Taqiqlangan buyumlar va moddalarni pochta orqali jo’natishning oldini olish. Skrin o’tkazish uslublari


Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasi aniqlanganda xavfsizlik texnikasi


Download 91.5 Kb.
bet11/11
Sana02.01.2022
Hajmi91.5 Kb.
#191214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PAX 012-18 Sharapov J

Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasi aniqlanganda xavfsizlik texnikasi

Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini nazorat qiluvchi pochta aloqasi operatori, provayderi xodimlari xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasini aniqlaganda umumiy xavfsizlik choralariga rioya etishga va foydalanishda e’tiborsizlik va manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik, tarkibini hidi bo‘yicha aniqlashga urinmaslik,ochmaslik va ichidagi tarkibini olmaslik (to‘kmaslik),boshqalarga uni tekshirib ko‘rishiga yo‘l qo‘ymaslik,shubhali predmetni begona shaxslarning foydalana olmasligi uchun ajratib qo‘yishga majburdir, tarkibida portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarning mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik jo‘natmalari bundan mustasno.

Tarkibida portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalar mavjudligi belgilariga ega pochta jo’natmalari yoki kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda pochta, kuryerlik jo‘natmalarini ochmaslik, bukmaslik, tashlamaslik,unga mexanik, tovush, yorug‘lik ta’sirini o‘tkazmaslik va isitish asboblari yonida saqlamaslik,cheklangan va zax joyda saqlamaslik,predmetni suvga tushirmaslik va ustini biror narsa bilan yopmaslik,uni boshqa pochta, kuryerlik jo‘natmalari yonida saqlamaslik lozim.

Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari vakolatli organlar bilan birgalikda xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda harakatlanish rejasi bo’yicha xabar berilishi va harakatlanishi kerak.

Tarkibida radiatsion, infeksion yoki kimyoviy moddalarning mavjudligi belgilariga ega pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda ularni ochmaslik, silkitmaslik va paypaslamaslik,ularni hid orqali aniqlashga urinmaslik,shubhali va yonida yotgan pochta, kuryerlik jo‘natmalarini (ularga aniqlangan modda tushgan bo‘lsa) germetik plastik paketga, keyin ikkinchi tara (idish) (qopqoqli chelak, seyf, maxsus konteyner va sh.k.)ga joylashtirish,ushbu jo‘natmaga tegilgan qo‘lqoplar va predmetlarga 3 foizli monoxloramin eritmasida shimdirilgan tampon bilan puxta ishlov berish,eng sodda yakka tartibda himoyalanish vositalari (respirator, paxta-doka bog‘ich, ko‘zoynaklar, rezina qo‘lqoplar, maxsus kiyim)dan foydalangan holda xavfsizlik choralariga rioya etish zarur. Yuqoridagi harakatlarni bajarilganidan keyin ventilatsiyani o‘chirish, deraza va eshiklarni yopish, begona shaxslarni kirishiga yo’l qo’ymaslik kerak.

Pochta, kuryerlik jo‘natmalarini qabul qilish, saralash va ularga ishlov berishni amalga oshiradigan pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining xodimlari xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlangan holatda o‘z uchastkalarida qanday choralar ko‘rishlari kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq oladi.

Pochta aloqasi operatori, provayderining har bir bo‘linmasida favqulodda holatlarda qo‘ng‘iroq qilish zarur bo‘lgan pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar, vakolatli organlarning (shu jumladan portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlarining maxsus otryadi, yong‘in bo‘linmalari va boshqa vakolatli organlarning) ro‘yxati va telefon raqamlari mavjud, favqulodda holat sodir bo’lganida darhol xabar beriladi.

Xulosa



Pochta provayderlarida taqiqlangan, portlash xususiyati bor va boshqa xafli jo’natmalar aniqlanganda amaldagi talab va qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanish, ushbu vositalarning bir manzildan ikkinchi manzilga yetib borishiga chek qo’yiladi. Pul o’tkazmalari jo’natishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni rivojlantirishga qarshi chora va tadbirlar ishlab chiqarilgan bo’lib, amalda qo’llanilmoqda. Buning natijasida ko’plab katta va mayday jinoyatlarning oldini olishga erishilmoqda.
Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling