BAROT
|
BAROT
|
БАРОТ
|
1) Podshoh, xon tomonidan biror soliq yoki jarimadan ozod etish. 2) Ma’lum shart bilan biror mulk yoki mansabni egallash, xalqdan soliq to‘lash yoki pul, g‘alla, yem- xashak olish uchun berilgan maxsus yorliq yoki guvohnoma. Bunday guvohnoma olgan kishi barotdor deb atalgan.
|
BEGOR
|
BEGOR
|
БЕГАР
|
O‘rta Osiyoda o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan majburiy ishlab berish majburiyati.Mehnatkash xalqning xon va mahalliy hukmdorlar tarafidan davlat va feodallarning turli qurilishlarida tekinga 12 kunlik ishlab berish majburiyati (hashar).
|
BURONG’OR
|
BURONGOR
|
БУРАНГАР
|
Amir Temur qo‘shinida asosiy jangovar qismning o‘ng qanoti.
|
DORUG’A
|
DORUGA
|
ДАРУГА
|
Harbiy ma‘mur. Biron bir viloyat yoki shaharning hokimi.
|
DUYUL, TUYUL
|
DUYUL,TUYUL
|
ДУЮЛ
|
Hadya,in’om. Temuriylar davrida hukmdor tomonidan harbiy mansabdorlar,oliy martabali kishilarga berilgan yer-suv, qishloq-shaharlar.
|
IZOFA
|
IZOFA
|
ИЗОФА
|
Amir Temur qo‘shinining zahira (rezerv) qismi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |