O’zbekiston respublirasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Download 298.69 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi298.69 Kb.
#1327729
  1   2   3   4
Bog'liq
Matkarimova Shaxnoza Non va non mahsulotlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIRASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


AL-XORAZMIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Pedogogika fakulteti, Texnologik ta’lim yo’nalishi,


4-bosqich 191-guruh talabasi


MATKARIMOVA SHOXNOZA


Mahsulot tayyorlash texnologiyasi

fanidan


KURS ISHI

Mavzu: Non va non mahsulotlarining oziqaviy qiymati sifatiga qo’yiladigan talablar


Bajardi: Matkarimova Sh
Qabul qildi: Egamova A

Urganch 2023


MUNDARIJA


Kirish. ..........................................................................................................................3
I. Ish o`rnini tashkil qilish, sanitariya gigiеna va хavfsizlik tехnikasi qоidalari....................................................................................................................... 6
II. Non ………..............................................................................................................10
III. Ilk non mahsulotlari qachon paydo bo‘lgan...................................................... 15
IV. Non sanoati……………………............................. ..............................................20
V. Ilоvalar
Хulоsa
Fоydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Mehnat predmeti (kishi mehnati yo'naltirilgan buyumiga bo'lgan ta'sir xarakteriga qarab) tarmoqlarga bo'linadi. Lekin ishlab chiqarish asosini texnologik jarayonlar tashkil etadi. Texnologik jarayonlar yordamida Xomashyo ishlab chiqarib mahsulotga aylantiriladi.Bu sohani o'rganishda texnologik ta’lim fani katta ahamiyati kasb etadi.Ommaviy ishlab chiqarish bilan bir qatorda yakka buyurtma tikish korxonalari, kichik va o'rta xususiy korxonalar aholining kiyimga bo'lgan ehtiyojini qondirmoqda. Bu sohani rivojlantirishda xizmat qiluvchi mutaxassislarni oliy o'quv yurtlari, kasb-hunar maktablari, texnikumlarda tayyorlanadi. Ularga maxsus yo'nalishlar bo'yicha fanlar o'rgatiladi. Odatda, ijod tushunchsi ma'lum bir iste'dodli odamlar tomonidan buyuk san'at asarlari, yangi mashinalar, dastgohlar va hokazolarni yaratishini anglatadi. Lekin ijod faqat buyuk asarlar yaratishdan iborat bo'lib qolmasdan, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o'ylab topishi, ozgina bo'lsada, qandaydir yangilik yaratishi kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. Shu bois ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan sharoit va imkoniyatlar hamda qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi muhim jarayon sifatida qarash lozim.

O'quvchining ijodi uning olgan bilimini hayotda ko'rgan dalil va hodisalarga bog'lay olishi, ularni to'g'ri baholab, dastlabki ma'lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir.Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to'laroq kirib borishdir. O'qitishga individual yondashuv ta'lim jarayonining muhim talabidir.Bu esa o'quvchilar ijodkorlik mahorat va qobiliyatlarining o'sishida yana bir o'ziga xos eshikni ochib beradi.Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof-muhit, jamiyat katta rol o'ynaydi. Ota-onaning mehri, atrofdagilarning e'tibori, ularning qo'llab quvvatlashlari bolani mustaqil fikrlashga va ijodiy fikrlashga bo'lgan ishonchini uyg'otadi. Ma'naviy-ijodiy usullar shu tariqa o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rol o'ynadi. Talabalarning texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi. Tikuvchilik texnologiyasi fani bo`yicha bilimlar berishda ayollar kiyimi tikuvchisiga oid kasbiy tayyorgarlik berish asoslariga tayaniladi. O`quvchilar tikuvchilik sanoatining xalq xo`jaligidagi ahamiyati, yakka buyurtma, xususiy korxonalar faoliyati kelgusida rivojlanish rejalari, mehnatni ilmiy tashkil etish, mehnat unumdorligini oshirish omillari, har xil ish qurollari bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari, tikuvchilik buyumlarini tikish ketma-ketligi jarayoni bilan tanishtiriladi va grafik ko`rinishini chizish va o`qish o`rgatiladi. Tikuvchilik texnologiyasi darslarida o`quvchilarning dastlabki ko`nikma, malakalarini hosil qilishda ishlab chiqarish qiymatiga ega bo`lmagan gazlama bo`laklari orqali amalga oshiriladi.O‘zbekiston tikuvchilik sanoatida keng iste’molchilar ommasi ehtiyoji va didini qondirish uchun qulay xilma-xil kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. Ommaviy ishlab chiqarish bilan bir qatorda yakka buyurtma tikish korxonalari, kichik va o 'rta xususiy korxonalar aholining kiyimga bo' lgan ehtiyojini qondirmoqda. Respublikamizdagi tikuvchilik korxonalari, qo ‘shma korxonalar va yakka buyurtma tikish korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlari aholining kiyimga bo'lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu ko'rsatkichlar ya'ni iste'mol va ishlab chiqarish ko'rsatkichlari yildan yilga tobora yuqori sur'atlarda o'sib bormoqda. Zamonaviy kiyim murakkab tizimdir. Unga xos konstruksiyaning shakllanish qonuniyatlarini tushunish uchun uzoq o‘tmishga bir nazar tashlaylik. Kiyim hozirgi mukammal ko'rinishiga murakkab bosqichlar orqali yetib kelgan. U odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan himoya topmoq vositasi sifatida paydo bo'lgan.
Uning keyingi rivoji ishlab chiqarish kuchlariga muvofiq davom etgan. Kiyim konstruksiyasining ravnaqida bir necha o‘ziga xos bosqichlami ta’kidlash mumkin. Birinchi bosqich — kiyim timsollarining rivojlanishi (hayvon teteri, daraxtlar po'stlog'i hamda bargi, o‘simliklar tolalari va h.k.). Bu davr yuzlab ming yilliklarni o'z ichiga oladi.Bu bosqichda eramizdan oldin, V ming yilliklarga qadar kiyim odamni iqlimiy ta’sirlardan muhofaza qilgan. Keyinchalik odam to‘qish, ip yigirish va qo‘lda mato to‘qish san’atini egallagan.Kiyim ravnaqining ikkinchi bosqichi tanani maxsus to‘qilgan mato bo‘lagi yordamida o‘rash bilan xarakterlanadi.Avval kiyim sifatida jun, ipli va zig‘ir tolali to'rtburchak yoki ovalsimon shakldagi gazlama bo'Iagi tanaga ko‘rkam taxlamalar hosil qilib o‘ralgan.



Download 298.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling