AYL
|
AYL
|
АЙЛ
|
Amir Temur qo‘shinida o‘n kishilik harbiy bo‘linma.
|
ASTROBOD
|
ASTRАBАD
|
АСТРАБАД
|
Jurjon (Gurgon)ning kattaligi jihatidan ikkinchi yirik shahri.Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy tarafida, Mozandaron chegarasida joylashgan.
|
BALX
|
BALKH
|
БАЛХ
|
Afg‘onistonning shimolidagi o‘rta asr shahri (Qadimgi Baqtra).
|
BARID
|
BARID
|
БАРИД
|
1) Chopar, xat eltuvchi, pochtalion.Somoniylar davlat boshqaruvi tizimida barid devoni mavjud bo‘lib, u maktubot va axborot, ya‘ni pochta vazirligi hisoblangan. 2) XIV-XVI asrlarda O‘rta Osiyo xalqlarida keng qo‘llanilgan masofa o‘lchov birligi.Ikki farsah,ya‘ni taxminan 12 km. ga teng yo‘l bo‘lgan.
|
BARLOS
|
BARLAS
|
БАРЛАС
|
O‘rta asrlarda Dashti Qipchoqda ko‘chmanchichorvachilik
bilan shug‘ullangan turkiy qabila. Barloslar XIII asrda Movarounnahr hududiga (asosan Qashqadaryo vohasiga) kelib joylashib asta-sekin o‘troq hayotga o‘tadilar va mahalliy aholi bilan aralashib bugungi o‘zbek xalqining tarkibiga singib ketadilar. Amir Husrav Dehlaviy,Sohibqiron Amir Temur, buyuk olim va davlat Arboblari Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur,Bedillar aynan barlos urug‘idan chiqqanlar. Sovet mafkurasi barloslarni mo‘gul deb ajdodlarimizni bizdan ajratib qo‘yishmoqchi bo‘lishgan. Amir Temur bejiz “Bizkim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz, turkning bosh bo‘g‘inimiz” deb xitob qilmagan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |