Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari rahbarlarini, vakolatli organlarni xabardor qilish
Xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda pochta aloqa operatori, provayderi zudlik bilan xabardor qilish sxemasiga muvofiq faktlar va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida vakolatli organlarga axborot beradi.
Axborot o‘z ichiga quyidagilarni olishi kerak:
xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlangan pochta aloqasi operatori, provayderi bo‘linmasining nomi va uning pochta manzili,bo‘linma boshlig‘ining familiyasi, ismi va otasining ismi,xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini aniqlagan xodim familiyasi, ismi va otasining ismi, aniqlangan sana va vaqti, shubha tug‘dirgan sabablar,xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmasining to‘liq ma’lumotlari: pochta, kuryerlik jo‘natmasining turi, qabul qilingan joyi, raqami, sanasi, e’lon qilingan qiymat summasi, jo‘natuvchi va oluvchining manzili, o‘rov, sug‘urta muhrlarining turi va holati, sug‘urta qopining raqami va holati,ko‘rilgan choralar.
Do'stlaringiz bilan baham: |