17-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning dehlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligining ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi)
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarga a’zoligi
1991 yil 25 dekabr –Jahon intallektual mulk tashkiloti (Jeneva)
1992 yil 30 yanvar – Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (EXHT) (Praga)
17 fevral – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) (Tehron)
2 mart – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (Nyu-York)
10 mart – SHimoliy Atlantika xamkorlik kengashi (Bryussel)
22 mart – Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (Lozanna)
27 aprel – Evropa rekonstruksiya va taraqqiyot banki (London)
aprel –Jahon pochta aloqa ittifoqi (JPI) (Bern)
22 may –Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti (JSST) (Jeneva)
10 iyul – Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (Jeneva)
13 iyul – Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) (Jeneva)
22 iyul – Bojxona hamkorlik kengashi (Bryussel)
1 sentyabr – Qo‘shilmaslik harakati (Jakarta)
9 oktyabr – Xalqaro Epizootiya byurosi (Parij)
21 oktyabr – Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki (Vashington)
21 oktyabr – Xalqaro volyuta jamg‘armasi (Vashington)
12 noyabr – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (Monreal)
Jahon bojxona tashkiloti (Bryussel)
-BMTning xalkaro savdo xukuki buyicha komissiyasi-YUNSITRAL (Vena)
-BMTning savdo va rivojlanish buyicha komissiyasi-YUIKTAD (Jeneva)
-Parlamentlararo ittifok (Jeneva)
Do'stlaringiz bilan baham: |