Rentgen texnikasini qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish
Rentgen texnikasi pochta, kuryerlik jo‘natmalarini rentgen nurlanishi yordamida tekshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tekshiriladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalarining tarkibini ko‘z bilan kuzatish va joylanmaning ayrim predmetlarini identifikatsiyalash imkonini beradi.Rentgen uskunasi o‘rnatilgan joy xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarining namunali rasmlari va rentgenogrammalari bilan jihozlanadi.
Dozimetrni qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish
Dozimetrlar pochta, kuryerlik jo‘natmalarida ionlanuvchi nurlanish manbalarini, shu jumladan radioaktiv moddalarni aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Radioaktiv moddalar pochta, kuryerlik jo‘natmalarida kukunsimon massa yoki radioaktiv nurlanish manbalari bo‘lib hisoblangan predmetlar ko‘rinishida jo‘natilishi mumkin.Pochta, kuryerlik jo‘natmalarni tekshirib ko‘rishda dozimetrning raqamli tablosidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash o‘lchashning belgilangan kichik diapazon birliklarida amalga oshiriladi.Tabiiy radiatsion fonning yo‘l qo‘yiladigan darajasi sifatida ushbu hududdagi Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan belgilangan radiatsion xavfsizlik normalari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |