Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini vakolatli organlarga topshirish
Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlangan holatda, ushbu jo‘natmalarni vakolatli organlarga topshirish ushbu organlar tomonidan tuziladigan olib qo‘yish to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan amalga oshiriladi. Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi dalolatnomaning birinchi nusxasi pochta aloqasi operatori, provayderining hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasini vakolatli organlarga yakuniy xulosa olingunga qadar tekshirishga topshirish bo‘yicha nazorat pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |