Baqtriya
yozuvi
|
Bactrian
script
|
Бакрийская
писменность
|
Miloddan avvalgi IV asr oxirigacha qadimgi Baqtriya hududlarida oromiy yozuvi ishlatib kelingan.Keyin Baqtriyada mahkama tili va yozuvi yunoncha bo’lgan. Miloddan avvalgi III-II asrlar chegarasida oromiy va qadimgi yunon alifbosiga asoslanib baqtriya yozuvi yaratiladi.Bizgacha yuzdan ortiq baqtriya yozuvi na’munalari va so’zlari yetib kelgan.Baqtriya yozuvi topilmalari asosan miloddan avvalgi I asr va milodiy I asrlarga taalluqlidir.Baqtriya tili va yozuvi uncha yaxshi o‟rganilmagan.
|
Behistun
Bitiklari
|
Behistun
inscription
|
Бехистунская
надпись
|
Shimoliy Eronda,Kirmonshoh shahri yaqinida,tog‟ oralig’idan o’tgan qadimgi savdo yo’li yoqasidagi qoyaga Ahmoniylar hukmdori Doro I (522-486)ning qadimgi fors, elam va akkad tillarida yozdirgan zafarnomasi.Unda qadimgi Sharq va O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari (xorazmliklar,baqtriyaliklar, marg‟iyonaliklar,saklar) haqida ma‟lumotlar keltirilgan.
|
Davlat
|
State
|
Государство
|
bu sinfiy jamiyatda asosiy ishlab chiqarish vositalari egalarining umumiy manfaatlarini ta’minlovchi va uni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot.Ibtidoiy jamiyatda insoniyat jamiyati urug’-qabilachilik munosabatlari, urf-odat,rasm-rusmlari kabi axloqiy me‟yorlar bilan boshqarilgan bo’lsa,sinfiy jamiyatda jamiyat a’zolari davlatning (hukmron sinfning) yozma erki bo‟lgan (yozib qo‟yilgan) huquq–qonunlar orqali boshqariladigan bo’ldi.Demak,davlat bu jamiyatni boshqaruvchi siyosiy mexanizmdir.Davlat o’z faoliyatini organlari (amaldorlar apparati, sud, qo‟shin va h.k.) orqali yuritadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |