Taqiqlangan buyumlar va moddalarni pochta orqali jo’natishning oldini olish. Skrin o’tkazish uslublari


Download 91.5 Kb.
bet1/11
Sana02.01.2022
Hajmi91.5 Kb.
#191214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PAX 012-18 Sharapov J


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasi
Pochta aloqasida xavfsizlik va sifat

fanidan

Mustaqil ish


Mavzu: Taqiqlangan buyumlar va moddalarni pochta orqali jo’natishning oldini olish. Skrin o’tkazish uslublari

Bajardi: 012-18 MSPAT guruh talabasi

Sharapov Jahongir Nurillaevich

Qabul qildi: G.Nazarova


Toshkent 2020


Kirish

Pochta aloqasining xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta'minlash, pochta aloqasidan terroristik maqsadlarda foydalanish hollarini aniqlash va oldini olish, shuningdek pochta jo‘natmalarining saqlanishini nazorat qilish maqsadida 2001 yilda hukumat tomonidan «O‘zbekiston pochtasi» DAK tarkibida PXX tashkil etildi.Pochta xavfsizligi asosiy vazifalari etib: birgalikdagi chora-tadbirlarni joriy va istiqbolli rejalashtirish inspektorlarni tayyorlash bo‘yicha kurslar va seminarlarni tashkil qilish xalqaro pochtaning saqlanishi masalalari bo‘yicha milliy pochta xavfsizligi xizmatlarining o‘zaro ishlashini muvofiqlashtirish jo‘natilishi taqiqlangan xavfli tovarlar, shu jumladan qurol-yarog’, portlatish qurilmalari, o‘q-dori, radioaktiv va zaharli moddalar va boshqa jo‘natilishi taqiqlangan buyumlarni pochta orqali jo‘natishning oldini olish pochta aloqasi korxona va tashkilotlari, idoralarining moliyaviy huquqlarini muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘rish xalqaro va ichki pochta jo‘natmalarining saqlanishi nazorat qilinishini ta'minlash pochta aloqasi ob'ektlari, xizmatchilari va idoralarining mulki hamda pochta aloqasi korxonalari va tashkilotlari xavfsizligini ta'minlash belgilandi.

O‘zbekiston pochta sohasida pochta xavfsizligi xizmati:

Ushbu nizom O‘zbekiston Respublikasing “Pochta aloqasi” to‘grisidagi qonuni O‘zbekiston aloqa va axborolashtirish agentligining 2001-yil 7-avgust X.F.U 1/36-son buyrug‘i asosida Butunjahon pochta ittifoqi va pochta xavfsizligi masalalarini o‘rganish bo‘yicha aloqa sohasidagi mintaqavviy pochta xizmati va xuquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan birgalikda pochta jo‘natmalari va pul mablag’larini tashishning xavfsiz va qulay marshrutlarini ishlab chiqish to‘grisidagi qonun qabul qilindi. “O‘zbekiston Pochtasi” AJning pochta aloqasi hududiy korxonalari almashinuv punktlarida, pochta jo‘natmalarini maxsus tekshiruvdan o‘tkazish joylari tashkil etilgan.

Har bir pochta aloqa obyektlarida xavfsizlik burchaklari tashkil etilga va bu xavfsizlik burchagida agar xavfli tovarlar kelganda qanday chora ko’rish kerakligi ko’rsatilgan va tegishli himoya vositalari bilan ta'minlangan. Aloqa bo‘limida bino tashqi derazalariga va eshiklariga himoya choralari, signalazatsiyalar, temir sandiqlar o’rnatilgan. Shu ishlarni nazorat qilib turish uchun har bir aloqa tarmog'ida xavfsizlik hodimlari lavozimi joriy etilgan bo’lib, ma'lumotlar bazasi ham turli dasturlar asosida himoyalangan. Yong‘in xavfini oldini olish uchun turli xil himoya asboblari mavjud.


Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling