O`zbekiston respublkasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 47.44 Kb.
bet4/5
Sana19.04.2023
Hajmi47.44 Kb.
#1365740
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dilshodaaaaa

XULOSA VA TAVSIYALAR
Respublikamizdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida, umumiy
o`rta ta'lim maktablarida, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari musiqiy ta'lim
mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini shakllantirish, rivojlantirish hamda
to`g`ri yo`nalishda yo`naltirish va bunda ritmik harakatlardan foydalanish
muammosi yoshlarni ma'naviy jihatdan yetuk, fidoiy vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi Prezidentimiz o`zining
« Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch » asarida : « Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo`lmaydi »,- deb yozganlarida aynan mana shu haqiqatni nazarda tutganlar. O'rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta'lim mashg`ulotlarida faoliyat olib borayotgan musiqa rahbarlarining, musiqa o'qituvchilarining asosiy vazifasi - o'quvchilarni estetik, badiiy va axloqiy
tarbiyalash, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirish orqali ularning shaxsini
ma'naviy shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham musiqa tarbiyasi yosh
avlodni uyg'unlikda kamol toptirishning muhim omili sifatida namoyon bo'ladi.
Xususan, musiqa bilan shug'ullanish badiiy anglash faoliyati bo'lib, u bir qator omillarni o'z ichiga oladi. O`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta'lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlarining va
musiqa o'qituvchilarining murakkab kasbi bir necha musiqa ixtisosliklarini o'z
ichiga oladi, lekin ularning shunchaki yig'indisidan iborat emas.
Musiqiy hamda pedagogik nazariyani, tajribalarni anglamay turib, zamonaviy
o'qituvchi tayyorlashdagi mavjud amaliyotni tahlil qilmay va umumlashtirmay
turib, bu soha o'qituvchisining qiyofasini tasavvur qilish qiyin. Musiqa tarbiyasi san'atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va musiqiy didni o'stiradi, aqliy kamolotni, ijodiy faollikni, tafakkurni,o'quvchilardagi o'ziga xos xususiyatlarni kuchaytiradi, zarur musiqiy bilim hosil qiladi.

Download 47.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling