O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
Download 3.87 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2001 yil 15 iyun
- GLOBALLASHUV
SHanxay Hamkorlik Tashkiloti - tinchlik, havfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot.
SHHTning shakllanishi 1992 yildan Xitoy bilan chegaradosh beshta sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarining o‘zaro chegaralarni aniqlash bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishdan boshlandi. 1996 yil SHanxayda, 1998 yilda Almatida, 1999 yilda Bishkekda o‘tkazilgan besh davlat rahbarlarining sammiti chegaralarni mustahkamlash, chegara hududlarida qurolli kuchlarni qisqartirish kabi masalalarni kelishib hal etishga qaratildi. 2000 yil iyulida Dushanba sammitida O‘zbekiston Prezidenti kuzatuvchi sifatida qatnashdi. O‘zbekiston 2001 yil 15 iyunda SHHTga oltinchi a’zo bo‘lib qo‘shildi. 2003 yil 28-29 mayda Moskvada SHHTning tashkiliy organlari, ramzlari tasdiqlanib, 2003 yil sentyabrida Pekinda “SHHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi qabul qilindi. 2004 yil iyunidan tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi. 2005 yil iyulida Ostona sammitida Eron, Pokiston va Hindiston, kuzatuvchi maqomidagi Mongoliyaga qo‘shildilar. GLOBALLASHUV (lot. globus – yer shari) – aynan bu so‘zni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Er sharining, er kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Insoniyat taraqqiyoti ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi jarayonidir. Bu jarayon asrdan asrga, ming-ming yillar davom etgan. Insoniyat jamiyati, ayniqsa, XVI-XX asrlarda XV asrgacha bo‘lgan uch million yillik tarixida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarga nisbatan ko‘proq ne’matlarni yaratdi. Globallashuvning ijobiy tomoni shundaki, u xalqlarning davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashuvini tezlashtiradi, ularning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Uning salbiy tomoni shundaki, ko‘p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusumlari jahon bo‘ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida katta millatlar yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay o‘z-o‘zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotdan chetga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi o‘z millatining raqobatbardoshligini ko‘rsatish, buning uchun uning faol siyosati, iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir. Bugungi mustaqil O‘zbekiston fuqarosi hozirgi zamon amaliyoti talab qilayotgan to‘rt sifatga ega bo‘lishi shart: 1) zamonaviy mutaxassis bo‘lishi; 2) o‘zbek davlat tili, rus tili, ingliz tillarini mukammal bilishi; 3) doim o‘z bilim doirasini yangilab borishi; 4) tadbirkor-tashabbuskor bo‘lishi. Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling