SULTON UL-
HATTOTIN
|
SULTONUL-HATTOTIN
|
СУЛТОН УЛ-
ХАТТОТИН
|
Hattotlar sultoni. Mashhur hattot Sultonali Mashhadiy (1432-1520) zamondoshlari tomonidan shunday nom bilan ulug‘langan.
|
SUYURG’OL
|
SUYURGOL
|
СУЮРГАЛ
|
biror hukmdor tomonidan alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslarga berilgan in’om. Uning egasi davlat soliqlaridan ozod etilib, olgan daromadlaridan o‘z ixtiyoricha foydalanish huquqiga ega bo‘lgan. Ilgari (XIV asr oxiri–XV asr boshlarida) va ayniqsa XVI asrning boshlari va ikkinchi yarmida yerni suyurg‘ol tarzida in’om etish vaqtincha tusda bo‘lib, yer meros bo‘lib o‘tmas edi. XVII-XVIII asrlarda esa vaqtincha berilgan yerlar doimiy mulkka o‘ta boshladi va bu mulkka egalik huquqi vorislarga ham o‘tkaziladigan bo‘ldi.
|
TARXON
|
TARXON
|
ТАРХАН
|
1) Mo‘g‘ullar va Temuriylar davrida toju taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun alohida imtiyozga ega bo‘lgan amir.Tarxon yorlig‘i egasi xon huzuriga bemalol kira olgan, soliqlardan ozod etilgan va to‘qqiz martagacha jinoyati
kechirilgan, o‘zi va avlodi ham soliqlardan ozod etilgan.
2) O‘rta asrlarda turkiy xalqlardagi yer egasi – feodal.
3) O‘rta Osiyo xonliklarida feodallarning davlat soliqlaridan
ozod qilingan yer- suv ,molk - mulklari
|
G'UL
|
GUL
|
ГУЛ
|
Amir Temur qo’shining markaziy qismi
|
|