O’zbekiston respublikfsi oliy t’alim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 41.35 Kb.
bet4/10
Sana30.04.2023
Hajmi41.35 Kb.
#1403561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ekanomiks referat

Keynschilik — iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-y.larida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi John Maynard Keynes. Keynschilikning asosiy tamoyillari uning „Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi“ (1936) asarida bayon etilgan.
20-asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning toʻla samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. Keynschilikning asosiy gʻoyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi taʼminlay oladi. Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari. maqsadlaridagi mahsulotlarga „samarali talab“ (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini koʻrsatadi. „Samarali talab“ 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori. vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi „isteʼmolga moyillik“ va „asosiy ruhiyat qonuni“ bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi.
Keyns oʻzining „bandlik nazariyasi“ asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini ishlab chiqdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, bandlik darajasi umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi isteʼmolga moyillik ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy beradi, isteʼmol tovarlari. vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga olib keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini taʼminlaydi. Mehnat taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va investitsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.
Keyns investitsiyaga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar i.ch. isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (qarang Multiplikator nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta solishtirma hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi.
Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6 % ishsizlik norma deb qaraladi va „toʻla bandlik“ sifatida talqin etiladi.
Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillari katta taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush bilan bogʻliq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan keyingi tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya).
20-asrning 70-y.larida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi, ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. Keynschilik gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi.



Download 41.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling