Jiz’ya
|
Jizya
|
Жизья
|
dastlab Arab xalifaligida,keyinchalik boshqa musulmon davlatlarida shariat me’yorlariga ko’ra musulmon bo’lmagan fuqarolardan olinadigan jon solig’i. Jiz’ya balog’atga yetganlardan olingan. Qariyalar va ayollar, bolalar, qul va gadoylar jiz’yadan ozod etilgan.
|
Kadivar
|
Kadivar
|
Кадивар
|
Qishloq zirotkor jamoasining feodal dehqonlarga qaram bo’lib qolgan, yersiz,qullik asoratiga tushirilgan qismi.
|
Kashovarz
|
Kashovarz
|
Кашоварз
|
ilk o’rta asrlardagi oddiy, erkin ziroatchi qo’shchilar.
|
Ushr
|
Ushr
|
Ушр
|
Musulmon mamlakatlarida idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmida natura shaklida undirilgan soliq. Ushr solig’i har yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari va boshqalardan olingan.
|
Zakot
|
Zakat
|
Закят
|
(arabcha–tozalanish)–islom dinining besh asosiy talablaridan biri bo‟lib, mol-mulk va daromaddan beriladigan sadaqa, hayr-ehson, soliq. Shariatga muvofiq, muayyan boylikka ega bo’lgan katta yoshdagi musulmon zakot beradi. Zakot miqdori pul daromadlarining qirqdan bir ulushiga teng. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan zakot miqdori birmuncha yuqori bo’lgan. Zakot kambag‟allar,yetim-yesirlar, kasallar va hech kimi yo’q ayollar o‟rtasida taqsimlanishi lozim bo‟lgan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |