Taqiqlangan buyumlar va moddalarni pochta orqali jo’natishning oldini olish. Skrin o’tkazish uslublari


Texnik nazorat vositalarini qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish


Download 91.5 Kb.
bet4/11
Sana02.01.2022
Hajmi91.5 Kb.
#191214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PAX 012-18 Sharapov J

Texnik nazorat vositalarini qo‘llagan holda nazoratni amalga oshirish

Kelib tushgan pochta, kuryerlik jo‘natmalari pochtaga ishlov berish va saralashni amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatori, provayderining xodimlari tomonidan tekshirib chiqiladi.Texnik nazorat vositalari uchun mas’ul shaxs pochta aloqasi operatori, provayderining buyrug‘i bilan xavfsizlik uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar orasidan tayinlanadi.Mas’ul xodimlar xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarni aniqlash usullari va metodlari bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlaridan o‘tgandan, texnik vositalarni ekspluatatsiya qilish qoidalari bo‘yicha imtihonlarni topshirgandan keyin texnik nazorat vositalari bilan ishlashga qo‘yiladi.Mas’ul xodim ish joylarida texnik xarakteristikalar, ushbu asbobni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar va uni qo‘llashda xavfsizlik choralarini hisobga olgan holda texnik nazorat vositalarini joylashtirishi va ulardan foydalanishi kerak. Texnik nazorat vositalari ta’minlangan tartibda saqlanadi, ularni saqlash shartlari tayyorlovchi zavodning normativ-texnik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Pochta aloqasi operatori, provayderining mas’ul xodimlari pochta, kuryerlik jo‘natmalari nazoratini texnik nazorat vositalari yordamida ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qo‘llanma (yo‘riqnoma)ga muvofiq hamda tayyorlovchi zavod tomonidan va ushbu Yo‘riqnomada o‘rnatilgan xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda amalga oshiradilar. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari nazorati pochtani belgilangan joyga jo‘natish muddatlariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.


Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling