Madrasa
|
Madrasah
|
Медресе
|
(arabcha “darasa” – o’rganmoq) – dars oladigan, o’qiladigan joy demakdir. Madrasalar musulmonlarning o’rta va oliy o’quv yurti. Yaqin va O‟rta Sharq mamlakatlarida hozirgi vaqtda madrasalarda davlat muassasalari xodimlari ham tayyorlanadigan bo’lib ketdi. Madrasalar dastlab VII-VIII asrlarda Islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarin isharhlab berib turadigan markaz sifatida paydo bo’ldi.
|
Maqbara
|
Mausoleum
|
Мавзолей
|
–qabr ustiga qurilgan yodgorlik binosi, mavzoley. Marqad, turbat deb ham yuritiladi. O‟rta Osiyodagi majusiylar (otashparastlar), buddaviylar, nasroniylar qabrlariga qurilgan arxitektura yodgorliklari oddiy ko‟rinishga ega. Lekin islom dini ta’sirida vujudga kelgan maqbaralar hashamatli, murakkab imoratlar sifatida taraqqiy etgan. Islomda qabr ustiga yodgorlik qo‟yish, unga sig’inish man etilgan bo’lsa ham, IX asrdan boshlab maqbaralar qurish odat tusini olgan.
|
Masjid
|
Mosques
|
Мечет
|
(arabcha “sajada” – egilish, itoat etish, sajda qilib yuzini yerga tegizish) – “sajda qilinadigan, ibodat qilinadigan joy” ma‟nosini bildiradi. Mahallalardagi masjidlar shu yer aholisi kundalik namoz o’qish uchun, jome’ masjidlari esa kundalik namoz bilan birga juma va hayit namozlari uchun mo’ljallangan va ularga shaharning markazidan eng yaxshi joylar ajratib berilgan.
|
Mazhab
|
Mazhabs
|
Мазхаб
|
oqim, yo’l, ta’limot. Shariat mazhablari – islomda huquq tizimlari va yo’nalishlari. VIII-IX asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida,ya’ni fiqh–huquqshunoslik sohasida bir necha mazhablar vujudga kelgan.
|
“Ma’mun
|
Do'stlaringiz bilan baham: |