga hamda yordamchi prinsiplarga tayangan holda tadqiqot ishlari olib boriladi. Asosiy prinsiplarga: 166 1. Determinizm prinsipi. 2. Ong va faoliyat birligi prinsipi. 3. Psixikani faoliyatda taraqqiyo etish prinsipi kiradi. Yordamchi prinsiplarga esa tarixiylik prinsipi, nazariya va amaliyot birligi prinsipi, monizm prinsipi va hokazolar kiradi. Determinizm nima? Determinizm so'zi sabab va oqibatning o'zaro birligini ifodalaydi. Bu prinsipga ko'ra sababsiz oqibat bo'lmaydi. Determinizm prinsipiga ko'ra psixika taraqqiyoti individning yashash muhiti bilan belgilanadi, ya'ni muhit o'zgarishi bilan psixika ham o'zgaradi. Masalan: qishloqda yaxshi dars o'ta olmaydigan qoloq bir maktabning o'quvchisi bilan shaharda maxsus chuqur ta'lim beriladigan lisey o'quvchisi tafakkuri o'rtasida farq bo'lishi tabiiy. Farqning sababi mavjud. Sababi muhit, shart- sharoitdir. Agar muhit o'rtasidagi farq qanchalik kam bo'lsa, psixik xususiyatlarning rivojlanishi va shakllanishida ham farq kam bo'ladi. Aksincha esa farq katta bo'ladi. Determinizm prinsipi nima uchun prinsip sifatida qabul qilingan? Psixologik voqeliklarni tadqiq etishda, ularni baholashda va rivojlantirishda determinizm prinsipiga amal qilinadi. Ong va faoliyat birligi prinsipi. Bu prinsipga ko'ra ong va faoliyat o'zaro uzviy bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus psixologi Sergey Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipining asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning shakllanishi uchun tug'ma imokniyatlar mavjud bo'ladi. Ammo uning shakllanishi bevosita faoliyatning shakllanishi bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning shakllanishi va rivojlanishining negizi, o'z mohiyati manbai bo'lib xizmat qiladi. Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong bo'lmaydi. Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi. Bu prinsipga ko'ra inson shaxsi va uning psixologik xususiyatlari faoliyatda taraqqiy etadi. Bu prisipning asoschisi psixologiyada faolyait nazariyasining asoschisi hisoblangan A.N.Leontyevdir. Leontyev o'zining «Psixika taraqqiyoti muammolari» nomli asarida quyidagi fikrni keltirgan: «Inson 167 shaxsi va ongi faoliyatda shakllanadi, faoliyatd taraqqiy etadi va aynan shu faoliyatda namoyon bo'ladi». Shu prinsiplarga asoslanib psixologik qonuniyatlar amalga oshiriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Tarixiylik prinsipi. Psixologiyada biror voqelikni tadqiq etishni uning ayni paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy va salbiy jihatlari inobatga olinadi hamda tadqiqotchi tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf etiladi. Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Nazariya va amaliyot birligi prinsipi. Nazariyada yaratilgan kashfiyotlar, tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va aksincha amaliyotda tekshirilgan, kuzatilgan hodisalarni nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi. Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda alohida shaxsga taalluqli jihatlarni asos qilib olish va shu asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi. Monizm so'zi bitta alohida ma'nosini anglatadi. Psixologiyaning sohalari. Psixologiya fani ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amal qiladi. Chunki qayerda inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda inson ruhiyati bilan bog'liq muammolar yuzaga chiqadi. Hozirgi kunda psixologiyaning 70 dan ziyod sohalari faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan: umumiy psixologiya, medisina psixologiyasi, sport, muhandislik, oila, harbiy, yuridik, aviasiya, kosmik, yosh davrlar psixologiyasi, pedagogik, etnopsixologiya, differensial psixologiya va hokazolar. Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling