Shahriston
|
Shahristan
|
Шахристан
|
O’rta asrlarda Sharqda mudofaa devorlari bilan mustahkamlangan shaharning markaziy qismi. Shahristonda saroy, jome’ masjidi, yopiq yoki ochiq bozor, bosh maydon – registon, muhim ma‟muriy binolar, hukmdor va uning yaqinlarining qo’rg’onlari, shuningdek oddiy aholi xonadonlari joylashgan.
|
“Bayt ul-hikma”
|
Bayt al-Hikma
|
Байт ал-
хикма
|
Donishmandlar uyi. Arab xalifasi Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid zamonida (813-833) Bog’dodda tashkil etilgan islom Sharqining o’sha davrdagi fanlar akademiyasi. Buyuk vatandoshlarimizdan al-Xorazmiy (786-850) va Ahmad al-Farg’oniylar(797-865) Ma’mun akademiyasida faoliyat yuritganlar.
|
Hadis
|
Hadith
|
Хадис
|
islom dini ta’limoti bo’yicha Qur’oni Karimdan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo’lib, Muhammad Payg’ambarning hayoti va faoliyati, shuningdek uning diniy va axloqiy ko‟rsatmalarini o’z ichiga oladi. Payg’ambar biron gap aytgan yoki biror ishni qilib ko’rsatgan bo’lsa, yohud boshqalarning o‟zlariga qilayotgan biron ishini ko’rib, uni ma’n etmagan bo’lsa, shu holatning har biri sunnat hisoblanadi. Ana shu hatti-harakatlar yoki ko‟rsatmalar haqidagi rivoyat hadis deb yuritiladi.
|
Kalom
|
Qalam
|
Калям
|
(arabcha – so’z, nutq) – ilohiyotning ilk shakli. Arab xalifaligida VIII asrda paydo bo‟lgan. IX asrga kelib O’rta Osiyoda ham keng tarqalgan. Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyilgan. Kalom asoschisi Abdulhasan al- Ash’ariy(873-935) mu’taziliylarga qarshi qattiq kurash olib borgan va o’z ta‟limoti bilan sunniylik mazhabini mustahkamlagan. Mantiq va falsafadan foydalanib kalom ilmi bo’yicha o’z mazhabini yaratgan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |