Diadoxlar
|
Diadochi
|
Диадохи
|
Makedoniyalik Iskandar vafotidan so’ng uning davlatini qismlarga bo’lib, o’z qo’llariga kiritgan lashkarboshilar,“merosxo‟rlar”.
|
Ellinlashtirish
|
Hellenization
|
Эллинизация
|
qadimgi yunonlar o‟zlarini ellinlar,yurtini esa Ellada deb atashgan.Ellinlashtirish deganda yunon-makedon istilosidan so’ng Sharqqa yunon madaniyatining yoyilishi va aralash madaniyatning–yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil topishi jarayoni tushuniladi.
|
Ershi
|
Ershi
|
Эрши
|
miloddan avvalgi III – milodiy II asrlarda mavjud bo’lgan Davan (Farg‟ona) davlati poytaxtining xitoy manbalaridagi nomi.
|
Girkan
|
Girkan
|
Гиркан
|
Kaspiy dengizining qadimgi nomi. Dengizning sohil bo’yi janubiy hududlari esa Girkaniya deb yuritilgan.
|
GLOSSARIY
4-mavzu bo’yicha
|
Assimilatsiya
|
Assimilation
|
Ассимиляция
|
Lotincha “assimilatio”–o’xshash, muvofiqlashish)–etnografiya va sotsiologiyada qabila, elat yoki xalqlarning bir biriga qo‟shilib, aralishib ketishi.Bu jarayonda qorishib ketgan ikkita etnik qatlamdan biri oz tili,madaniyati yoki boshqa o’ziga xos etnik belgisini ikkinchisi foydasiga yo‟qotib yuboradi. Masalan: o’zbek xalqining etnik asosini tashkil etgan vatanimiz hududidagi qadimgi sug’diylar, baqtriyaliklar va xorazmliklar turkiy xalqlar bilan qorishib,vaqt o’tishi bilan o’z tillari,yozuvi va madaniyatini ham unutib turkiylashib ketganlar.
|
|