O’zbekiston respublikasl toshkent shahar hokimining 85-qarori


Download 61.21 Kb.
bet2/2
Sana07.11.2023
Hajmi61.21 Kb.
#1753661
1   2
Bog'liq
85-сонли қарор

QAROR QILAMAN:

  1. Toshkent shahridagi umumta’lim va о‘rta maxsus ta’lim muassasalariga о‘tkir tig‘li va inson hayotiga xavf yetkazishi mumkin bо‘lgan buyumlar (sovuq qurollar tarkibiga kiruvchi pichoq, xanjar, bigiz va kastet, bita, tо‘qmoq), inson sog‘lig‘iga qarshi ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar (maxsus sachratguvchi gaz va boshqalar) hamda elektr toki о‘tkazuvchi jixozlari (maxsus elektra tok о‘tkazuvchi moslama) (keyingi о‘rinlarda - “taqiqlangan buyumlar” deb yuritiladi) olib kirishni belgilangan tartibda taqiqlash choralari kо‘rilsin.

  2. О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi (F.Inoyatov), Xalq ta’limi bosh boshqarmasi (I.Akbarov), Voyaga yetmaganlar ishlari bо‘yicha shahar komissiyasi (A.Yusupov), tuman hokimlari, Toshkent shahar IIBB (M.Adilov) bilan birgalikda:

ta’lim muassasalarida yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlar о‘rtasida ma’naviy-axloqiy hislatlarni buzuvchi, zо‘ravonlik, shafqatsizlik va pornografik, shuningdek, soxta diniy mafkurani targ‘ib qiluvchi, о‘quvchi yoshlarni salbiy harakatlarga undovchi harakatlarini oldini olish maqsadida, ta’lim muassasalari binosiga kirish-chiqish tartibi qoidalari ishlab chiqilsin va ta’lim muassasasining ichki qoidalariga о‘zgartirshilar kiritilishini ta’minlansin;
yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlarning hayoti va sog‘lig‘iga taxdid soluvchi turli harakatlarni oldini olish va ularning xavfsizligini ta’minlash, ta’lim muassasasining kirish-chiqish tartibini amalda joriy qilish maqsadida, mas’ul xodimlar va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari bо‘lgan maxsus ishchi guruxlar tuzilsin;
о‘quvchilarni binoga kirish joyida taqiqlangan buyumlarni olib kirilishini oldini olish yuzasidan tuzilgan maxsus ishchi guruhlar tomonidan-tegishli choralar kо‘rilsin;
о‘quvchilar yonida taqiqlangan buyumlar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, olib qо‘yish choralari kо‘rilsin va ota-onasi xabardorligida yashash manzilidagi voyaga yetmaganlar ishlari bо‘yicha komissiyasiga xujjatlar yuborilishi ta’minlansin;
xaftada kamida bir marta joylarda maxsus ishchi gurux a’zolari ishtirokida ma’naviy-axlokiy xislatlarni buzuvchi, zо‘ravonlik, shafqatsizlik va pornografik, shuningdek reaksion-sektant, soxta diniy mafkurani targ‘ib qiluvchi, atrofdagilarni salbiy harakatlarga undovchi materiallardan iborat bо‘lgan, kо‘rgazma, fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-videoyozuvlar, chizma va suratli tasvirlar, ovozli video roliklarini namoyish qilinishi va tarqatilishini oldini olish bо‘yicha targ‘gibot va tashviqot ishlari olib borilsin;
tuman hokimliklari xuzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bо‘yicha komissiya majlislarida ta’lim muassasalaridagi о‘quvchilarning yonidan taqiqlangan buyumlar hamda о‘quvchilarning xayoti, sog‘lig‘i, ma’naviyati va xulqiga xavf solishi mumkin bо‘lgan boshqa predmetlar topilganligi tо‘g‘risidagi xujjatlar favqulodda xodisa sifatida tanqidiy va keskin muxokama qilinishi ta’minlansin;
ta’lim muassasasi pedagog xodimlari va о‘quvchilarni kiyinish madaniyatiga rioya etilishi, ta’lim muassasasining ichki-tartib qoidalariga amal qilinishi doimiy ravishda о‘rganib borilsin.
3. Voyaga yetmaganlar ishlari bо‘yicha shahar komissiyasi (A.Yusupov), tuman xokimlari, Ichki ishlar bosh boshqarmasi (M.Adilov), Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (B.Mamajonov), “Maxalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shaxar bо‘limi (J.Inog‘omov), Kamolot YOIX Toshkent shahar Kengashi (M.Zuparov) bilan hamkorlikda:
Mazkur qaror qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, inson hayotiga xavf yetkazishi mumkin bо‘lgan taqiqlangan buyumlar, turli xolatlarda insonlarga qarshi ishlatilganda qanday oqibatlarni keltirib chiqqanligi va kelib chiqishi mumkin bо‘lgan hodisalar haqida aholi, yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlar о‘rtasida, yashash va ish joylarida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilishi kuchaytirilsin.

  1. Ichki ishlar bosh boshqarmasi (M.Adilov):

Yuqoridagi holatlar yuzasidan qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda qonuniy ta’sir choralarini qо‘llash ta’minlansin.

  1. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” taxririyati (A.Akromov), Axborot xizmati (X.Ermatov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M.Asamov): mazkur qaror rasmiy e’lon qilinsin hamda www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilsin.

  2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining о‘rinbosari SH.Turdiqulov va Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i M.Adilov zimmasiga yuklatilsin.

Toshkent shahar hokimi R.Usmanov
Download 61.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling