O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
Download 39.9 Kb. Pdf ko'rish
|
10 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOShKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI «Tasdiqlayman» O„quv ishlari bo„yicha prorektor v/b.f.f.d X.S.Zaynutdinov _______________________ «___» ________________2014 yil Farmatsiya, sanoat farmatsiya va biotexnologiya yo‘nalishlari uchun PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA fani bo‘yicha ISHCHI O‘QUV DASTURI Umumiy o‘quv soati 106 soat Shu jumladan: Ma'ruza 36 soat Amaliy mashg„ulotlar 18 soat Mustaqil ta'lim soati 52soat 11 Toshkent- 2014 yil Tuzuvchi: Katta o„qituvchi N.E.Yusupova Katta o„qituvchi L.B Sultonova Taqrizchilar: TDPU katta o„qituvchisi R.Avezova Toshkent farmatsevtika institutining Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o„qituvchisi S.Yuldasheva Ishchi dastur namunaviy dastur asosida tuzildi va kafedraning 2014 yil “_____”_________________dagi yig„ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi. Kafedra mudiri:____________________i.f.n. K.K.Ismailov Ishchi dastur soha uslubiy kengashida muhokama qilindi va tasdiqlash uchun tavsiya etildi. “____” _____________2014 yil _______sonli bayonnomasi. Soha uslubiy kengash raisi: 12 Ishchi dastur MUKda ko„rib chiqildi va tasdiqlandi. “____”__________2014 yil _________-sonli bayonnomasi 1. So‘z boshi Zamonaviy kadrlar oldiga qo„yilatyotgan eng muhim vazifalardan biri malakali mutaxassislar sifatida o„zligini, o„z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foyidali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko„rsatishdir. Bu o„rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o„rganuvchi psixologiya fanining o„rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta'lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi Oliy o„quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun maqsadga muvofiqdir. Xar bir shaxs o„z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, uni to„g„ri yo„naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o„ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi. Shunday ekan, xozirgi kunda psixologiya fanining sir-asrorlarini har bir talaba uchun zarur bo„lgan jixatlarini keng yoritib berishi lozim. 1.1.Psixologiya fanining maqsadi va uning vazifalari Hozirgi davrda ta'lim va madaniyatni tez va uyg„un rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomillashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi bo„lmish insonning o„zini yanada kamol toptirishi manfatlari yosh avlodlariga ta'lim va tarbiya berishga yangicha, yana ham keng ko„lamda yondashishni talab qiladi. Psixologiya fanining vazifasi talabalarga voqyelik va jamiyatdagi voqyea va xodisalarning, jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tashkil etishga, shaxsning kamolati va unga ta'sir ko„rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o„rgatishdan iborat. 13 1.2 Psixologiya fani bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga, ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar Psixologiya fanini o„zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: -umumiy psixologik tushunchalarni, voqyelik va jamiyatdagi voqyea va hodisalarni, shaxsning o„zida kechadigan ijtiomiy-psixologik jarayonlarni, shaxsni psixologik tadqiq qilish usullarini bilishi; -Talaba voqyelikni psixologik mushoxada etish, narsa-xodisalarni ilmiylik va mantiqiylik asosida o„rganish, ilmiy tafakkur va psixologik tasavvurning uyg„unligini ta'minlash, mustaqil va zamonaviy fikrlash, kundalik faoliyatida umumiy psixologik bilimlarni va qoidalarni qo„llay olish ko„nikmalariga ega bo„lishi; -talaba voqyea-xodisalarni psixologik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq qilish, shaxs motivatsiyasi, emotsional va irodaviy sifatlari, individual psixologik xususiyatlari, shaxs va jamiyat orasidagi munosabatning psixologik qonuniyatlarini aniqlash malakalariga ega bo„lish kerak. 1.3 Psixologiya fanining o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatidan ketma-ketligi. Umumiy psixologiya, bir tomondan, o„ziga xos ravishda psixologiya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan talabalarni avvalo shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va jamoadagi munosabati haqida, uni o„rganish metodlari to„g„risida, asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida tegishli bilimlardan xabardor etgan holda ularni professional ishga nazariy va amaliy jixatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani o„z zimmasiga oladi. “Psixologiya” o„quv rejasida rejalashtirilgan falsafa, pedagogika va tabiiy fanlar bilan aloqada o„rganilib, bu fanlardan yetarli bilim va ko„nikmalarga ega bo„lishni talab etadi. 14 2.Fanning mazmuni Ma'ruza № 1 Mavzu : Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Hozirgi zamon psixologiya fanining predmeti va uning ijtimoiy tabiati. Mustaqillik va bozor munosabatlariga o„tish sharoitida psixologiya fanining roli va ahamiyati. Psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq – atvori va turli faoliyatlarning o„ziga xos tomoni ekanligi. Ijtimoiy taraqqiyot va psixologiyaning xulqni to„g„ri tashkil etish, yoshlarda pozitiv tafakkurni shakllantirishga oid qonuniyatlari haqida. Psixologiyaning asosiy metodlari. Kuzatish va suhbat metodlari va ularning imkoniyatlari. Psixologik ekspe-riment va testlar, ularning turlari, ahamiyati. Psixologik modellashtirish amaliy psixologiyaning tadqiqot vositasi ekanligi. Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari. Sanoat psixologiyasi va boshqaruv psixologiyasi. Shaxsni ijtimoiy guruhlarda o„rganishning ahamiyati. Oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar. Maktabga va ijtimoiy sohaga psixologik yordamning yo„nalishlari. Psixodiagnostika va psixokorreksiya haqida tushuncha. Shaxs xulqni maqsadi tuzatish – psixokorreksiya ekanligi(5 soat) Adabiyotlar:1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 1.7, 2.1, 2.6, 2.9, 2.10 Ma'ruza № 2 Mavzu: Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi. Shaxsga ta'sir etuvchi psixologik omillar. Shaxs dunyoqarashi va ma'naviyatini o‘zgartiruvchi omillar. Shaxsning siyosiy, iqtisoiy, mafkuraviy, ma'naviy qiyofasi va uning shakllanish shartlari. Shaxsdagi tug„ma – biologik xususiyatlar va ularning sotsial muhitga bog„liq sifatlar bilan bog„liqligi. Shaxsning jamiyatdagi turli sotsial institutlar bilan bog„liqligi. Shaxsning jamiyatdagi statusi va shaxsdagi ijtimoiy tasavvurlarga bog„liqligi. Jamiyatdagi ijtimiy – iqtisodiy vaziyat va shaxs. Shaxs va ong. O„z – o„zini anglash, o„z – o„zini boshqarish va tarbiyalashning omili sifatida. Shaxsga ta'sir etuvchi psixologik omillar. Shaxs dunyoqarashi va ma'naviyatini o‘zgartiruvchi omillar(5 soat). Adabiyotlar:1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 1.7, 2.1, 2.6 15 Ma'ruza № 3 Mavzu: Shaxs faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiyasi va ularni boshqarish. Ijtimoiy xulq motivatsiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar. Faollik, faoliyat haqida umumiy tushuncha. Tashqi va ichki faoliyat, ularning o„zaro bog„liqligi. Inson faoliyatining o„ziga xosligi va shaxs xususiyatlari bilan bog„liqligi. Ijtimoiy faoliyatning jamiyat iqtisodiyoti o„sishidagi o„rni va sifatlari. Inson faoliyati turlari: mehnat, o„qish va o„yin faoliyatlari shaxs taraqqiyotidagi yetakchi faoliyatlar sifatida. Bolalar va kattalar o„yin faoliyatlarining o„ziga xosligi va umumiy jihatlari. Ijtimoiy faoliyatga tayyorlashda o„qish va o„yin faoliyatlari unsurlarining o„rni. Faoliyat motivlari haqida tushuncha. Shaxs va uning motivatsiyasi. Motivlarning anglanganlik darajasi: anglangan va anglanmagan motivlar. Adabiyotlar:1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 1.7, 2.1, 2.5, 2.7 Ma'ruza № 4 Mavzu : Shaxsning borliqni bilish jarayonlari. Diqqat, sezgi, idrok. Bilish mezonlari va uning adekvatligi. Shaxs va uning tashqi olamni bilish imkoniyatlari. Bilish qobiliyatining kasbiy faoliyatga aloqadorligi, bilish jarayonlari tasnifi: diqqat va uning turlari. Sezgi, uning turlari, vazifalari va xususiyatlari. Adaptatsiya xodisasi. Idrok va idrok adekvatligini ta'minlovchi psixologik qonuniyatlar. Bilish jarayonlarini boshqarish usullari. Ta'lim va tarbiya jarayonida bilish qobiliyatlarini takomil-lashtirishning psixologik tamoyillari va shartlari. Bilish mezonlari va uning adekvatligi(5 soat). Adabiyotlar:1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 1.7, 2.1, 2.6.2,4 Ma'ruza № 5 Mavzu : Xotira, xayol, tafakkur va mustaqil fikrlash shart – sharoitlari Xotira va shaxs tajribasining boyligi, esda yaxshi olib qolish qonunlari; xotirani o„stirish va tarbiyalash. Materialni yaxshi esda saqlab qolishdagi individual farqlar. Hayol va uning turlari. Tafakkurning shaxs va undagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga bog„liqligi. Yoshlarda mustaqil fikrlash qobiiyatini o„stirish va erkin fikrlashni tarbiyalash tamoyillari. Tafakkur operatsiyalari, shakllari va ularning ijodiy va mantiqiy fikrga aloqasi. Fikr va fikrlash operatsiyalari. Ijodiy va mantiqiy fikrlash yo„llari. Nostandart va erkin fikrlash mashqlariga o‘rgatish texnologiyalari (5 soat). 16 Adabiyotlar:1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 1.7, 1.9, 2.1, 2.6, 2.8 Ma'ruza № 6 Mavzu: Shaxsning individual xususiyatlari va ularani diagnostika qilish Shaxsning iqtidori va qobiliyatlarini diagnostika qilish muammosi. Qobiliyatlardagi orttirilgan va tug„ma xususiyatlar. Qobiliyatlarning psixologik strukturasi va ularning shaxs xarakteri va temperament xususiyatlariga bog„liqligi. Yoshlardagi qiziqishlarni diagnostika qilish yo„llari. Temperament va xarakterning o„zaro bog„liqligi, shakllanishi va namoyon bo„lishi. Xarakter va shaxs. Adabiyotlar:1.2, 1.4.,1.6, 1.7, 1.9, 2.1, 2.6 Ma'ruza №7 Mavzu:Shaxs taraqqiyotining yoshga bog‘liq xususiyatlari 1.Shaxs taraqqietidagi ijtimoiy va genotipik omillar. 2. Shaxs taraqqietini davrlarga bo„lish. 3. Bolalik –ilk yeshlik davri. 4. O„smirlik va o„spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o„ziga xos xususiyatlari . Adabiyotlar ; 1,1.1.3,1.4,1.5, 2.1,2.3,2.4,2.6. Ma'ruza № 8 Mavzu: Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Psixologiyada ijtimoiy ta'sir masalasi. Samarali ta'sir sirlari Insoniy munosabtalar tizimi – shaxs dunyoqarashini shakllantiruvchi birlamchi omil. Shaxslararo insoniy munosabatlarning va sharqona muomalaning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyati va o„rni. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari va shart – sharoitlari. Psixologiyada ijtimoiy ta'sir masalasi. Samarali ta'sir sirlari (6 soat) Adabiyotlar:1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 1.9, 2.1, 2.2, 2.6 17 Ma'ruza № 9 Mavzu: Guruhning shaxsga ta'siri va shaxslararo moslik muammosi Shaxs va guruh. Shaxs uchun referent bo„lgan guruhlar. Guruhlarning turlari. Guruh o„lchamlari va uning tizimi. Jamoalarda shaxslararo psixologik o„zaro moslik va o„zaro ta'sir masalasi. Guruhdagi psixologik muhit va uni o„rganish. Ijtimoiy ta'sir, liderlik va konformizm hodisalari. Konformizm. Shaxsning liderlik fazilatlari. Liderlik nazariyasi. Adabiyotlar:1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 1.1, 2.1, 2.6, 2.7 3.Amaliy mashg‘ulotlarining mavzulari № Amaliy mashg„ulotlar nomi Soat Mustaqil vazifalarni bajarish uchun zarur bo„lgan materiallar. Adabiyotg a ko„rsatma 1 . Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 2 1.Psixologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Psixika haqida tushuncha va uning namoyon bo„lish shakllari. 3.Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o„rni. 4.Psixologiyaning tarmoqlari 5. Psixologiyaning asosiy metodlari 1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 2.1, 2.6, 2.9, 2.10 2 . Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi 2 1. Shaxs ijtimoiy ta'sirlar mahsuli sifatida. 2. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs. 3. Ijtimoiy ta'sirlarning shaxs tomonidan anglanishi. 4. “Men” – obrazi va o„z-o„zini baholash. 1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 2.1, 2.6 3 . Shaxsning faolligi va ijtimoiy xulq motivatsiyasi 2 1. Shaxs va uning faolligi. 2. Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. 3. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. 4. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o„zgartirish 1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 2.1, 2.5, 2.7 18 muammosi. 4 . Bilish jarayonlari. Diqqat, sezgi idrok. 2 1. Bilish jarayonlari va professional faoliyat. 2. Diqqatning umumiy xarakteristikasi va uning turlari. 3. Sezgi, uning turlari va xususiyatlari. 4. Idrokning umumiy xarakteristikasi va uning turlari 1.2, 1.3, 1.4.,1.6, 2.1, 2.6 5 . Shaxsning individual xususiyatlari. 2 1. Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish yo„llari. 2. Shaxs iqtidori va qobiliyatlari diagnostikasi. 3.Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari. 5. Xarakter va shaxs. 1.2, 1.4.,1.6, 2.1, 2.6 5. Fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan axborot va pedagogik texnologiyalar Fan bo„yicha ma'ruzalarni olib borishda taqdimot, videotasma va multimediyalardan foydalaniladi Psixologiya fanini o„qitishda axborot texnologiya vositalarini qo„llash ehtiyojidan kelib chiqib, unda xozirgi zamon kompyuter texnologiyalari (masalan, internet xalqaro axborot tizimlari)ni tadbiq etish mumkin. Bundan tashqari undan ko„rgazmali sxemalar, multimediya, slaydlar, diafilmlar, videodasturlarni ishlatish maqsadga muvofiq. “Bumerang” “Silindr”, “Aqliy xujum”, “Muammoli vaziyat”, “Veer”, “Mantiqiy qiyoslash”, “Krossvord”, “3x4” kabi pedagogik texnalogiyalardan foyidalaniladi. 19 № Mashg„ulot mavzulari Innovatsion axborot texnologiyasi Yangi ped texnologiya 1 Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Taqdimot multimedia “Bumerang” “Silindr” 2 Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi Taqdimot multimedia “Aqliy xujum”, “Muammoli vaziyat” 3 Shaxs faolligi va ijtimoiy xulq motivatsiyasi Taqdimot multimedia “Klaster”, “BBB” 4 Shaxsning borliqni bilish jarayonlari. Diqqat, sezgi, idrok. Taqdimot multimedia “Klaster”, “Bumerang” 5 Xotira, xayol, tafakkur va mustaqil fikrlash shart – sharoitlari Taqdimot multimedia “Qora quti”, “Aqliy xujum” 6 Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish Taqdimot multimedia “BBB” “Aqliy xujum” 7 Shaxs taraqqiyotining yoshga bog„liq xususiyatlari Taqdimot multimedia “Krossvord”, “3x4”, 8 Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Muomala texnikasi strategiyasi. Psixologiyada ijtimoiy ta'sir masalasi. Samarali ta'sir sirlari Taqdimot multimedia “Klaster”, “Bumerang” 9 Guruhning shaxsga ta'siri va shaxslararo moslik muammosi Taqdimot multimedia “Bumerang” “Silindr” 8. Yakuniy nazorat savollari . 1. Psixologiya fanining predmeti? 20 2. Sezgirlik nima. 3. Xarakter haqida tushuncha. 4. Psixika nima? 5. Idrok haqida tushuncha. 6. Xarakterning fiziologik asosi. 7. Psixologiya fanining maqsad va vazifalari? 8. Idrokning fiziologik asosi. 9. Xarakter xususiyatlari (ijobiy va salbiy). 10. Psixologiya fanining boshqa fanlar o„rtasida tutgan o„rni. 11. Idrokning turlari. (Fazo, vaqt, harakat). 12. O„z-o„zini tarbiyalash, xarakter xususiyatlarini o„zgartirish masalasi. 13. Psixologiya fanining tarmoqlari. 14. Idrokning hususiyatlari. Appersepsiya, illyuziya, konsantlik. 15. Qobiliyat haqida tushuncha. 16. Psixologiyaning metodlari. 17. Xotira haqida tushuncha. 18. Maxsus va umumiy qobiliyatlar 19. Psixologiyani o„rganishning ahamiyati. 20. Xotiraning fiziologik asosi. 21. Qobiliyatlarning rivojlanishi uchun layoqat nishonalari qanday ahamiyatga ega. 22. Individ, shaxs, individuallik tushunchalarining izohi. 23. Xotiraning turlari. 24. Talant nima? Kishining genialligi nima bilan xarakterlanadi. 25. “Shaxs” va “jamiyat” tushunchalarining ta'rifi. 26. Xotiraning xususiyatlari. 27. Hissiyot haqida umumiy tushuncha. 21 28. Shaxs va uning faolligi. 29. Xotiraning buzilishi. Amneziya. 30. Hissiyotning yo„nalishiga qarab ma'naviy, intellektual va estetik turlari haqida tushuncha. 31. Faolyat tushunchasi va uning turlari. 32. Xotiradagi individual farqlar nimalardan iborat. 33. Emotsiya va hissiyotning farqli jihatlari. 34. Motivatsiya nima? 35. Odam hayotida xotiraning qanday ahamiyati bor. 36. Hissiyotda uchraydigan affekt, kayfiyat, ehtiros holatlarining tasnifi. 37. Motiv va uning turlari (anglangan va anglanmagan). 38. Tafakkur haqida tushuncha. 39. Iroda haqida tushuncha. 40. Tafakkurning fiziologik asosi. 41. Irodaning salbiy va ijobiy sifatlari. 42. Shaxs faolligining asosini ehtiyojlar tashkil qilishini izohlang. 43. Tafakkurning turlari. 44. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo„lish. 45. Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling