CHAQIRIM
|
MILE
|
Миля
|
o‘rta asrlardagi masofa birligi.1,06 kilometrga teng o‘lchov
|
SOHIBQIRON
|
SAKHIBKIRAN
|
Сахибкиран
|
Quyosh tizimidagi katta sayyoralardan ikkitasining bir-birini to‘sishi (qiron) paytida tug‘ilgan odam. Rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur ikki sharofatli yulduz – Zahro va Mushtariy sayyoralari bir-birlariga yaqinlashgan paytda tug‘ilgan ekan. Munajjimlarning fikriga ko‘ra, bunday odam baxtli, ulug‘ martabali bo‘lishi muqarrar sanalgan. Amir Temurning Sohibqiron deb atalashi ham shundan.
|
TEMURIYLAR
|
TEMURIDS
|
Темуриды
|
1370-1507-yillarda Movarounnahr, Afg‘oniston, Eron, Ozarbayjondahukmronlik qilgan sulola. Asoschisi mashhur sarkarda va yirik davlat arbobi Amir Temur. U XIV asrning 40-yillarida Chig‘atoy ulusida kuchayib ketgan feodal tarqoqlik oqibatida hokimiyat tepasiga kelgan. Samarqand va Hirot shaharlari Temuriylar davlatining poytaxti bo‘lgan. 1405-yilda Amir Temur vafotidan so‘ng uning saltanatini o‘g‘illari va nabiralari ikki qismga bo‘lib idora qila boshladilar. Shohrux Mirzo (1409-1447), Ulug‘bek(1447-1449) va Abu Saidlar (1451-1469) bir vaqtning o‘zida ham Xuroson, ham Movarounnahrning oliy hukmdorlari bo‘lishgan. Movarounnahrda hukmronlik qilgan temuriylar: Xalil Sulton (1405-1409), Mirzo Ulug‘bek (1409-1447), Abdulatif (1449-1450), Abdulloh Mirzo (1450- 1451), Abu Said (1451-1469), Sulton Ahmad (1469-1494), Sulton Mahmud (1494-1496), Boysunqur (1496-1497), Sulton Ali (1497-1500). Xurosonda hukmronlik qilgan temuriylar: Shohrux (1409-1447), Mirzo Ulug‘bek (1447-1449), Abulqosim Bobur (1449-1457), Sulton Mahmud (1457-1459), Husayin Boyqaro (1469-1506), Baduizzamon (1506-1507).
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |